• Qisqacha tarixiy mahlumot
  • Porshenli ichki yonuv dvigatellari sikllari




    Download 85.91 Kb.
    bet1/3
    Sana27.04.2023
    Hajmi85.91 Kb.
    #54271
      1   2   3
    Bog'liq
    5- маъруза ИЁД (1)


    PORSHENLI ICHKI YONUV DVIGATELLARI SIKLLARI


    REJA:


    7.1. Qisqacha tarixiy mahlumot
    7.2. Issiqlik v=const sharoitda beriladigan sikl.


    Tayanch so‘zlar:
    Kompressor, porshen, dvigatel, sikl, issiqlik, IYOD, porshen

      1. Qisqacha tarixiy mahlumot

    X1X asrlarning 70-80-yillarida mexanik ishning asosiy manbai bug‘ mashinasi hisoblanib, unda bosimi va temperaturasi past bo‘lgan bug‘ qo‘llanilgan.
    Yoqilg‘i yonganda hosil bo‘lgan yuqori temperaturali gazlar bug‘ qozonlariga yuborilib, mahlum bir temperatura va bosimli bug‘ olingan. Yoqilg‘i issiqligidan bunday usuldan foydalanish bug‘-kuch qurilmalarining termik f.i.k.ni pasaytirishga olib kelgan. Shu sohada jahonning ko‘p mamlakatlaridagi olimlarning xarakati tufayli yangi dvigatelg‘ yaratildi. Bu dvigatelda yoqilg‘i yonishidan hosil bo‘lgan gazlar bevosita mashinaning porsheniga tahsir qiladi.
    Silindrning porsheni ostida yoqilg‘i yondiriladigan mashinalarga ichki yonuv dvigatellari deb aytiladi. Bunday dvigatellarni yaratish mumkinligini birinchilardan bo‘lib Sadi Karno aytgan. 1824 yili Karno o‘zining “Olovning xarakatlantiruvchi kuchi xaqida mulohazalar” nomli asarida quyidagi fikrlarni keltirgan: “Menimcha havoni nasos yordamida siqib, uni yopiq bir idishga o‘tkazish lozim, u yerga esa qandaydir mexanizm yordamida yoqilg‘ini yuborish kerak, keyin gazlarga porshenga tahsir etish imkoniyatini yaratish kerak”.
    Karnoning g‘oyalari keyinchalik to‘liq ro‘yobga chiqdi. 1860 yili frantsuz mexanigi Lenuar gazda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu mashinada ishchi jism dastlab siqilmasligi tufayli uning f.i.k. past bo‘ladi. Shu sababli u mashina keng tarqalmadi. 1862 yili yana bir frantsuz muhandisi Bo-de-Roshe Karno g‘oyalariga yaqin bo‘lgan dvigatelga patent oldi. 1877 yili nemis muhandisi Otto Bo-de-Roshe taklif qilgan printsiplariga asosan ishlaydigan benzinli dvigatelni qurdi.
    1897 yili nemis muhandisi Dizelg‘ kerosinda ishlaydigan yuqori siqish darajasiga ega bo‘lgan dvigatelni ishlab chiqdi. Bu dvigatelda havo kompressor yordamida siqilib silindrga purkalgan. Rus muhandislari ham shu sohada katta ish qildilar. 1893 yili Mamin neftda ishlaydigan yuqori bosimli dvigatelini ixtiro qildi. 1898 yili Peterburgdagi Nobel zavodida neftda ishlaydigan dvigatel qurildi. 1903 yili shu zavodda birinchi marta kemalar uchun og‘ir yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatelg‘ ishlab chiqarildi. 1904 yili rus muhandisi G.V.Trinkler kompressorsiz dvigatelni qurdi. Bu dvigatelda yoqilg‘i avvalo o‘zgarmas hajmda, keyin esa o‘zgarmas bosimda yondirildi. Yoqilg‘i aralash yonadigan bunday dvigatelg‘ xozir ham keng qo‘llanilmoqda. Shunday qilib 40-50 yil ichida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ichki yonuv dvigatellari yaratildi. Barcha zamonaviy porshenli ichki yonuv dvigatellarini quyidagi uch guruhga bo‘lsak bo‘ladi:

    1. yoqilg‘i o‘zgarmas hajmda yonadigan;

    2. yoqilg‘i o‘zgarmas bosimda yonadigan;

    3. yoqilg‘i aralash yonadigan: o‘zgarmas hajmda va o‘zgarmas bosimda.

    Porshenli ichki yonuv dvigatellarining ideal sikllarini termodinamik tadqiqotida quyidagi kattaliklar aniqlanadi: siklga keltirilgan va olib ketilgan issiqlik miqdori; ishchi jismning siklning xarakterli nuqtalaridagi asosiy parametrlari; siklning termik f.i.k. Har qanday ichki yonuv dvigateli siklini tasvirlovchi kattaliklar quyidagilardir:
    Siqish darajasi:
    , (7.1)
    bu kattalik ishchi jismning boshlang‘ich solishtirma hajmini siqish oxiridagi solishtirma hajmiga nisbatini ifodalaydi;
    Bosimni oshish darajasi:
    , (7.2)
    bu kattalik izoxor issiqlik keltirish jarayonidagi boshlang‘ich va oxirgi bosimlar nisbatini ko‘rsatadi;
    Dastlabki kengayish yoki izobar kengayish darajasi:


    (7.3)

    Bu kattalik izobar issiqlik keltirish jarayonidagi bosimni va oxirgi hajmlar nisbatini ko‘rsatadi.





    Download 85.91 Kb.
      1   2   3




    Download 85.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Porshenli ichki yonuv dvigatellari sikllari

    Download 85.91 Kb.