O‘QUV REJA VA O‘QUV VAQTINI TAQSIMLASH DOIRASIDA
FANLAR BO‘YICHA QAROR QABUL QILISH HAMDA FANLARNI
GURUHLASHNI ANIQLASH
Amaldagi o‘quv dasturining tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘rta ta'lim
tizimida o‘qitilayotgan bir qator fanlar xalqaro tajribaga muvofiq alohida fan sifatida taqdim
etilmaydi (masalan, “Odobnoma”, “Davlat va huquq asoslari”, “Milliy” g‘oya », « Vatan tuyg‘usi»,
va «Dinlar tarixi»). Xuddi shu tarzda, O‘zbekistonda qo‘llaniladigan fanlar guruhlari xalqaro
kontekstdan farq qiladi. Quyida ko‘rsatilgandek fanlar guruhlarini xalqaro amaliyotga
yaxshiroq moslashtirish uchun ularnu o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Bundan
tashqari, O‘zbekistonlik o‘quvchilarning umumiy dars soatlari
eng yaxshi mamlakatlar bilan taqqoslaganda juda past. Xalqaro
tadqiqotlarning katta qismi doimiy ravishda o‘quv vaqtini taqsimlash
va ta'lim natijalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi.
Shuning uchun barcha asosiy fanlar bo‘yicha o‘qitish
vaqtini
ko‘paytirish va hozirgi 45 daqiqalik mashg‘ulotlarni 1 soatlik
mashg‘ulotlar bilan almashtirish tavsiya etiladi. Fanlararo ta'lim va
predmetlarni birlashtirish integratsiyalashuvdan ko‘proq foydalanish
asosiy yoʼnalishlarda o‘qitish vaqtini oshirishga imkoniyat beradi.