|
Programmalash tillari haqida Paskal tiliga kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 106,5 Kb. | | #111647 |
Bog'liq Dasturlash tillari va ularning imkonyatlari
Dasturlash tillari va ularning imkonyatlari
Reja:
Programmalash tillari haqida 3. Programmalash tillari va texnologiyalari
Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo‘lganidan beri juda ko‘plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin:
Quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari)
O‘rta darajadagi programmalash tillari
Yuqori bosqichli programmalash tillari
Quyi darajadagi programmalash tillarida buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (raqamlar) bilan ifodalangan bo‘lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo‘ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi.
O‘rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo‘lgan har xil qisqartma so‘zlardan foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qisqartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi programmalash tillari assemblerlar deb ataladi.
Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar va birikmalardan iborat bo‘lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, C, C tillarini keltirish mumkin.
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo‘lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual S , HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib obyektga yo‘naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda.
Har bir algoritmik tilning o‘z alfaviti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruksiyalari bo‘ladi va ular ma’lum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga buysinadi.
|
| |