“PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF
SCIENCE AND EDUCATION”
59
o’zgartirgichi qo’llaniladi. Rostlagich uch tomonlama klapanni ijro mexanizmami
yordamida boshqarib boradi va bunda sistemaga uzatilayotgan issiqlik tashuvchining
miqdori o’zgartirib boriladi. Bosim rostlagichi trubadagi suv bosimini stabillashtirib
boradi. Vaqt relesi haroratni kechayu-kunduz rostlab turadi. Ventilning xolatini nazorat
qilish uchun xolat o’zgartirgichi va ikkilamchi uskuna ishlatiladi. Issiqxonada harorat
doimiy ravishda qayd qilib boriladi [5]. Haroratni rostlovchi birlamchi o’zgartirkichlar
issiqxona blokning ichiga o’rnatiladi, elektronli rostlagich boshqarish signalini xosil
qiladigan hamda uch tomonlama klapanning xolatini o’zgartirib turadigan ijro
mexanizmiga ta’sir etadi. Elektronli rostlagich ijro mexanizmi bilan birgalikda PI-
rostlash qonuni va tashqi differentsiator bilan esa PID-rostlash qonuni hosil qiladi.
Issiqxonadagi havo namligini rostlash sistemasida havoning nisbiy namligi va tuproqni
namligi o’zgartirgichlari rostlagich yordamida avtomatik ravishda ishlaydi. Yarim
avtomatik rejimda esa yomg’irlatish vaqtiga yoki sug’orish qurilmasiga, sug’orish
maydonini tanlash va yomg’irlatish soniga topshiriq beriladi [6].
XULOSA
1. Issiqxonada havo haroratini rostlash tizimida havo namligi, havoning nisbiy
namligi va tuproqni namligi o’zgartirgichlari rostlagich yordamida avtomatik
ravishda ishlaydi.
Ilmiy raxbar “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish ” kafedrasi
katta o’qituvchisi Igamberdiyev A.U.