|
Protokol stekining imkoniyatlari
|
bet | 4/7 | Sana | 12.08.2024 | Hajmi | 34,36 Kb. | | #269377 |
Bog'liq ozod23
|
Telnet
|
Telnet – Telnet terminal emulyator protokol bo'lib, masofadagi kompyuterga TCP/IP orqali bog'lanish imkonini beradi. Maxsus buyruqlar satriga tarmoqdagi host IP manzili yoki nomi yozilib, foydalanuvchi nomi va parol orqali kompyuterga kiriladi va u host Telnet lokal klientida aks etadi. Bunda hech qanday parol va jo'natilayotga ma'lumot shifrlanmaydi, ma'lumotlar ochiq ko'rinishda uzatiladi va qabul qilinadi. Ko'pgina zamonaviy tizimlarda 23 port yopiq bo'ladi va shuning uchun TELNET bu tizimlarda ishlamaydi, uni tizim egasi ochib qo'yish mumkin. Yoki Telnet o'rniga SSH protokolidan foydalanish mumkin.
|
25
|
SMTP
|
Simple mail Transfer Protocol(xat almashish protokoli) – SMTP xizmati email ni bir tarmoq tizimidan boshqasiga jo'natishni ta'minlab beradi. Odatda host-qabul qiluvchi kirish xabarlarini POP3 va IMAP protokollari yordamida o'quvchi uchun navbatda saqlab turadi. SMTP xabarlarni bexato, ishonchli yetkazib berish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi.
|
53
|
DNS
|
Domain Name Server – Bu xizmat TCP/IP tarmoqda host nomini tarjima qilish uchun va Fully Qualified Domain Names (FQDN – ) Domen nomlarini IP manzilga tarjima qilish uchun ishlatiladi.
|
69
|
TFTP
|
Trivial File Transfer Protocol – TFTP is a File Transfer Protocol (FTP) ning kichraytirilgan versiyasi. Bu protokolda bazi buyruqlar qisqartirilgan. TFTP ma'lumotlarni uzatishda UDP protokolidan foydalanadi, shuning uchun ma'lumot uzatish tezroq bo'ladi, lekin ma'lumotlar ishonchliligi kamayadi. TFTP odatda tarmoqda diskovodi mavjud bo'lmagan ish stantsiyalarida asosiy yuklovchi sifatida ishlatiladi. FTP dan yana bir farqi autentifikatsiya so'ralmaydi(IP-manzil bo'yicha filtrlash mumkin)
|
|
|
| |