• Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik
  • Asosiy vositalar rentabelligi.
  • Psixologiya




    Download 57.5 Kb.
    bet1/2
    Sana11.12.2022
    Hajmi57.5 Kb.
    #34106
      1   2
    Bog'liq
    Korxona MT4
    2 Elektron didaktik materiallardan foydalanib Informatika va axborot, Matematik fizika tenglamalari (M.Salohiddinov) (2), 16. INFORMATIKANI GUMANITAR FANLAR VA SAN\'ATGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH, 1123885, Mavzu 1, Mavzu 10, 1-maruza (1), Lagranj va Nyuton ko‘phadlarini differensiallash-fayllar.org, Id.uz saytidan ruyxatdan utish(Sardor-13), file, 9-sinf-informatika-testlar-2, 1 amaliy, кереккккккк, Elektronika asoslari fanidan MUSTAQIL TALIM

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
    PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
    IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
    KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN

    MUSTAQIL ISH




    Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik

    Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Suyunov A.


    Qabul qildi: Azimov Y.

    Jizzax 2022



    Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik
    Reja:

    1. Xarajatlar tushunchasi va klassifikatsiyasi

    2. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlanish tartibi va ko‘paytirish yo‘llari

    3. Rentabellikning mohiyati va ko‘rsatkichlari

    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:



    • moddiy xarajatlar;

    • asosiy fondlar amortizatsiyasi;

    • mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;

    • ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlar;

    • boshqa xarajatlar.

    Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo‘lib, umumiy xarajatlarning 60 - 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

    • xom ashyo va materiallar xarajatlari;

    • texnologik maqsadlar va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg‘i va energiya;

    • xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;

    • sotib olingan qadoqlash va o‘rov materiallari xarajatlari;

    • mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

    • boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;

    • xizmat davri bir yilgacha bo‘lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;

    • tabiiy xom ashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;

    • ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar;

    • tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan holda yuzaga keladigan yo‘qotishlar.

    Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasini kiritish mumkin.
    Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarkorxonaning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatiga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlar bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag‘batlantiruvchi va kompensatsiya to‘lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar chegarasida narxlarning o‘sishi va indeksatsiya uchun to‘lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo‘lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar uchun to‘lanuvchi haqni o‘z ichiga oladi.
    Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobudjet ijtimoiy fondlariga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va hokazo) ajratiluvchi mablag‘larni anglatadi.
    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar  bu, qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobudjet fondlariga o‘tkaziluvchi to‘lovlar va soliqlar; yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan miqdordagi chiqindilar uchun to‘lovlar; korxona mulkini majburiy sug‘urtalash; ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar; qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo‘yicha to‘lovlar; mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to‘lash; qonunchilikda belgilangan normalar bo‘yicha xizmat safarlariga haq to‘lash; yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash muassasalariga haq to‘lash; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, banklar xizmatiga haq to‘lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash; nomoddiy aktivlarning eskirishi va hokazolar.
    Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish - kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbob-uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash bo‘yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, xarajatlar bir xilda taqsimlanmaganda korxonalar (Moliya Vazirligi ruxsati bilan) mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zahira(rezerv) fondlari tashkil qilishi mumkin.
    Xorijiy valyutadagi xarajatlar Markaziy bankning operatsiyalar amalga oshirilgan kundagi kursiga asosan so‘mlarda belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilinadigan xarajatlarni o‘sishiga,xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar narxining o‘sishi, transport xizmati tariflarining yuqoriligi, reklama va vakillik xarajatlarining o‘sishi kabilar ta’sir qiladi.
    Iqtisodiy kategorriya sifatida foydamoddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.
    Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

    • bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;

    • asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan foyda;

    • korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda.

    Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

    • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi;

    • foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va yig‘imlar ko‘rinishida budjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va budjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;

    • soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.

    Korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo‘yicha rejali chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

    1. ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;

    2. ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;

    3. ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;

    4. moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;

    5. ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;

    6. mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar.

    Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lsada, uning samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.
    Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi.
    Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
    Korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

    1. Aktivlar rentabelligi. (Ра):


    Bu yerda: Sf - sof foyda;
    Q – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati.
    Korxonaning jami aktivlari rentabeligi korxona aktivlariga qo‘yilgan mablag‘larning bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof foyda, aktivlardan qanchalik darajada foydalanilganligini ifoda qiladi.

    1. Sotilgan mahsulot rentabelligi ( ):


    yoki


    Bu yerda: – sotilgan mahsulot rentabelligi;
    YF – yalpi foyda;
    SF – sof foyda;
    SST – mahsulot sotishdan sof tushum.
    Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha яlpi foyda ёki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
    3. Xususiy kapital rentabelligi (Rxk):

    Bu erda: SF – sof foyda;


    XK – xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymati.
    Mulkdor tomonidan kiritilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashda foydalaniladi va bu ko‘rsatkich boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilganda olinishi mumkin bo‘lgan daromad bilan solishtirish imkonini beradi.
    Xususiy kapital har bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
    4. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi (Rix), bu ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir so‘miga olingan яlpi foyda ёki sof foydani ifoda qiladi. Bu ko‘rsatkichdan turli mahsulotlar ishlab chiqarishning solishtirma samaradorligini aniqlashda keng foydalaniladi.

    ёki

    Bu erda: ЯF – яlpi foyda;


    SF – sof foyda;
    MIT – mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
    5. Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabel-
    ligi har bir so‘mlik ёki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri
    keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof
    foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga
    bo‘lish asosida aniqlanadi.

    Download 57.5 Kb.
      1   2




    Download 57.5 Kb.