min(iter,[args…]*[, key])-




Download 0,7 Mb.
bet14/15
Sana22.01.2024
Hajmi0,7 Mb.
#142837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ERGASHEVA DILRABOXON PP

min(iter,[args…]*[, key])-ketmaketlikning minimal elementi.
next(x)-iteratorning keyingi elementini qaytaradi.
oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
open(file, mode=’r’, buffering=None, encoding=None, errors=None, newline=None, closefd=True)- faylni ochadi va kerakli oqimni qaytaradi.
ord(x)- belgi kodi.
pow(x, y[,r])-(x**y)%r.
reversed(object)-yoyilgan obyektning iteratori.
print([object,…],*,sep=” ”, end=’/n’, file=sys.stdout)- ma’lumotlarni ekranga chop etish.
round(X,[N])- verguldan keyin N- belgilargacha to`g`rilash.
setattr(obekt, nom, qiymat)- obyekt atributini belgilash.
sorted(iterable[, key][, reverse])- tartiblangan ro`yxat.
staticmethod(function)- funksiya uchun statistik metod.
sum(iter, start=0)-ketmaketlik elementlarini yig`indisi.
type(object)- obyekt tipini qaytaradi.
type(name, bases, dict)- name sinfidagi yangi ekzemplarni qaytaradi.
vars([object])- obyekt atributlarining ro`yxati. Jimlik holatida- local nomlar lug`ati.
Fayllar bilan ishlash
Fayllar bilan ishlash file klassi obyektini hosil qilish hamda uning readreadline va write metodlari yordamida amalga oshiriladi. Faylni o’qish yoki faylga yozish faylni ochish vaqtida ko’rsatilgan rejimga bog’liq. Fayl bilan ishlab bo’lgandan keyin close metodini chaqirish kerak bo’ladi.
Bu misolda biz birinchi navbatda faylni rejim ko’rsatgan holda open funksiyasi bilan ochyapmiz. Rejim o’qish uchun («r»), yozish uchun («w») yoki fayl oxiriga yozuvni qo’shish uchun («a») bo’lishi mumkin. Faylni yana qanday holda o’qish, yozish yoki matn qo’shish holatini ham ko’rsatish mumkin: («t») tekst ko’rinishida yoki («b») binar ko’rinishida.
Bizning holatda faylni yozish («w») rejimida ochyapmiz va write metodi yordamida matnni faylga yozyapmiz. Shundan so’ng faylni close metodi yordamida yopyapmiz. So’ng xuddi shu faylni o’qish rejimida ochamiz. Bu holda rejimni ko’rsatishga hojat yo’q. Sababi agar rejim ko’rsatilmasa, fayl o’qish rejimida ochiladi. Faylni qatorma-qator readline metodi yordamida, sikl ichida o’qib olamiz. Qachonki bu metod bo’sh qator qaytarsa, u holda bu biz faylning oxiriga yetib borganimizni anglatadi va break yordamida siklni to’xtatamiz.


XOTIMA
Mazkur metodik qo`llanmada Python dasturlash tilining yaratilish tarixi, imkoniyatlari va Python dasturlash tilini Windows operatsion tizimida o`rnatish haqida yozilgan. Python dasturida ishlaydigan foydalanuvchilar uchun uning sintaksisi, asosiy operatorlari, fayllar, funksiyalar bilan ishlash sanoq sistemalari va satrlar bilan ishlash haqida muhim zaruriy ma’lumotlar keltirilgan. Qo`llanmani o`qigan har bir qiziquvchi Python dasturini o`rnatish boshqa odatiy dasturlarni o`rnatish kabi hech qanday qiyinchiliksiz o`rnatilishini, tilning sintaksisi o`zi kabi sodda va oson ekanligini, o`zgaruvchilarning tipini e’lon qilinmasligini, shuningdek sonlar bilan ishlaganda nafaqat butun va haqiqiy sonlar ustida balki kompleks sonlar ustida ham amallar bajarishni ko`rsatilgan misollar yordamida o`rgana oladi va uni amaliyotda bajara oladi. Satrlar bilan ishlash va ular ustida amallar bajarish haqida ham yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbuda yana ro`yxat, kortej, lug`at va to`plam tushunchalari va ularni qanday yaratish mumkinligi ular ustida amallar bajarish haqida ma’lumotlar keltirilib misollar yordamida tushuntirilgan. Shuningdek, modul tushunchasi, Python dasturining juda boy kutubxonaga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlar berilgan bo`lib, ko`plab modullar shu jumladan sys, copy, time, math, cmath, random, os modullari ularning funksiyalari va qo`llanilishi haqida yozilib, misollar keltirish yordamida amaliyotda qo`llab tushuntirilgan. O`quvchilar o’z ustilarida mustaqil ishlashlari va Python dasturida ishlash bo`yicha bilim saviyalarini oshirish uchun standart modullardan foydalanishlari taklif etilgan. Python dasturlash tilining afzallik tomonlari tushuntirib berildi va shular asosida o’zbek tilida uslubiy qo’llanma yaratildi.



Download 0,7 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0,7 Mb.