Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish




Download 79.99 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi79.99 Kb.
#51158
  1   2   3
Bog'liq
Reja
Babm kontakt, 1-Amaliy mashg\'ulot, hayot xavfsizligi 3, [@english books new] Essential Idioms in English (Advanced), bexruz, Pul massasi va foiz stavkalari, 2. FALSAFIY TAFAKKUR TARIXINI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI, 7-sinf-Jahon-Tarixi, ДЕХКОН чора тадбирлар (2), Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali, matem metodıka, Basic IELTS listening [@english ebooks], 20, Mavzu Paxta tozalash korxonalami ishlab chiqarish quvvati Paxta tozalash korxonasini texnologik jarayoni


Reja
Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish
Python dasturlash tili tarkibidagi arifmetik amallar va mantiqiy









































Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari


Python dasturlash tilining tarixi o‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida boshlangan. Gido Van Rossum Python dasturlash tilini 1980-yillarda yaratgan va u til 1989 yil dekabrda Gollandiyadagi matematika va informatika laboratoriya markazida ishlab chiqilgan. Python istisno holatlarini ko‘rib chiqishga va Amoeba operatsion tizimiga ta’sir
ko‘rsatishga qodir bo‘lgan ABC dasturlash tilining avlodi bo‘lgan. Van Rossum Pythonning asosiy muallifidir va u 2018 yilgacha tilni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borgan.
Van Rossum tomonidan Python 1.2 versiyasi 1995 yili matematika va informatika laboratoriya markazida ishlayotgan paytda ishlab chiqarilgan. Python dasturlash tili mukammal darajada ishlab chiqilgan dasturlash tili bo‘lib u insoniyat oldidagi muammolarni hal qilish uchun juda mos til hisoblanadi. Python dasturlash tili, dasturlash tillarining eng keng imkoniyat doirasiga ega hisoblanadi, bu dasturlash tili boshqa dasturiy vositalarni boshqarish va ularning tarkibiy qismlarini mustaqil boshqarishni amalga oshirdi. Aslida, Python ko‘p maqsadli dasturlash tili sifatida o‘rganilishi mumkin, bu dasturlash tili yordamida bir qancha jarayonlarni dasturlash imkoni yaratiladi. Python amaliy dasturiy maxsulotlar, web ilovalar va ilmiy dasturiy maxsulotlar yaratish imkonini beradi. Python tarkibida xotiradan foydalanish va ishlash talablari bo‘yicha cheklovlar mavjud emas, ya’ni imkoniyatlar shu qadar kattaki, boshqa dasturlash tillari kabi ma’lumotlarni e’lon qilish tabaqasi mavjud emas. Bu esa dastur yozish vaqti kamaytiradi va boshqarish qulayligini oshiradi.
Python dasturlash tilini bu qadar keng tarqalishining sababi juda katta miqdordagi yuqori sifatli tayyor bepul tarqatiladigan modullar mavjud va ularni siz dasturning istalgan joyidan foydalanishingiz mumkin. Tayyor modullardan foydalangan holda dasturni tuzish bir qancha optimal hisoblanadi. Dasturlash tili tarkibida fundamental algoritmlar, funksiyalar va modullar tayyor holatga keltirilgan, bunda faqatgina bu algoritm yoki funksiyalarga murojaat qilinsa yetarli siz faqat tegishli qismlarni tanlashingiz va ularni bir joyga to‘plashingiz kerak. Modullar har bir misolning boshida mavjud bo‘lgan import buyrug‘i yordamida biriktiriladi. Ko‘p ishlatiladigan modullar ikkita asosiy qismga bo‘lingan:

  • Python interpretatori bilan ta'minlangan standart kutubxonaning modullari (ushbu modullar doimo dastur bilan birga aktivlashadi);

  • Tashqi vazifa bajaruvchi modullar, bu modullar alohida dastur tarkibiga o‘rnatish orqali amalga oshiriladi.

Python dasturlash tilining web dasturlash sohasiga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi mumkin. Python an'anaviy ravishda oddiy va murakkab strukturali saytlarni yaratish uchun foydalaniladi. Bu jarayoning
eng keng tarqalgan vositasi Django web platformasi hisoblanadi. Bu platforma orqali bir qancha keng ommaga tarqalgan mashhur tizimlar ishlab chiqilgan, jumladan, Instagram, Mozilla va hakoza. Django juda ko‘p turli xil funktsiyalarni, shu jumladan avtomatik ravishda hosil qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatlarini taqdim etadi. Python dasturlash tili ko‘plab mashhur o‘yinlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi, 2000 - yillarning birinchi yarmida Python dasturlash tili sivilizatsiyasida, to‘rtinchi o‘yinning ichki mantiqiy tuzilishini yozish uchun asosiy vosita sifatida ishlatildi.
Python dasturlash tilining matematik va ilmiy hisoblash jarayonlariga keng qo‘llanilish imkoniyati yaratilgan. Python umumiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan til bo‘lib, u matematik paketlar bilan muvaffaqiyatli moslashuvni amalga oshiradi. Python dasturlash tilining asosiy xususiyati uning kengayish imkoniyatidir. Bu esa Python uchun nafaqat C va Fortrandagi algoritmlarning ko‘p sonli kutubxonalari yozildi va moslashtirildi. Python dasturlash tilining boshqa dasturiy vositalar va paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Pythonni matematik paketga aylantirishning asosiy modullari ishlab chiqilgan.
Python dasturlash tilining eng muhim afzalliklaridan biri shundaki, uning barcha amaliy kutubxonalari va qo‘shimcha maxsus modullarining rivojlanish muhiti bepul tarqatiladi. Bu esa Python dasturlash tilini rivojlantirish vositasi bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Python dasturlash tili dasturlashning quyidagi sohalarrida qo‘llaniladi:

  • Tizimli dasturlash;

  • Grafik interfeysli dasturlarni ishlab chiqish;

  • Dinamik veb-saytlarni yaratish;

  • Komponentlarning integratsiyasi;

  • Ma'lumotlar bazalari bilan ishlash uchun dasturlarni ishlab chiqish;

  • Ilmiy hisoblash uchun dasturlarni ishlab chiqish;

  • O‘yinlarni rivojlantirish.



Download 79.99 Kb.
  1   2   3




Download 79.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish

Download 79.99 Kb.