|
Qabulimdagi odamlar
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,22 Kb. | | #245310 |
Bog'liq Qabulimdagi odamlar
Qabulimdagi odamlar
Qishning so'nggi kunlari ham o'tib bormoqda. Bu yil anchadan beri ko'rilmagan haqiqiy qahraton qishni ko'rdi odamlar. Sovuq hammaga har xil ta'sir qildi. Kasalliklar ham, bemorlar ham og'irlashdi, ko'plar kuchli gripp bilan og'ridi. Sovuqlar hamda ta'lim muassasalaridagi isitish tizimi bilan bog'liq muammolar sabab o'quv tizimi ham ancha oqsab qoldi. Ayni yakuniy nazoratlar olinadigan payt. Shunday kunlarning birida qabulimga 4-bosqich talabasi kirib keldi. Tashqi ko'rinishidan o'ziga to'q xonadonning farzandiga yoxud kelinchagiga o'xshaydi, ammo ruhiyati Juda ham tushkinlikka tushib qolgan: oyoqlarida zo'rg'a turar va muammosi haqida so'zlay ketdi. Uni olib kirgan muallimaning aytishicha, yakuniy nazoratga kech kelgan, shuning uchun 1 ta fanni yopa olmay qolgan. Qizdan so'rasam, qaynona-qaynotasi, turmush o'rtog'i uyali aloqa vositasi — Mobil Telefon ishlatishiga ruxsat berishmaganliklari sabab yakuniylar haqida bexabar bo'lgan. Buni eshitib dong qotib qoldim. Nahot, hozirgi globallashuv davrida ham shunday insonlar bo'lsa! Ta'lim tizimi raqamlashtirilayotgan, bir onlayn sistemaga aylantirilayotgan bir paytda Mobil telefonsiz oliy ta'limda tahsil olishning imkoni yo'q-ku. O'quv rejalar, dars jadvallari, o'quv mashg'ulotlar uchun manbalar — hamma-hammasi shunda-ku. Buni tushunmaydigan yoxud tushunishni xohlamaydigan insonlar ham bor ekan afsus oramizda. Ularni Kim deb atashga hayronman: johilmi yoki zolimmi? O'qitishni eplay olmas ekan nima qilardi o'qimishlini kelin qilib hayronman. Vaziyatni obdon o'rganib ijobiy yechim topishgga harakat qildik. Yoshlar bilan ishlab bo'yicha dekan o'rinbosari bilan hamkorlikda uyidagilar bilan tushuntirish ishlari olib bordik.
Yana bir ish kuni boshlandi. Bugun safimizga yangi yosh kasbdosh keladigan kun. U bilan suhbatga ham oz qoldi. Zamonaviy uslubda kiyingan, kichkinagina sumkachasiga telefonidan boshqa narsa sig'maydi. Pardoz-andoz joy!-joyida qilingan bu yosh xodimning kasbiy kompetensiyalarini tekshira ketdimi. Hozirda dastavval talab qilinadigan IT bo'yicha bilimlarni so'radim: afsus Instagram va Telegramdan boshqasini bilmas ekan. Xorijiy tillar bo'yicha malakasini so'raganimda oz-moz rus tilini aralashtirib qo'ydi. Vanihoyat, asosiy fanlar bo'yicha nazariy bilimlarini sinovdan o'tkazdim, zo'rg'a 60% ga yetdi. Nahot, shu xodim bizning jamoada ishlash loyiq deb o'zimga savol berdim. Biz bo'lajak pedagog kadrlarni yetishtirib chiqaradigan o'qituvchilar dastlab o'zimiz kasbiy pedagogik kompetentlikka ega bo'lishimiz kerak-ku. Suhbatdan yaxshi o'ta olmagan bu qizga kerakli maslahatlarni berdim va xayrlashdim. So'ngra, o'z ishlarim bilan mashg'ul bo'ldim.
Xulosa qilib aytganda, hayotda turfa insonlar bilan uchrashamiz, muhimi har bir shaxsga o'zligini anglashga ko'maklasha bilish. Inson, xususan, rahbar shaxs har kuni har xil odamlarni qabul qiladi, ular bilan suhbat olib boradi ham to'g'ri yo'l ko'rsatishda davom etadi.
|
| |