Qadimgi Toshkent




Download 102 Kb.
bet5/5
Sana10.04.2017
Hajmi102 Kb.
#3760
1   2   3   4   5
SHAYXONTOHUR – bu daha shaharning sharqida edi. Nomi shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li shayx Xovandi Tohur sharafiga qo’yilgan. U kishi 1359- yilda vafot etgan.

Yunusxo’ja hukmronligi davrida ( XVII asrning 80-yillari) daha yangi mudofaa o’rda devorlari bilan o’ralgan. O’rda qurilgan.

Bosqinchilar hujumlarinatijasida o’rda va devorlar vayron etilavergan. Xalq mehnat qilib,qaytadan quravergan.

Shayx Xovandi Tohur maqbarasi katta ziyoratgoh joy bo’lgan.



KO’KCHABu dahaning nomi kohak, qohcha so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida qal’acha degan ma’noni anglatadi, shaharning g’arbiy qismida joylashgan, Imom Shayx Zayniddin ( taxminan XIII asrda yashagan ) mozori shu dahada ekanligi uchun “Shayx Zayniddin dahasi” deb ham ataladi. Aholisi ko’nchilik, kosibchilik va to’qimachilik bilan mashg’ul bo’lgan.

Oqsaroy.

Oqsaroy- Toshkendagi zamonaviy me’moriy inshoat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi.Binoning me’mori To’xtayev. Qabulxonada mehmonlar qabul qilinib, o’zaro muzokaralar olib boriladi. Majlislar zali, dam olish va xizmatchilar xonalari va qo’shimcha xonalar mavjud.Xonalar turlicha loyihalashtirilganligiga qaramay, ixcham va bir-biri bilan hamohangdir. Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda xashamatli ko’rinadi. Oppoq ko’rkam va mahobatli ko’rinishga ega. Sathi katta o’lchamdagi tosh bo’laklari bilan qoplangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, ko’kat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar o’rnatilgan..













Download 102 Kb.
1   2   3   4   5




Download 102 Kb.