Qarori mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida




Download 74.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.05.2022
Hajmi74.84 Kb.
#20933
  1   2
Bog'liq
PQ-147-сон 01.03.2022. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Chingiz home task for dbase


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
MAHALLA VA NURONIYLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-81-son 
Farmoniga 
muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 
1-ilovaga
muvofiq;
b) Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan
soni:
54 nafar shtat birligidan iborat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi markaziy
apparatining tuzilmasi 
2-ilovaga 
muvofiq;
168 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni
qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash
boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 
3-ilovaga 
muvofiq;
1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 
4-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziriga:
o‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy
apparati, hududiy bo‘linmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar
soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari,
xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek,
ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
3. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib
quyidagilar belgilansin:
Davlat budjeti mablag‘lari;
Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Vazirlik ikki oy muddatda:
markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning barcha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin
hamda attestatsiya natijalariga ko‘ra ularni Vazirlikka yuklangan vazifalarni professional darajada
bajarishga qodir bo‘lgan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar
bilan tanlov asosida to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
tarkibiy va bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning
lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlanishini ta’minlasin.
6. Belgilansinki:
a) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq
belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:


Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy
muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi
guruhlar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik,
tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniy va keksalar to‘g‘risidagi
qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish
bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
mahalla, nuroniy va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza
(shikoyat) va da’volarni kiritish;
mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda nuroniy va keksalarga har tomonlama
yordam ko‘rsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
b) Vazirlik faoliyatini muvofiqlashtirish bevosita Bosh vazir kotibiyati tomonidan amalga
oshiriladi.
7. 2022-yil 1-maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan
mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdorining 4 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning
eng kam miqdorining 4,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdorining 5 baravari miqdorida.
Belgilansinki, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy
rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.
8. Vazirlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzili bo‘yicha operativ
boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlik bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar Vazirlikning hududiy bo‘linmalarini zarur bino va
inshootlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
9. Moliya vazirligi:
2022-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Vazirlikning xarajatlari uchun “2022-yil
uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 
Qonunga 
o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 
Qonunga 
tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar Vazirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq
xarajatlar uchun mablag‘ ajratish choralarini ko‘rsin;
2023-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni ko‘zda tutsin.
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga
yuklansin.

Download 74.84 Kb.
  1   2




Download 74.84 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida

Download 74.84 Kb.
Pdf ko'rish