Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 84.34 Kb.
bet1/20
Sana16.05.2023
Hajmi84.34 Kb.
#60157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
331 карор
Go\'zal, 71a4175a3a80850aac0239e6fa0a82ce -Shaytonvachchaning Nayranglari (1), Савол-жавоблар

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xalq ta’limi sohasidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablarining namunaviy tuzilmalari tegishlicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Respublika “Bolalar kutubxonasi”ning tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “bolalar kutubxonalari”ning namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
“Bolalar kutubxonalari” to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy ta’minot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomashyolar va jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi:
“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari, Respublika “Bolalar kutubxonasi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “bolalar kutubxonalari”ni yuqori malakali mutaxassislar (to‘garak rahbarlari, kutubxonachilari, instruktor-uslubchilari, uslubchilar) bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har yili nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish orqali, ular ishtirokida anjumanlar, vebinar, amaliy mahorat va namunali o‘quv darslarini o‘tkazsin hamda o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik o‘rnatsin;
maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini tizimli nazorat qilish va faoliyatini tashkil qilish monitoringini amalga oshirsin.
4. “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar sayyohlik bazasi”, “Bolalar kutubxona”lari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi — qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi etib;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi — jihozlarni xaridi buyurtmachisi etib belgilansin;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari asosida aniqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

Download 84.34 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 84.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 84.34 Kb.