• 2-bob. Maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
  • Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida




    Download 84.34 Kb.
    bet5/20
    Sana16.05.2023
    Hajmi84.34 Kb.
    #60157
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    331 карор
    Go\'zal, 71a4175a3a80850aac0239e6fa0a82ce -Shaytonvachchaning Nayranglari (1), Савол-жавоблар
    NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom “Barkamol avlod” bolalar maktablari (keyingi o‘rinlarda — Maktab)ning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
    2. Maktab davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, bank hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
    3. Maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga, o‘z ustaviga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
    4. “Barkamol avlod” bolalar maktablarining namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. Maktab mazkur namunaviy ustav asosida o‘z ustavini ishlab chiqadi. Ustav muassis tomonidan tasdiqlanadi.
    5. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlari tegishlicha maktablarning muassislari hisoblanadi.
    6. Maktablarning umumiy faoliyati Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
    “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi Vazirlik tizimida faoliyat yuritadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan maktablar tegishlicha, Toshkent shahar va viloyatlar Maktablari tegishli xalq ta’limi boshqarmalari tizimidagi hamda tuman (shahar)da joylashgan maktablar tegishli xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlari tizimida faoliyat yuritadi.
    2-bob. Maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
    7. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, bunda ularning robototexnika, mexatronika, injenerlik, mental arifmetika, san’at, art dizayn, axborot texnologiyalari bo‘yicha Java, Scratch, 3D dizayn yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
    Maktablarda “STEAM — ta’lim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturini joriy etish va to‘garaklar mazmuniga singdirish;
    beshta muhim tashabbus doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalariga qiziqishni oshirish, o‘quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha umumta’lim tashkilotlariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
    bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish, mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va ko‘nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;
    o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, targ‘ib qilish hamda sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini “Art shop” elektron do‘konlari orqali dunyo bozoriga olib chiqish;
    o‘quvchilarda jonajon o‘lka tarixi, arxeologik va boy madaniy merosini chuqur o‘rgatish, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olishlariga imkon yaratish hamda bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
    xorijiy tillarni o‘rgatish orqali intellektual yoshlar safini kengaytirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishga imkon yaratish;
    o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportning ayrim yo‘nalishlariga qiziqishlarini oshirish;
    maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllarini keng joriy etish;
    bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
    to‘garak rahbarlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha istiqbol rejalarini ishlab chiqish va tegishli takliflarni kiritish;
    bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida Maktablarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarini amalga oshirish.
    8. Maktab o‘zining asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    to‘garaklar o‘quv-reja va dasturlari ishlab chiqishda ko‘maklashadi;
    o‘quvchilarni to‘garaklarga qamrab olish choralarini ko‘radi;
    to‘garak mashg‘ulotlarini tahlil qilib boradi, rivojlanishdan ortda qolayotgan to‘garaklar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
    Maktabda “Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarini alohida jadval asosida tashkil etadi;
    uslubchilar va to‘garak rahbarlari uchun har chorakda turli o‘quv-seminarlar, vebinar mashg‘ulotlari o‘tkazadi;
    festival va tadbirlarni sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqadi va tadbirlarni tashkil etadi;
    o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida to‘garaklar o‘quv rejaning o‘zlashtirilishini monitoring qilib boradi;
    to‘garak rahbarlari ishlarini ommalashtirishga va ularning istiqboldagi vazifalarini bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatadi;
    tanlov va tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boradi.

    Download 84.34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 84.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida

    Download 84.34 Kb.