• 7-bob. Maktabni boshqarish
  • -bob. Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish




    Download 84.34 Kb.
    bet8/20
    Sana16.05.2023
    Hajmi84.34 Kb.
    #60157
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    331 карор
    Go\'zal, 71a4175a3a80850aac0239e6fa0a82ce -Shaytonvachchaning Nayranglari (1), Савол-жавоблар
    6-bob. Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
    29. Oliy ta’lim muassasalarini turli yo‘nalishlari (pedagog va pedagogik mutaxassislikka ega bo‘lmagan) bo‘yicha mutaxassislikka ega, professional ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari)ning tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxslar Maktabda pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli.
    Zarur hollarda, tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga hamda “Usta”, “Hunarmand”, texnik, sport va sayyohlik sohasi bo‘yicha “Sport ustasi” yoki “Sport ustaligiga nomzod”, “Xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “Sport ustozi”, “Artist” va “Me’mor” maqomiga ega bo‘lgan shaxslar ham Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilinishi mumkin.
    30. Maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari, uslubchilarning hamda to‘garak rahbarlarining mehnat ta’tili 36 ish kuni etib belgilanadi.
    31. Maktabda to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga asosan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va professional ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) o‘qituvchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq to‘langan holda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
    32. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan sud qaroriga ko‘ra yoki tibbiy xulosaga asosan mahrum qilingan shaxslarning Maktabda to‘garak rahbari bo‘lishiga va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Etarli malakaga ega bo‘lmaganligi, shuningdek ta’lim faoliyati prinsiplariga zid bo‘lgan axloqsiz xatti-harakatlar to‘garak rahbari lavozimidan mahrum qilish uchun asos bo‘ladi.
    33. Maktab to‘garak rahbarlarining haftalik ish yuklamasi 24 soatni tashkil etadi.
    34. Maktab pedagog xodimlarining faoliyati o‘quvchilar shaxsini faol, mustaqil, mas’uliyatli, uyushqoq va tartibli bo‘lishini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
    7-bob. Maktabni boshqarish
    35. Maktabga belgilangan tartibda muassis tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
    Maktab direktori va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
    36. Maktabning faoliyatiga doir asosiy masalalarni kollegial muhokama qilish, Maktabning to‘garak mashg‘ulotlari jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish uchun doimiy faoliyat yuritadigan Pedagogik kengash faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
    Pedagogik kengash tarkibi Maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Maktabning har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab ushbu Kengashning a’zosi hisoblanadi.
    Maktab direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi va uning kotibi pedagog xodimlar orasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
    Pedagogik kengash raisi o‘z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo‘lgan, xizmat safariga ketgan va b.) holatlarda uning vazifalari vaqtincha vazifani bajarish yuklatiladigan direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
    Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
    Pedagogik kengash yig‘ilishi Maktab faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, uning faoliyati sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
    37. O‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagog xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy o‘sishlarini kuchaytirish maqsadida “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi huzurida Ilmiy-metodik kengash tuziladi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlikning tegishli mas’ul xodimi kiritiladi.
    “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi direktori o‘z navbatida Ilmiy-metodik kengash raisi ham hisoblanadi.
    Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi har yarim yilda va navbatdan tashqari yig‘iladi hamda uning nizomi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi tomonidan tasdiqlanadi.
    Ilmiy-metodik kengashda o‘quv rejalar, dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar, tajriba-sinov ishlari muhokama qilinadi, pedagogik xodimlarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
    To‘garak rahbarlari tomonidan to‘garaklar o‘quv reja va dasturlariga 15 foiz doirasida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    38. Tuman (shahar)dagi maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish, ularga metodik yordam ko‘rsatish, uslubchi va to‘garak rahbarlarining tavsiya, qo‘llanma va ijodiy ishlarini takomillashtirish bo‘yicha Uslubiy kengash tashkil etiladi. Uslubiy kengash tarkibiga uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida hududiy xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi vakili kiritiladi.
    Viloyatdagi Maktab direktori o‘z navbatida Uslubiy kengash raisi ham hisoblanadi.
    Uslubiy kengash a’zolari har chorakda bir marta yig‘iladi, tavsiya, qo‘llanma va ijodiy ishlarni sifatini tahlil qiladi va amaliyotga joriy etish uchun ruxsat beradi.

    Download 84.34 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 84.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish

    Download 84.34 Kb.