|
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
|
bet | 1/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
“GEOGRAFIYA O’QITISH
(ma’ruzalar matni)
QARSHI 2022
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
GEOGRAFIYA KAFЕDRASI
GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI
FANIDAN
MA’RUZA MATNI
Qarshi -2022
GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI-PEDAGOGIK FAN SIFATIDA
1-Mavzu Geografiya o`qitish metodikasining predmeti, maqsad, vazifalari.
Reja
1.Geografiya o’qitish metokasi fanining maqsadi va vazifalari.
2. Geografiyani o’qitishning tadqiqot metodlari.
3. Geografiya o’qitish metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar.
4. Geografiyani o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Tayanch iboralar: “Geografiya”, “Geografiya o’qitish metodikasi”, “pedagogik fan”, “tadqiqot metodlari”.
Geografiya o’qitish metodikasi - Geografiyani o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z fanini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
Maqsadi – Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga Geografiya fanini o’rgatishga tayyorlashdir.
Vazifasi - o’quv fani sifatida Geografiya mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta‘riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o’qituvchi shu predmet bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin.
O’quvchilarga Geografiyani o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xulq - atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra Geografiyani o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: fan mazmuni, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, ya‘ni fanning o’zini, uni o’qitishni va o’qishni, ya‘ni bilim va ko’nikmalarni egallab olishdan iborat.
Geografiyani o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta‘minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llanish bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
Geografiya metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:
o’quv fani sifatida Geografiyaning ta‘lim va tarbiyaviy ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o’rni;
o’quv materialining shakl va mazmuni va uni taqsimlanish tizimi;
o’qitish shakl va metodlari, shuningdek, o’quvchilarni tashkil etish holati;
o’quv materialini, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni va o’qitish natijalarini hisobga olish;
jihozlash va o’quv qurollaridan foydalanish;
darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o’qitishning moddiy bazasi.
Pedagogik fan sifatida Geografiya o’qitish metodikasi didaktika bilan chambarchas bog’langan. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin.
Geografiyani o’qitish metodikasi shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini ajrata olish, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda tushuntira olish o’quvlarida namoyon bo’ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni, munosabatni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas‘uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Geografiyani o’qitish metodikasi oldida quyidagi vazifalar turadi:
umumiy ta‘lim va kompleks tarbiya tizimida Geografiyaning o’quv fani sifatidagi ahamiyati va o’rnini aniqlash;
Geografiya materiallarini tanlash va birlashtirish (tahlil qilish);
uning ta‘lim - tarbiyaviy vazifalarini aniqlash.
Boshlang’ich maktabda Geografiyani o’qitish tabiat hayotidagi ayrim narsa-hodisalar va o’simlik va hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdangina iborat emas. Geografiyani o’qitish jonli va jonsiz tabiatning har xil ob‘ektlari o’rtasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni kichik yoshdagi maktab o’quvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga mehr - muhabbatni, uning boyligini qo’riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish zaminida tarbiyalashi kerak.
|
| |