• Ma’lumotlarning abstrakt ( mavhum) turlari
  • Ma’lumotlarning tizimda abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi




    Download 32.48 Kb.
    bet3/4
    Sana21.02.2023
    Hajmi32.48 Kb.
    #42987
    1   2   3   4
    Bog'liq
    pardayev Shaxzod 0198 84 (1)
    XIONIYLAR, KIDARIYLAR, EFTALIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY VA MADANIY HAYOT., Тест TRT 205 talik javobi bilan, ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish, 11
    2. Ma’lumotlarning tizimda abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi

    Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil hisoblanadi.
    Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
    Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar aniqlab olinadi.
    Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan.
    Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi.
    Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi.
    Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi.Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va adreslardan tashkil topgan.Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda fizik adres komandaning adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi.
    Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita.
    Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita adreslash usulida esa, adres kodi bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi.

    Download 32.48 Kb.
    1   2   3   4




    Download 32.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarning tizimda abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi

    Download 32.48 Kb.