• MA’RUZA. ISSIQLIK TASHUVCHILAR Ma’ruzada yoritiladigan savollar
  • Qarshi davlat universiteti




    Download 2.56 Mb.
    bet1/42
    Sana26.04.2023
    Hajmi2.56 Mb.
    #54025
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    issiqlik massa almashinuvi
    Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM
    VAZIRLIGI
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
    «KASBIY TA’LIM» KAFEDRASI
    Issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari “fanidan


    MA`RUZALAR MATNI



    Qarshi – 2017 y.


    1-MA’RUZA. ISSIQLIK TASHUVCHILAR


    Ma’ruzada yoritiladigan savollar:



    1. Asosiy tushunchalar

    2. Issiqlik va sovuqlik tashuvchi moddalar.

    3. Ularning xossalari va ularga qо‘yiladigan talablar.

    4. Kо‘p tarkibli issiqlik tashuvchilar.

    Issiqlik tashuvchilarni belgilangan maqsadi, agregat xolati va xarorat va bosimlarning kо‘lam chegaralari bо‘yicha tavsiflanadilar.


    Issiqlik tashuvchilarni maqsadi bо‘yicha isituvchi issiqlik tashuvchi, sovituvchi issiqlik tashuvchi yoki sovuqlik tashuvchi, oraliq issiqlik va sovuqlik tashuvchilar, xlodoagent (sovitkich sikllarida ishchi jism), quritish agenti va hok. deb ataladi.
    Issiqlik almashinish qurilmalari issiqlik texnologik va energetik qurilmalarda qо‘llaniladigan issiqlik tashuvchilar qattiq, suyuq va gazsimonlarga bо‘linadi.
    Qattiq issiqlik tashuvchilar 8-12 mm diametrli sharik shaklida va undan kichik pо‘lat, chо‘yan, keramzit, karboun, kaolin, alyumin oksidi, magniylarning mayda bо‘laklarida bо‘lib ular yuqori haroratli neftni qayta ishlash jarayonida, metallurgiya va boshqa sanoat soxalarida gazlarni qizdirish, suv bug‘ini va harorati 1000-2000 0S gacha bо‘lgan organik suyuqliklar bug‘ini qizdirish uchun qо‘llaniladi.
    Qattiq issiqlikbardosh issiqlik tashuvchilar qо‘zg‘almas, uzatuvchi issiqlik almashgichlarda yoki mavhum qaynash qatlamida foydalaniladi.
    Suyuq isiqlik tashuvchilar juda xilma xildir. Ularga oddiy va og‘ir suv, mineral moylar, definil, defenil efir, defenil aralashmasi, kremniy organik birikmalari, metal eritmalari, qotishmalar va tuzlar (simob, litiy, kaliy, natriy va boshqalar).
    Suyuq issiqlik tashuvchilarning harorati issiqlik almashinuv qurilmalarida gazsimon muhitlarga qaraganda kam о‘zgaradi, chunki suyuqliklarning yuqoriroq solishtirma issiqlik sig‘imiga egaligi sabablidir. Suyuqliklarning qaynashida va toza bug‘larning kondensatsiyalanishida ularning harorati о‘zgarmaydi. Bu holat issiqlik jarayonlarini boshqarishni acha yengillashtiradi.
    Zarur bо‘lganda fazoviy о‘zgarishlarga qaraganda yuqoriroq issiqlik oqimlari zichliklarini ta’minlash uchun kimyoviy ta’sirlanadigan moddalardan foydalailadi, chunki ta’sirlanishning issiqlik effektlari bu xosil qilishning yashirin issiqligidan taxminan 10 karra yuqoriroqdir.
    Qorni (muzni) tuz (Nacl, Cacl va boshqalar) bilan aralashtirganda, qorning bir qismi issiqlik yutib eriydi va aralashmaning xarorati pasayadi. Bunday holatni turli moddalarni sovitish uchun foydalaniladi.
    Eng kо‘p issiqlik tashuvchilar bо‘lib suv bug‘i, issiq va sovuq suv, yoqilgan va tutun gazlar, xavo xisoblanadi. Bu ma’lum darajada ularning oson va bemalol topilishi, zaxarsizligi va arzonligi boisdir.
    Gazsimon issiqlik tashuvchilar asosan texnikada qо‘llaniladi. Ularga quyidagi issiqlik tashuvchilar kiradi: havo, tutun gazlari, azot, is gazi, oltingugurt ikki oksidi, vodorod, geliy, suv bug‘lari va boshqa moddalar.
    2000 0S dan yuqori haroratlarda past haroratli plazma deb ataluvchi gazlar qо‘llaniladi.
    Gazsimon issiqlik tashuvchilarni tashish, suyuqlik issiqlik tashuvchilarni tashishga qaraganda energiya sarflari yuqori, chunki katta massaviy va ayniqsa hajmiy sarflarga egalidir. Shuning uchun tutun gazlarini, masalan, bir necha 100 metrga bosim ostida suv bug‘ini о‘nlab kilometrgacha masofaga, suvni esa о‘nlab va yuzlab kilometrgacha tashiladi. Yuqori bosimlarda gaz va bug‘larning hossalari, ularning harakat tezliklar va texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlari suyuqliklarning xuddi shunday xarakteristikalariga yaqinlashadi.
    Quvurlar va qizitish sirti yuzalarining namunaviy yemirilishini oldini olish uchun changli oqimlarni harakatlanish tezliklari 10-12 m/s dan oshmasliklari lozim.



    Download 2.56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 2.56 Mb.