Qarshi muhandislik iqtisodiyot inistituti




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
11. DAVRA SUHBATI. Ta’lim oluvchilar davra stolida о‘tirib, bir-birlarining 
savollariga konvert orqali javob yozishadi. 
An’anaviy ta’limninig о‘ziga xos xususiyatlari. Bu uslublar asosan 
о‘qituvchining qо‘yidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: 
1.Og‘zaki о‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya) 
Insonlar о‘rtasidagi eng sodda muloqot yо‘llaridan biri – og‘zaki nutq – og‘zaki ta’rif 
yoki asosiy mazmunning ogzaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «sо‘zlash» 
orqali amalaga oshiriladigan о‘qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa 
yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda о‘quvchining ishtiroki uchun hech qanday 
imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan о‘quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. 
2.Tasviriy ifodalarni qо‘llash usuli (illustratsiya) 
Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bо‘lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi 
rasmlar orqali о‘quvchilarning kо‘rish qobiliyati ishga solinadi. О‘quvchilarga 
yetkazilmokchi bо‘lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali, turli simvollar yordamida 
yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: 
doska, maxsus oq doska, flipchart, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, 
kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bо‘yoqli rasmlar, grafik va 
jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar. 
3.Namoyish etish usuli (demonstratsiya) 
О‘qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa 
aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda 
namoyish etish о‘quvchini kо‘rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi.
О‘quvchi markazda bо‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Bu uslublar 
qо‘llanilganda о‘qituvchi о‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. О‘quvchi 
markazda bо‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bо‘ladi: 


38 
- ta’lim samarasi yuqoriroq bо‘lgan о‘qish-о‘rganish; 
- о‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 
- ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi; 
- о‘qish shiddatini о‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi. 
- о‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qо‘llab-quvvatlanishi; 
- amalda bajarish orqali о‘rganilishi; 
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; 
- о‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi; 
- о‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. 
О‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, о‘quvchining bilim 
va kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada о‘quvchilar ishtiroki va 
amaliyoti mavjud bо‘ladi. 
Bu uslublar asosan о‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. 
quyida ularning ba’zilari ustida qisman tо‘xtalamiz.
1.Savol berish orqali о‘qitish usuli 
О‘qituvchi о‘quvchilar oldiga savollarni kо‘ndalang qilib qо‘yadi va bu bilan ularni 
berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi..
2.Muhokama usuli 
О‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, 
shuningdek ma’lumotni о‘zaro va о‘qituvchi bilan muhokama yо‘li bilan tahlil qilish 
taklifi kiritiladi. 
3. Suhbat usuli 
Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir 
qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi.
4.Guruhlardagi muhokama usuli 
Ushbu о‘qitish uslubi о‘qituvchining juda oz «sо‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va 
vaqtning asosiy qismi о‘quvchilarning о‘zaro muhokamalariga bag‘ishlanadi. 
qachonki о‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bо‘lsalar bu 
uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.Yangilik kashf etish orqali о‘rganish usuli 


39 
Bu yondoshuv о‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir 
qatorda ularning о‘z-о‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va kо‘nikmalar 
tо‘plashlariga sharoit yaratadi.
6. Amaliy mashg‘ulot 
О‘qituvchi bir guruh о‘quvchilarning kо‘nikmalarini tо‘liq yoki qisman 
shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali о‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi 
mumkin. Odatda bu jarayon о‘z ichiga sо‘zlash, tasviriy ifoda va о‘qituvchi 
tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham о‘z ichiga olishi mumkin. Shu 
bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bо‘lgan 
ustaxonalarda amalga oshiriladi. 
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va 
usullardan ham foydalanish mumkin: 
7.Baxs-munozara usuli 
О‘quv guruhini ikki guruhga bо‘lgan holda, biror mavzu bо‘yicha о‘zaro baxs, fikr 
almashinuv tarzida о‘tkaziladi.
8.Tadqiqot usuli 
О‘zlashtirish darajasining eng yuqori chо‘qisi; о‘quvchilarning olgan bilimlari 
asosida hali о‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish 
olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida tо‘g‘ri yoki 
notо‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan 
muammoni yoki masalani qо‘yish, uni о‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar 
tо‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning 
qanchalik tо‘g‘riligini tо‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa 
chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil 
bajarishadi, ularni yozadilar va qо‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar. 
9.Roli о‘yinlar 
Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) о‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat 
bu о‘rinda, matnli material о‘rniga о‘quvchilar tomonidan rollar о‘ynaladigan hayotiy 
vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bо‘lib 
berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; о‘yin davomida о‘quvchilarning hatti-


40 
harakatlarini kuzatib borish; о‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim 
olishlariga, ma’lum malaka va kо‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; о‘yin 
natijalarining tahlili; о‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash; 
10.Loyiha usuli
Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning 
majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida о‘quvchilar rejalashtirishda, 
tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini 
baholashda kо‘proq ishtirok etadilar. 
11.Mustaqil о‘rganish usuli 
Ushbu usul ta’lim oluvchilarning о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishini, о‘z – 
о‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini tо‘liq va ongli ravishda 
bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan о‘tkazib turiladi, 
о‘quvchilarning mustaqil о‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat 
bilan shug‘ullanish kо‘nikmalarini shakllantiradi. 
12.Aqliy hujum 
Dars mavzusiga oid qо‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish 
maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. qatnashchilar birlashgan holda 
yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat 
qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bо‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. 
Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun 
о‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish 
va tanlash; xulosalash;
13.Muammoli ta’lim usuli 
Bu usul aqliy hujum metodining bir kо‘rinishi bо‘lib, unda qо‘yilgan muammoni hal 
qilish bо‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. 
Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bо‘yicha sinflarga bо‘linadi, saralanadi va 
muayyan tartibda doskada joylashtiriladi va hokazolar. 

Download 0.95 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish