I bob. Ilashma va uni boshqarish yuritmalari




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
I bob. Ilashma va uni boshqarish yuritmalari. 
1.1-§. Ilashmaning vazifasi va ishlash prinsipi. 
Avtomobilning ilashmasi uzatmalarni almashlab ulash va avtomobilni о‘rnidan jildirish 
maqsadida dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan qisqa vaqtga ajratish hamda ohista 
ulash uchun xizmat qiladi. 
Yengil va yuk avtomobillarida friksion turdagi bir diskli ilashma kо‘p tarqalgan. Ilashma 
(1-rasm) ajratish mexanizmi va yuritmasidan iborat. Ilashish mexanizmi dvigatel maxovigiga 
(1), yuritmasi esa avtomobil kuzovi yoki ramasiga о‘rnatilgan aylanmaydigan detallarga 
yig‘ilgan. Ilashmaning asosiy detallari uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning shlitsasiga 
о‘rnatilgan yetaklanuvchi disk (2) hamda maxovikka qattiq mahkamlangan g‘ilofda (12) 
joylashgan prujinali (4) diskdir (3). Ilashma g‘ilofiga (12) zoldirli tayanchlarda, siquvchi 
disk (3) bilan sharnirli biriktirilgan ajratuvchi richaglar (11) о‘rnatilgan [6]. 
Ilashmani ajratuvchi yuritma siqib ajratuvchi podshipnik va qaytargich prujinali (9) mufta 
(10), ayri (vilka) (5), tortqi (6) va pedaldan (7) iborat!
 
1-rasm. Friksion ilashmaning shakli 



Ilashmaning pedali qо‘yib yuborilgan paytda yetaklanuvchi disk (2) maxovik va 
siquvchi disk orasiga prujinalar (4) bilan muqim siqib qо‘yiladi. Ilashmaning bunday 
holati ulangan holat deb ataladi, chunki dvigatel ishlaganda aylantiruvchi lahza 
(moment) maxovik va siquvchi diskdan ishqalanish kuchi hisobiga yetaklanuvchi 
diskka, sо‘ng uzatmalar qutisining yetaklovchi valiga (8) uzatiladi. Agar ilashmaning 
pedali (1) bosilsa, tortqi (6) harakatlanadi va ayrini (5) mahkamlangan joyiga nisbatan 
buradi. Ayrining bо‘sh turgan ikkinchi uchi muftani (10) itaradi, natijada u, maxovik 
tomon suriladi va richaglarni (11) bosadi, ular esa siquvchi diskni (3) ungga suradi. 
Shu paytda yetaklanuvchi disk siquvchi kuchdan ozod bо‘lib, maxovikdan bо‘shaydi 
va ilashma ajraladi [6,7]. 
Ilashmani qо‘shish (ulash) uchun pedalni (7) ohistalik bilan qо‘yib yuborish kerak. 
Bu paytda yetaklanuvchi diskdagi kuch asta-sekin о‘sib boradi, buning natijasida 
diskni maxovikka nisbatan shataklanishi va tо‘piq ilashgunga qadar ularni ravonlik bilan 
birikishi sodir bо‘ladi. Ilashmani qо‘shishda ajralib chiqadigan issiqlikni olib ketish 
maqsadida havo aylanishi uchun g‘ilofda teshiklar qо‘yiladi. 
Friksion ilashma rasmsida kо‘rib chiqilgan ilashmaning ajratish yuritmasi 
konstruktiv jihatdan sodda, qattiq richag va tortqilarni о‘z ichiga oladi va mexanik yuritma 
deb ataladi. Hozirgi davrda kо‘plab yengil avtomobillarda ilashmaning gidravlik 
yuritmali ajratgichlari qо‘llanilmoqda. Bunday yuritmalarda kuch, pedaldan ilashma 
mexnizmiga gidrotsilindr va naychalarga (trubkalarga) qamab qо‘yilgan suyuqliq vositasida 
uzatiladi. Yuk avtomobillarida ilashmani boshqarishni yengillashtirish uchun, uning 
ajratish yuritmasida, ba’zan, pnevmatik kuchaytirgich ishlatiladi (MAZ, KamAZ 
avtomobillari). 
Ilashmaning tuzilishi. Yengil avtomobilning bir diskli ilashish m e x a n i z m i (2-rasm) 
uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning (8) shlitsali qismiga о‘rnatilgan 
yetaklanuvchi disk (4) va maxovikka (2) boltlar yordamida mahkamlangan 
shtamplangan pо‘lat g‘ilofdan (11) iborat. 
Ichki tomondan g‘ilofga tayanch ayrilarda ilashmaning siquvchi disk (5) bilan 
sharnirli biriktirilgan ajratish richaglari (10) mahkamlangan. Ajratish paytida siquvchi 



diskni kiyshaymasdan surilishini ta’minlash uchun, tayanch ayrilar ham g‘ilofga (11) 
sharnirli mahkamlanadi. 
Iilof (11) va siquvchi disk orasiga aylana bо‘ylab, siquvchi diskning 
periferiyasidagi burtmalarga markazlash uchun о‘rnatilgan, siquvchi silindrsimon 
prujinalar (6) joylashtirilgan [6,7]. 
2-rasm. Ilashish mexanizmi va yuritmasi: 
1-ilashmaning karteri; 2-maxovik; 3-dvigatelning tirsakli vali; 4-yetaklanuvchi disk; 
5-siquvchi disk; 6-siquvchi prujinalar; 7-mufta; 8-uzatmalar qutisining yetaklovchi vali; 



9-ilashmani ajratuvchi ayri; 10-richag; 11-g‘ilof; 12-turtkich; 13-havo chiqarish 
klapani; 14-ishchi silinlr; 15-asosiy silindr;
Ilashmaning yetaklanuvchi diski (3-rasm) gupchak (6) bilan ajratib tayyorlangan. 
Gupchakka aylantiruvchi lahza (moment) sо‘ndirgich (dempfer) prujinalar (5) orqali 
uzatiladi. Ular gupchakning uyig‘idan о‘tgan barmoqlar (7) bilan mahkamlangan disklarning 
(2 va 8) hamda gupchakning (6) darchalarida joylashgan. Diskka (2), ikkita friksion 
ustquymasi (3) bо‘lgan tо‘lqinsimon qayishqoq, plastinalar (4) mahkamlangan. Ilashma 
qо‘shilgan paytda tо‘lqinsimon plastinalar, ilashishni ravonlashtirib, asta-sekin tо‘g‘rilanadi. 
Yetaklanuvchi disk prujina (1) kо‘rinishida tayyorlangan burovchi tebranishlar sо‘ndirgichiga 
ham ega. Bu prujina diskni (2) gupchakka (6) birmuncha kuch bilan siqib turadi. Asosan, 
dvigatel ishlashidagi pulsatsiyalar hisobiga uning maxovigida yuzaga keladigan burovchi 
tebranishlar, ilashish muftasi qо‘shilib turganda yetaklanuvchi diskka uzatiladi va uni, 
prujinani (5) siqib gupchakka (6) nisbatan bir oz burchakka burilishga majbur qiladi. 
Buning oqibatida, sо‘ndirgich prujinasi (1) bilan gupchak flanetsiga siqib turilgan diskni (2), 
huddi shu flanetsga ishqalanishi sodir bо‘ladi va burovchi tebranishlar energiyasi issiqlikka 
aylanib, sо‘nadi. Umuman olganda, sо‘ndirgich, ilashmani yumshoq ulanishiga yordam beradi 
va uzatmalar qutisi shesternyalarini hamda kardanli valni uzoqqa chidamliligini oshiradi. 
I k k i t a y e t a k l a n u v c h i d i s k l i i l a s h i s h m e x a n i z m i bir diskli 
friksion ilashish mexanizmidan, ikkita yetaklanuvchi disk orasiga joylashadigan о‘rta 
(oraliq) siquvchi diski borligi bilan farq qiladi [6]. Ikki diskli ilashish mexanizmining 
siquvchi diski va boshqa elementlarini konstruksiyasi bir diskli mexanizmdan prinsipial 
umumiyligi jihatdan farq qilmaydi.



3-rasm. Ilashmaning yetaklanuvchi diski. 
M a r k a z i y d i a f r a g m a l i s i q u v c h i p r u j i nasi b о ‘ l g a n bir d i s k l i
i l a s h i s h m e x a n i z m i (4-rasm) faqat bitta siquvchi prujinaga ega. U kesik konus 
shaklida tayyorlangan. Shtamplab tayyorlangan prujinada 18 ta gul-barg bо‘lib, ular nafaqat 
qayishqoq elementlar, balki bir paytni о‘zida ajratuvchi richaglar hamdir. Diafragmali 
prujinaning asosiy afzalligi — uning chiziqsiz tavsifnomasidir. Bu esa siqish darajasidan 
qatiy nazar siquvchi kuchni deyarli о‘zgarmasligini ta’minlaydi. Silindrsimon prujinalarda 
tavsif chiziqdidir - kuch siqishga tо‘g‘ri proporsional. Diafragmali prujinani qо‘llanilishi 
ilashmaning yeyilishiga turg‘unligini yaxshilaydi, shataklashga yо‘l qо‘ymaydi va 
tashqi о‘lchamlar hamda vaznni kamaytirishga imkon beradi. 
4-rasm. Avtomobilning ilashmasi: 


10 
a-yig‘masi; b—asosiy detallari. 1-maxovik; 2~yetaklanuvchi disk; 3— siquvchi disk; 
4-ilashma g‘ilofi; 5-diafragmali siquvchi prujina; 6—parchin mixlar; 7-friksion 
xalqa; 8—podshipnik; 9-tayanch xalqa; 10-fiksatorlar.
Ilashma konstruksiyasida diafragmali prujina (5), ilashma g‘ilofiga (4) parchin 
mixlar (6) va ikkita tayanch xalkalar (9) yordamda mahkamlanadi. Prujinaning tashki 
chekkasi, siquvchi kuchni siquvchi diskka (3) uzatadi. 
Ilashmani ajratishda podshipnik (8) tirak flanets orqali prujina gulbargiga ta’sir 
etadi va uni maxovik tomonga suradi. Prujinaning tashki chekkasi teskari tomonga 
egiladi va fiksatorlar (10) yordamida siquvchi diskni (3) yetaklanuvchi diskdan (2) 
orqaga siljitadi, ilashma ajraladi. Ilashmaning ushbu konstruksiyasida yetaklanuvchi 
disk (2) burovchi tebranishlar sо‘ndirgichiga ega. 


11 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Ilashma va uni boshqarish yuritmalari

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish