-§. Ilashma muftasining tuzilishi va uni boshqarish yuritmalari




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
1.2-§. Ilashma muftasining tuzilishi va uni boshqarish yuritmalari. 
 
Ilashmani boshqarish yuritmalari. I l a s h m a n i a j r a t u v chi m e x a n i k
y u r i t m a kо‘plab yuk avtomobillarida qо‘llaniladi, chunki u konstruktiv jihatdan 
ancha sodda va ishlatishga kulaydir. Yuk avtomobili ilashmasini ajratish yuritmasining 
(5-rasm) asosiy detallari bir-biri bilan о‘zaro ketma-ket biriktirilgan pedal (1), val (5), 
tortqi (6), richag (7) va ilashmani ajratuvchi ayridan (3) iboratdir [7,8]. 
5-rasm. Ilashmani ajratish yuritmasi. 
Pedal (1) bosilganda yuritmaning barcha detallari о‘zaro harakatlanadi, natijada 
mufta podshipnigi ajratuvchi richaglarni ichki uchlarini bosadi, siquvchi disk orqaga 
siljiydi, yetaklanuvchi disk esa siquvchi kuchdan ozod bо‘ladi va ilashma ajraladi. 
Ilashmani ulashda pedal kuyib yuboriladi, podshipnikli mufta richaglarni ozod 
kilib, qaytargich prujinalar (4) ta’siri ostida boshlang‘ich holatga qaytadi va ilashma 
ulanadi. 
Ilashmani ajratuvchi gidravlik yuritma konstruktiv jihatdan mexanik yuritmaga 
qaraganda murakkabroq, lekin u anchagina ravon ulanishni ta’minlaydi va yuritma 
pedalini ilashma mexanizmiga nisbatan erkin joylashishiga imkon beradi. 


12 
Ilashma gidroyuritmasi (2-rasmga qarang) pedalni (16), asosiy (15) va ishchi (14) 
silindrlarni, shuningdek, ilashmani ajratuvchi ayriga (9) ta’sir etuvchi turtkichlarni 
(12) о‘z ichiga oladi. Yuritmaning asosiy va ishchi silindrlari trubka orqali 
tutashtirilgan [7,8]. 
Pedal kuzovga mahkamlangan kronshteyn о‘qiga о‘rnatilgan. Pedalga asosiy 
silindrdagi porshenga ta’sir etuvchi turtkich sharnirli biriktirilgan. Pedal 2-rasmda 
shtrix-punktir chiziq. bilan kо‘rsatilganidek bosilganda, porshen surilib trubka bо‘ylab 
suyuqlik haydaladi, ishchi silindrdagi bosim ortib ketadi. Natijada ishchi silindrdagi 
porshen ham harakatlana boshlaydi va turtkich (12) orqali ayriga (9) ta’sir etadi, u ham 
о‘z navbatida siqib-ajratuvchi podshipnikni suradi va ilashmani ajratadi. Pedal qо‘yib 
yuborilgandan sо‘ng uning boshlang‘ich vaziyatga kaylili tortuvchi prujinalar ta’siri 
ostida amalga oshadi. 
Ilashmani 
ajratishda 
pedalni 
bosadigan 
kuchni 
kamaytirish 
uchun 
yuk 
avtomobillarining ilashma yuritmasida pnevmatik kuchaytirgich ishlatiladi. KamAZ 
avtomobili ilashmasini ajratuvchi gidravlik yuritmadagi pnevmatik kuchaytirgichning 
tuzilishi 6-rasmda kо‘rsatilgan. 
6-rasm. Ilashma yuritmasining pnevmokuchaytirgichi. 
Pnevmatik kuchaytirgich ikkita korpusdan iborat bо‘lib, ular oraligiga taklidiy 
kurilmaning diafragmalari siqib qо‘yilgan. Old korpusda pnevmoporshen (6), 
boshqarish klapanlari (5) va diafragma (4) joylashgan. Orqa korpusga esa ilashma 
ajratgichini, gidroporsheni (2) va taqlidiy qurilmaning porsheni (3) о‘rnatilgan. 
Taklidiy kurilma pnevmoporshenga tushayotgan bosimni, ilashma pedalining 


13 
gidroyuritmasidagi kuchni о‘zgarishiga mos holda, avtomatik tarzda о‘zgartiradi 
[7,8]. 
Pnevmo kuchaytirgich quyidagi tartibda ishlaydi. Ilashma pedali bosilganda asosiy 
silindrdagi suyuqlik bosimi, kuchaytirgich gidroporsheni va taklidiy porshen ostiga 
uzatiladi. Taklidiy porshen harakatlanib boshqarish klapanlariga ta’sir kо‘rsatadi, ya’ni 
chiqarish klapanini berkitadi va kiritish klapanini ochadi. Shu paytda tizimdan siqilgan 
havo pnevmoporshen bо‘shlig‘iga kirib keladi va porshen harakatlanib ilashma 
ajratgichi shtokiga (1) qо‘shimcha kuch bilan ta’sir etadi. Natijada ilashma ajratgichi 
shtokiga ta’sir etayotgan havo bosimi hamda pedaldagi kuchlarning yig‘indisi ortadi va 
ilashma ajraladi. Pedal qо‘yib yuborilganda gidroyuritmadagi bosim yо‘qoladi va 
porshenlar prujinalar ta’siri ostida boshlang‘ich vaziyatiga qaytadi, ilashma ulanadi, 
pnevmokuchaytirgichdagi havo esa atmosferaga chikib ketadi. 


14 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ilashma muftasining tuzilishi va uni boshqarish yuritmalari

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish