-§. Ilashmaning texnik holatini aniqlash va unga texnik xizmat kо‘rsatish




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
1.3-§. Ilashmaning texnik holatini aniqlash va unga texnik xizmat kо‘rsatish. 
Ekspluatatsiya jarayonida ilashma rostlab turiladi, ammo bundan oldin ilashma pedalining 
erkin yо‘li albatta, tekshiriladi. Buning uchun ikkita surilgichi bо‘lgan chizgichdan 
foydalaniladi. Chizg‘ichning bir uchi kabina poliga tiraladi, surilgich esa pedal 
maydonchasiga tо‘g‘rilanadi. Ilashma pedali harakatlanishga karshilik keskin ortunga qadar 
bosiladi va shu vaziyat ikkinchi surilgich yordamida kdyd qilinadi. Chizgachni ikkala 
surilgichi orasidagi masofa pedalni erkin yо‘lini aniklaydi [8]. 
M e x a n i k y u r i t m a l i i l a s h m a l a r d a g i peda l n i n g e r k i n y о ‘ l i n i
r o s t l a s h (7-rasm) uchun pedal о‘qining richagi hamda ajratish ayrisini tutashtirib 
turuvchi tortqining (2) uzunligi о‘zgartiriladi. Kо‘pchilik yuk avtomobillarida bunday rostlash 
ishlari tortqini yuritma detallaridan ajratmagan holda bajariladi, ya’ni tortqidagi gaykani (1) 
burashni о‘zi kifoya qiladi. Bunda gayka bо‘shatilsa pedalni erkin yо‘li ortadi, qotirilsa 
erkin yо‘li kamayadi. 
Avtozavodlarda avtomobillaridagi ilashma pedalini erkin yо‘lini rostlash ham shunga 
о‘xshash bо‘ladi. Faqat ularda tortqi ajratiladi va undagi ayrini burab, uzunlik о‘zgartiriladi 
[8]. 
7-rasm. Mexanik yuritmali ilashma pedalining erkin yо‘lini rostlash. 
Gidroyuritmali i l a s h m a l a r d a g i p e d a l n i e r k i n y о ‘ l i n i r o s t l a s h
(8-rasm) yukrridagilardan jiddiy farq qiladi. Chunki pedalning (1) erkin yо‘li asosiy 
silindrdagi (2) porshenni (7), kompensatsiyalovchi A teshikni berkitgunga qadar bosib 
о‘tgan yо‘lidan, asosiy silindrdagi porshen (7) va turtkich (6) orasidagi tirqishdan hamda 
tirak podshipnik (13) va ilashmani ajratuvchi richag (12) uchlari orasidagi tirqishdan iborat 
bо‘ladi [8].


15 
8 -rasm. Gidroyuritmali ilashma pedalini erkin yо‘lini rostlash: 
1-ilashma pedali; 2-asosiy silindr; 3-ekssentrik barmoq; 4-oraliq richag; 5-tortqi; 6-
asosiy silindr turtkichi; 7-asosiy silindr porsheni; 8-manjeta; 9-ishchi silindr; 10-
ishchi silindr turtkichi; 11—ayri; 12-ajratish richagi; 13-ajratish muftasining tirak 
podshipnigi.
Ilashma normal ishlashi uchun tirak podshipnik (13) va ajratish richagi (12) orasiga 2,5-3 
mm.li tirqish, asosiy silindr turtkichi (6) va porshen orasiga esa 0,5-1,5 mm.li tirqish kuyish 
kerak. Kо‘rsatilgan tirqishlarga pedalning 32-44 mm.li erkin yо‘li mos keladi. Ilashma pedali 
tо‘liq bosilganda ishchi silindrdagi turtkichning 10 yо‘li 23 mm.dan kam bо‘lmasligi lozim. 
Agar turtkichning yо‘li kо‘rsatilgan qiymatdan kichik bо‘lsa, u holda ushbu holat pedalning 
erkin yо‘lini notо‘g‘ri rostlanganligidan yoki gidroyuritma tizimiga havo kirib qolganligidan 
xabar beradi. Bunday vaziyatda gidroyuritmadan havoni chiqarib yuborish, agar kerak bо‘lsa, 
pedalning erkin yо‘lini rostlash zarur [8]. 
Ilashma yuritmasidagi havoni quyidagi ketma-ketlikda chiqarib yuboriladi: ishchi 
silindrning о‘tkazish klapani kallagidagi qalpoqcha yechib olinadi, klapanga rezina shlang 
kiydiriladi va uning bir uchini, ichida oz-moz tormoz suyuqligi bо‘lgan shisha stakanga 


16 
tushiriladi. Asosiy silindr tiqinining rezbali uchiga havo nasosining shlangi kiydiriladi va 
silindr ichida bosim hosil qilinadi. О‘tkazish klapani yarim aylanishga bо‘shatiladi, 
stankanga suyuqlik oqa boshlaydi va u bilan birga pufakchalar kо‘rinishidagi havo ham chiqa 
boshlaydi. Pufakchalar chiqishi tо‘xtagandan sо‘ng о‘tkazish klapani qotirib qо‘yiladi va shu 
bilan haydash ishlari yakunlanadi. 
Shundan sо‘ng asosiy silindrdagi porshen va turtkich orasidagi tirqish tekshiriladi, 
zaruriyat bо‘lsa ular orasidagi tirqish ikki harakat bilan qо‘yiladi: tortqi (5) uzunligini 
о‘zgartirgan holda dastlabki rostlash va ekssentrik boltni (3) buragan holda yakuniy rostlash. 
Bunday rostlash pedal yо‘liga qarab baholanadi. Turtkichni porshenga kadalgunga qadar 
bо‘lgan ushbu yо‘l 3,5-10 mm.ni tashkil etishi lozim. 
Muftaning tirak podshipnigi va richag uchlari orasidagi tirqishni kuyish uchun, ishchi 
silindr turtkichining (10) uzunligi о‘zgartiriladi. Agar rostlash ishlari tо‘g‘ri bajarilgan bо‘lsa, u 
holda prujinasi yechib qо‘yilgan ayrining tashki uchi yо‘li 4-5 mm oraligada bо‘ladi. 
Ilashmasi gidroyuritmali bо‘lgan yengil avtomobillarda ham pedalni erkin yо‘lini rostlash ishlari 
huddi yuk avtomobillaridagi kabi bajariladi. 
Ilashmada quyidagi asosiy nosozliklar bо‘lishi mumkin: disklarni shataksirash; 
tо‘liq ajralmaslik va ravon qо‘shilmaslik. 
I s h l a m a d i s k l a r i n i s h a t a k s i r a s h i siqib turuvchi prujinalarni 
bо‘shashi yoki sinishi, siqib turuvchi disk va maxovikdagi ishqalanuvchi yuzalarni 
kiyshayishi yoki sinishi, yetaklanuvchi diskdagi friksion ustqо‘ymalarni moylanib 
krlishi oqibatlarida sodir bо‘ladi. Siqib turuvchi nosoz prujinalar va moylanib krlgan 
friksion ustqо‘ymalar yangisiga almashtiriladi. Maxovik va siquvchi diskdagi 
ishqalanuvchi yuzalarga jilvirlab ishlov beriladi. 
I l a s h m a n i t о ‘ l i q a j r a l m a s l i g i pedalning (mexanik yuritmada) erkin 
yо‘lini ortib ketishi yoki ishchi silindrdagi porshen yо‘lini kamayib ketishi (gidravlik 
yuritmada) natijasida, shuningdek, yetaklanuvchi diskni deformatsiyalanishi oqibatida 
yuzaga keladi. Pedalning erkin yо‘li rostlash chogada tutrilanadi, nuqsoni bor 
yetaklanuvchi 
disk 
esa 
yangisiga 
almashtiriladi. 
I l a s h m a n i
r a v o n
u l a n m a s l i g i yetaklanuvchi disk ustqо‘ymasining yeyilishi, yetaklanuvchi disk 
gupchagini qiyin surilishi, ajratuvchi podshipnikni bir vaqtda bosmasligi, ilashma 


17 
pedalini о‘z о‘qiga qadalishi sabab bо‘ladi. Yetaklanuvchi disk gupchagini uzatmalar 
qutisining birlamchi validagi shlitsalarda qiyin surilishi, shlitsalarda pitirlar va uringan 
joylar mavjudligidan yuzaga keladi. Shlitsalarni tozalab, unga yupka kilib grafitli 
moylash materiali surtiladi. Ishlashmani ajratuvchi podshipnikni ajratish richaglariga bir 
vaqtda bosilmasligi rostlash orqali bartaraf etiladi. Ilashma pedali qadalib qolsa, vtulka 
toretslarini pitirlardan hamda uringan joylardan tozalanadi va moylab qо‘yiladi [8]. 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ilashmaning texnik holatini aniqlash va unga texnik xizmat kо‘rsatish

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish