II bob. Kasb – hunar kollejlarida “Ilashma muftasi va unga TXK” mavzusini




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
II bob. Kasb – hunar kollejlarida “Ilashma muftasi va unga TXK” mavzusini 
о‘qitishda Muammoli ta’lim metodidan foydalanish.
2.1-§. Kasb – hunar kollejlarida qо‘llaniladigan metodlar. 
Kasb – hunar kollejlarida ta’lim jarayonining samaradorligi о‘qituvchi va 
о‘quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyatini tashkil 
qilishning tartibga solingan usullar tizimidan foydalanishga bog‘liq. Ayniqsa, 
taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida fan- texnika rivojlanishi bilan ta’lim metodlari 
ham doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Bu metodlarning takomillashuvi ilg‘or 
pedagogik tajribaning tо‘planishi, ilmiy metodik tadqiqotlarning kengayib, 
chuqurlashib borishi asosida didaktik prinsiplar hamda kasb ta’limi tizimlarining 
takomillashib borishi bilan bog‘langan holda rо‘y bermoqda [9].
Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy о‘qitish metodlari bilan bir qatorda 
о‘quvchilarning faolligini ta’minlashga qaratilgan noan’anaviy ta’lim metodlaridan 
keng foydalanilmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni joriy qilish va о‘zlashtirish zarurligi kо‘p karra takrorlanadi. 
Pedagogik texnologiyalarni о‘zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq 
qiladi? 
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, 
rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik 
texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta’lim 
texnologiyasi» iboralari keng qо‘llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» 
tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha 
yо‘k, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun 
iboraning bir-biridan farqlanuchi kо‘pgina ta’riflari mavjud. 
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda 
О‘zbekistonning 
ijtimoiy-pedagogik 
sharoitiga 
moslashgan 
ta’lim 
texnologiyalarnini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qо‘llashga 
intilmoqdalar. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning 
milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug‘ildi, degan 


21 
savol paydo bо‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni 
va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku
ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini 
о‘zgartirib, milliy tus berib, foydalaneversa bо‘lmaydimi? – degan mulohazalar 
ham yо‘q emas. О‘zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining 
askariyati, aynan mana shu yо‘ldan bormoqda. Bu yо‘l ilojsizlikdan izlab topilgan 
bо‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qо‘lga kiritgan va 
buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yо‘l uzoq xazmat qilolmaydi [10,11]. 
Chunki: 
birinchidan, ma’lum sabablarga kо‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda 
qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan о‘rni olishi uchun, 
aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilqor 
pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; 
ikkinchidan, an’anaviy о‘qitish tizimi yozma va og‘zaki sо‘zlarga tayanib ish 
kо‘rishi tufayli «axborotli о‘qitish» sifatida tavsiflanib, о‘qituvchi faoliyati birgina 
о‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga 
aylanib qolganligi; 
uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining о‘ta rivojlanganligini natijasida 
axborotlarning keskin kо‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun 
vaqtning chegaralanganligi; 
tо‘rtinchidan, kishilik jamiyati о‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida 
nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega 
bо‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga о‘tib borayotganligi; 
beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or 
bilim berish usuli hisoblongan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan 
foydalanishni talab qilishidadir 
Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab о‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha 
talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir. 


22 
Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma 
(namuna, misol) lari asosida о‘qitilganligi, ularda о‘zgacha nuqtai nazarni tan 
olmasliq, faqat о‘z fikrini tо‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har 
qanday taraqqiyotga g‘ov bо‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari 
yetaklaydi. 
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavkei kundan-
kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim-tarbiyada depsinish 
va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan 
chiqib ketish yо‘llaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini qabо‘l qilingan davlat 
standartlari asosida texnologiyalashtirishdir [11]. 
Ta’lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yо‘lga solinganlik, tartiblilik, 
ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshirish va 
muqobillashtirish yо‘llarini izlash pedagogika sohasida doimo tadqiqot olib borilgan. 
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy о‘n yettinchi asrdayoq 
ta’limning «vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsani talab 
qilmaydigan tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda 
о‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, «hamma narsa toshlari tо‘g‘ri 
muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda 
erishish mumkin bо‘lgan bexatolik bilan ilgarilaydi». 
Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limnmni shunday modellari, unga nisbatan 
shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish-texnologik 
jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida kо‘zlangan ta’lim 
mahsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi. 
Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qо‘llanilib 
kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini о‘rganib,xalqimizning milliy pedagogika 
an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda 
О‘zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim.  
Pedagogika 
fani 
va 
amaliyotida, 
«pedagogik texnologiya», «ta’lim 
texnologiyasi», «о‘qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. 


23 
Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, 
«texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini 
aniqlaylik. 
«Texnologiya»-yunoncha ikki sо‘zdan-«texnos» (techne)-mahorat san’at va 
«logos» (Logos)-fan, ta’limot sо‘zlaridan tashkil topgan.Bu ifoda zamonaviy 
texnologiya jarayonini tо‘lik tavsiflab berolmaydi. 
Texnik texnologiya qо‘yidagilarni bildiradi: 
xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish,ularga 
ishlov berish yoki qayta ishlash yо‘llari va usullarining yig‘indisi (texnologiyaning 
jarayonli-bayonli aspekti): 
yuqorida kо‘rsatilgan yо‘llar va usullarni ishlab chiquvchi va 
takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatidagi vazifasi, moddiy resurslar va 
vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tajamkor ishlab chiqarish 
jarayonlarini aniqlash hamda amalda qо‘llash maqsadida qonuniyatlarni topish 
hisoblanadi (ilmiy aspekti): 
jarayonning о‘zi-qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash, tashish, 
omborga joylash, saqlash hamda ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish 
(texnologiyaning jarayonli-harakat aspekti). 
Ishlab chiharishda, «texnologiya» sо‘zidan kelib chiqadigan qо‘yidagi 
tushunchalar ishlatiladi: 
Keyingi yillarda Rossiya bilan О‘zbekistonda pedagogik texnologiyani о‘rganish 
yо‘lida ancha ishlar qilinadi. Pedagogik texnologiyani hududga mos variantini 
yaratishga qо‘l urgan MDHning peshqadam pedagog olimlariga tasannolar aytish 
bilan birgaliqda, ular qо‘yayotgan ba’zi kamchiliklarni aytib, ularni tuzatib о‘tishni 
lozim kо‘rdik. Chunki bu kamchiliklar pedagogik texnologiyaning mazmun va 
mohiyatini tо‘g‘ri tushunishga xalal bermoqda. Buning uchun MDHda yо‘nalishda 
faoliyat kо‘rsatayotgan pedagog olimlarning «pedagogik texnologiya» tushunchasiga 


24 
bergan ta’riflarini hamda ular tuzib chiqqan pedagogik texnologiya loyihalarini tahlil 
qilib chiqamiz. 
Pedagogik texnologiyaning о‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga 
kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan 
rossiyalik olim V.P.Bespalkoning fikricha, «PT-bu о‘qituvchi mahoratiga boliq 
bо‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan о‘quvchi shaxsini 
shakllantirish jarayoni loyihasidir». 
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani о‘qitishga boshqa 
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. 
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar 
(V.Guzev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov, CH.Yudit va 
boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birontasi YUNESKO ta’rifi darajasiga 
kо‘tarila olmagan. 
BMT nufuzli idoralaridan biri bо‘lgan YUNESKO ning ta’rificha, 
«Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va 
texnika resurslari va ularning о‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun о‘qitish va 
bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini yaratish, qо‘llash va aniqlash tizimidir». 
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bо‘lsak, 
о‘zoq, xorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamalkatlari bergan ta’riflari bir-biriga 
yaqin kelsa-da, faqri ham anchaligini kо‘ramiz. Jumladan, Sakomoto va YUNESKO 
ta’riflarida tizimli yondoshuv tamoyiliga alohida urg‘u berilgan. MDH olimlarining 
Ptga bergan ta’riflarida tizimli yondoshuv eslatib о‘tilgani bilan, о‘quv jarayonining 
loyihasini tuzishganda, uni mutloq unutib, tizimli yondoshuv tamoyilining qonun va 
qoidalariga sira ham amal qilishmaganligini kо‘ramiz. 
Haqiqatda esa, oborliqda tizimli yondoshuv tamoyilini yaxshi bilgan kishiga, 
Sakomoto aytganidek, «PTqо‘quv jarayonini muayyan bir tizimga keltirishdir», 
degan tushuncha kifoyadir. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa hamma 
xususiyatlarini, ya’ni maqsadga yо‘naltirilganini, bir necha о‘zaro uzviy bog‘liq 


25 
bо‘lgan qismlardan tashkil topganligini boshqalarni anglab olsa bо‘ladi. Chunki bu 
xusuiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan tizim deb nom olgan narsa va 
hodislarning ajralmas sifatlaridir. 
О‘zbekistonlik pedagog-olim L.V.Golish ta’lim texnologiyasini taxnik 
texnologiyadan kelib chiqqan holda uch xil atamasini ifodalab bergan: 
Pedagogik texnologiya-о‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha 
aniqlovchi tizimli kategoriY. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini 
belgilash uchun, sinonim sifatida-ta’lim texnologiyasi,о‘qitish texnologiyasi kabilarni 
ishlatish mumkin. 
О‘qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli – 
harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini о‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan 
vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-
tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar 
(texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini о‘zida mujassamlashtirgan ta’lim 
modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: 
ikkinchidan,pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. 
Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bо‘yicha 
pedagogik hamda о‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik 
xarita). 
ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash 
uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, о‘z 
oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qо‘yuvchi hamkorligini hisobga 
olgan holda dars berish va bilimlarni о‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, 
qо‘llash va belgilashning о‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qо‘llash va 
belgilashning tizimi usuli». 
О‘zbekistonlik pedagog –olim B.g‘,Ziyomuhammadov pedagogik 
texnologiyaga qо‘yidagicha ta’rif bergan: «PT-bu jamiyat ehtiyoidan kelibchiqib, 
oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq 
maqsadga yо‘naltirilgan о‘quv jarayonini tizim sifatida kо‘rib, uni tashkil qiluvchi 


26 
qismlari bо‘lgan о‘qituvchi (pedagog)ning о‘qitish vositalari yordamida tahsil 
oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda kо‘rsatgan ta’sirini 
nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy 
tadbirdir». 
Ijtimoiy 
texnologiyalar 
safiga 
kiruvchi 
«pedagogik 
texnologiya» 
tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Kо‘pchilik pedagog-olimlarning fikricha, 
ushbu keng ishlatiladigan sо‘zlar birikmasi inglizcha «an edbcf-tijnal technoloqy» - 
ya’ni «ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Bizning 
fikrimizcha, ta’lim texnologiyasiga dastlab asos solgan AQSH olimlari pedagogik 
texnologiyani emas balki aynan ta’lim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni 
tushunib yetish uchun pedagog atamasining lug‘aviy ma’noini esga olaylik, bu atama 
yunoncha «payne» -bola, «agogeyin» - yetaklamoq, sо‘zlaridan tashkil topgan bо‘lib, 
bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Bundan «bola yetaklash texnologiyasi» degan 
atama kelib chiqadi, bu tushuncha ta’lim texnologiyasi maqsadi va mantig‘iga zid 
bо‘lib, ta’lim texnologiyasining haqiqiy ma’nosini bermaydi. Amerikalik olimlar va 
yapon olimi Sakomoto «bola yetaklash» texnologiyasini emas, balki tahsil oluvchilar 
faolligini 
ta’minlaydigan,ta’lim 
jarayon 
samaradorligini 
kafolatlaydigan 
texnologiyani yaratish g‘oyasini ilgari surishgan. Shunga asoslangan holda biz 
mazkur atamani «ta’lim texnologiyasi» deb atalishi tarafdorimiz. 
Yuqorida ta’kidlanganidek ta’lim texnologiyasi tushunchasi о‘qitish va 
о‘rganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini 
tushunib olish zarur. Tizim deb, tartiblangan, о‘zaro uzviy bog‘langan va birgalikda 
umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar tо‘plamiga aytiladi. Misol uchun
avtomobil dvigateli bor nechta tizimlardan iborat bо‘lib,har bir nechta elementlardan 
tashqil topgan. Moylash tizimini kо‘rib chiqadigan bо‘lsak, uni tashkil etuvchi 
elemntlardan birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatelning ishqalanuvchi 
qismlariga moy yetib bormaydi va natijada dvigatel ishdan chiqadi. Kо‘rinib turibdiki 
tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementiga, va о‘z navbatida har bir 
element bir-biriga chambarchas bog‘liq [11,12]. 


27 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan 
bо‘lsak uni tashkil etuvchilarni ya’ni elementlariga qо‘yidagilar kiradi: ta’lim 
maqsadi, о‘quv maqsadlari (kutilayotgan natijalar), ta’lim beruvchi, tahsil oluvchi, 
ta’lim mazmuni, ta’lim metodi,ta’lim shakli, ta’lim vositalari, nazorat va bohalash. 
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab о‘tilgan elementlardan birortasi 
e’tibordan chetda qolsa, yoki notо‘g‘ri tanlangan bо‘lsa tizim ishlamaydi,demakki, 
ta’lim jarayoni oldiga qо‘yilgan maqsadga erishilmaydi. 


28 

Download 0.95 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Kasb – hunar kollejlarida “Ilashma muftasi va unga TXK” mavzusini

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish