-§. Noan’anaviy ta’lim metodlari va uning mohiyati




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
2.2-§. Noan’anaviy ta’lim metodlari va uning mohiyati. 

Metod-(grekcha Metodos sо‘zidan olingan bо‘lib, izlanish yoki bilish yо‘li, 


nazariya, 
ta’limot 
ma’nosini 
anglatadi) 
konkret 
vazifani 
yechishga 
bо‘ysо‘ndirilgan,borliqni amaliy yoki nazariy о‘zlashtirish operatsiyalarining yoki 
yо‘llarining yig‘indisi. 
Metod – ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchinig muayyan maqsadga qaratilgan, 
birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullar yig‘indisi. Usul-
ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning о‘qli. 
Ta’lim modeli – ta’lim jarayoni tuzilmasi. Ta’lim metodlarini ta’lim 
maqsadlariga erishish bо‘yicha о‘quvchi va о‘qituvchining birgalikdagi ish 
faoliyatini tashkil qilishning qо‘yidagi belgilari bо‘yicha guruhlarga bо‘linadi. 
Birinchi guruh – о‘quvchilarning о‘zlashtirish, tushunib yetish, bilimini 
mustaqkamlash bо‘yicha perseptiv (Perseptiv – о‘zlashtirish) ish faoliyatini 
ta’minlaydigan, tayyor holatda о‘quvchilarga bayon qilingan о‘qitish va bilim olish 
usullari: 
ma’ruza, hikoya, tushuntirish; 
namoyish, illyustratsiya, videousul. 
Metodlar tizimi 
Ma’ruza, 
hikoya, 
tushuntirish, 
Namoyish, 
illyustratsiya, 
videousul 
Kitob bilan 
ishlash, 
laboratoriya, 
mashq 
О‘quv suhbati, 
davra suhbati, 
bahs, aqliy 
hujum, 
ishbilarmon, rolli 
о‘yin, pinbord 
Muammoli 
topshiriq, 
Individual 
(amaliy), 
loyihaviy 


29 
Ikkinchi 
guruh 
– о‘quvchilarning bilimni о‘zlashtirish, singdirish, 
mustahkamlash bо‘yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani 
algoritm (namuna) bо‘yicha о‘quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni 
tashkil etishga asoslangan о‘qitish va bilim olish usullari: 
kitob bilan ishlash: 
laboratoriya usuli: 
mashqlar. 
Uchinchi guruh – ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, 
ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va о‘qitish usullari: 
о‘quv suhbati: 
davra suhbati: 
bahs: 
aqliy hujum (breynstorming): 
ishbilarmon yoki rolli uyin: 
«muammoli ta’lim». 
Turtinchi guruh - о‘quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, 
mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar: 
muammoli topshiriqlar usuli: 
individual (amaliy) usul: 
loyihalar ususli. 
О‘nlab yillab о‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni kо‘rsatadiki,an’anaviy dars 
о‘tish ta’limning samarali modellaridan biri bо‘lib qolmoqda. 
An’anaviy dars-muayyan muddatga mо‘ljallangan, ta’lim jarayoni kо‘proq 
о‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustaxkamlash va yakunlash 
bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. 


30 
О‘quv materiali yangi va ancha murakkab bо‘lganda, an’anaviy dars-kо‘p 
hollarda ta’lim jarayoning birdan-bir metodi bо‘lib qolmoqda. 
Ma’lumki an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida о‘qituvchi turadi. Shu 
bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida о‘qituvchi turgan о‘qitish usuli deb ham 
atashadi. 
Markazda о‘quvchi bо‘lgan о‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning 
ijobiy jihatlari qо‘yida keltirilgan asoslarga tayanadi: 
О‘quvchining о‘qishga bо‘lgan ishtiyoqini borish 
Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish 
О‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish 
О‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qо‘llab-qо‘vvatlash 
Amaliyot orqali о‘rganish. 
Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlash 
О‘qish jarayonini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish 
О‘qituvchiqо‘quvchilar uchun о‘quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs. 
О‘quv jarayonini baholash 
An’anaviy dars о‘tish modelida kо‘proq, ma’ruza, savol-javob, amaliy 
mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars 
samaradorligi ancha past bо‘lib, о‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv 
ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, an’anaviy dars 
shaklini saqlab qolgan holda, unga turli tuman о‘quvchilar faoliyatini 
faollashtiradigan metodlar bilan boyitish о‘quvchilarning о‘zlashtirish darajasini 
kо‘tarilishiga olib kelar ekan. 
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi о‘qituvchi tomonidan 
о‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil 
rag‘batlantirilib turilishi, о‘quv materialini kichik-kichik bо‘laklarga bо‘lib, 
ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruxlarda 


31 
ishlash, tadqiqot rolli о‘yinlar metodlarini qо‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi 
misollarning keltirilishi, о‘quvchilarni amaliy mmashqlarni mustaqil bajarishga 
undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan joyida 
va vaqtida foydalanish talab etiladi. 
An’anaviy dars о‘tishning asosiy tarkibiy qismlari. 
1. Kirish 
- о‘tgan materialni takrorlash: 
- dars maqsadini tushuntirish; 
- dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. 
2. Yangi mavzuni yoritish 
- yangi mavzuni kichik-kichik bо‘lakchalarga bо‘lib berish: 
- rang-barang misollar imkoni boricha kо‘rgazmali taqdim qilish; 
- mavzudan chetlashmaslik: 
- materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish: 
- о‘quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish: 
- teskari aloqani ta’minlash. 
3. «Teta-poya» mashq. 
Biror misol (yoki masalani) о‘quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil 
qilish: 
4. Yо‘naltirib turiluvchi mashq. 
О‘quvchilar mashq(yoki masalani) mustaqil bajarishadi, о‘qituvchi esa ularni 
nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 
5. Mustaqil bajariladigan mashq. 
О‘quvchilar mashqni mustaqil holda о‘qituvchi yordamisiz bajarishadi. 
6. О‘quvchilar tushinganlik darajasini tekshirish 
7. Yakunlash 
Dars mavzusining asosiy tushunchalari va о‘quv maqsadlarini jamlash.


32 
О‘qitishning noan’anaviy modellari. 
Kelgusi mavzularda о‘qitishning (о‘rganishning) noan’anaviy modellari 
ustida batafsil tо‘xtalamiz. Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. 
- hamkorlikda о‘rganish modeli: 
- modellashtirish: 
- о‘rganishning tadqiqot modeli. 
Bu modellar asosan о‘quvchi shaxsiga qaratilgan bо‘lib, ularni boshqacha 
qilib markazda о‘quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi. 
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va 
jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan kо‘rinishini (modelini) 
sinfxonada yaratish va ularda о‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga 
ta’lim olishini kо‘zda tutuvchi metod. 
Hamkorlikda о‘rganish modeli – о‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi 
evaziga ta’lim olishini kо‘zda tutadigan metod. 
О‘rganishning tadqiqot modeli – о‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga 
yо‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini kо‘zda tutuvchi metod. 
An’anaviy (ta’lim jarayoni markazida
о‘qituvchi bо‘lgan) metodlarning 
afzalliklari 
Ma’lum kо‘nikmalarga ega bо‘lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni 
о‘rganishda foydali. 
О‘qituvchi tomonidan о‘qitish jarayonini va о‘qitish muhitini yuqori darajada 
nazorat qilinishi. 
Vaqtdan unumli foydalanish 
Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. 
Kamchiliklari 
О‘quvchilar passiv ishtirokchi bо‘lib qoladilar. 


33 
О‘qutuvchining tо‘la nazorati barcha о‘quvchilar uchun motivatsiyani 
vujudga keltirmaydi. 
О‘quvchilar о‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi. 
Eslab qolish darajasi hamma о‘quvchilarda bir-xil bо‘lmaganligi sababli, sinf 
bо‘yicha о‘zlashtirish darajasi past bо‘lib qolishi mumkin. 
Mustaqil о‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 
Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida о‘quvchi bо‘lgan) о‘qitish metodlarning 
afzalliklari 
О‘qitish mazmunini yaxshi о‘zlashtirishga olib kelishi. 
О‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi. 
Tushunchalarni amaliyotda qо‘llash uchun sharoitlar yaratilishi. 
О‘qitish usullarining turli xil kо‘rinishlari taklif etilishi. 
Motivatsiyaning yuqori darajada bо‘lishi. 
О‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. 
Muloqotga kirishish kо‘nikmasining takomillashishi. 
О‘z-о‘zini baholashning о‘sishi. 
О‘quvchilarning predmetning mazmuniga, о‘qitish jarayoniga bо‘lgan
ijobiy munosabati. 
Nafaqat mazmunini о‘zlashtirishga yordam bermay,balki tanqidiy va
mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi. 
Muammolar yechish kо‘nikmalarining shakllanishi. 
Kamchiliklari 
Kо‘p vaqt talab etilishi. 
О‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining
pastligi. 


34 
juda murakkab mazmundagi material о‘rganilayotganda ham о‘qituvchi 
rolining past bо‘lishi. 
«Kuchsiz» о‘quvchilar bо‘lganligi sababli «kuchli» о‘quvchilarning ham
past baho olishi. 
О‘qituvchining о‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar 
yechish kо‘nikmalariga ega bо‘lishining talab etilishi. 
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni 
ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan kо‘rinishini ( modelini) sinfxonada 
yaratish va ularda о‘quvchilarini shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim 
olishini kо‘zda tutuvchi metod. 
О‘rganishning tadqiqot modeli – о‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga 
yо‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini kо‘zda tutuvchi metod. 
Ta’lim usullarining samaradorligi.О‘quv usuli tanlashda uning samaradorligini 
e’tiborga olish ham ahamiyatga ega. Kuyidagi rasmda о‘qitish «piramidasi» 
kо‘rsatilgan, о‘quvchilarning axborotni eslab qolish kо‘rsatkichlariga о‘qitish 
usullarining ta’siri aks ettirilgan.
U





R
Axborotni eslab qolish 

Download 0.95 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Noan’anaviy ta’lim metodlari va uning mohiyati

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish