Qarshi muhandislik iqtisodiyot




Download 2.95 Mb.
bet1/42
Sana03.06.2023
Hajmi2.95 Mb.
#69213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
NGQOTT2 MM
Obektivka Namunaм, Matematika 3-sinf olimpiada1, Mavzu Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va uning korxonalar f-fayllar.org

O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT
INSTITUTI


NEFT VA GAZ QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI FANIDAN


ma’ruzalar matinlari to’plami


Qarshi - 2010 y.

Tuzuvchi: B.Yu.Nomozov


Taqrizchilar: t.f.n.dots. N. Ermatov


t.f.n. dots. X. Asadova

Ushbu ma’ruzalar matnlari to’plami QMII kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.Bayon №___ « ____»____2008 yil


«Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fani neft va gaz qazib olish sanoati xodimlarining bilim nazariyasining asosini tashkil qiladi va o’z navbatida kunlik ish faoliyatining nazariy tayanchi deb hisoblanadi. Shu borada, neft va gaz sanoatining zamanoviy texnalogiyalarini tadbiq etish, neft va gaz maxsulotlarini tannarxini kamaytirish, dunyoning ilg’or mamlakatlari bilan raqobat imkonini yaratuvchi texnika va texnologiyalarga ega bo’lish. Sanoat xodimlaridan chuqur nazariy bilimlarni talab etadi.


Yosh kadirlarni tayyorlashda, ushbu ma’ruzalar matni to’plami bakalavr 5540300 ta’lim yo’nalishining na’munaviy dasturida ko’rsatilgan barcha mavzularning mazmuni yoritilgan.

Kirish
Xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini ta’minlash borasida yoqilg’i energetikasi – komplesining xissasi beqiyosdir. Yoqilg’i energetika komplesining asosini neft va gaz qazib olish sanoati tashkil etadi.
O’zbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda ishlovchilar oldiga yuksak va ilg’or vazifalar qo’yib kelmoqda. Ushbu kasb egalari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi, o’z bilimlarini doimiy ravishda to’ldirishda, er qaridan zaxiralarni olishda kelajak avlod uchun zamin yaratishda va davr talablaridan kelib chiqan holda o’z dunyo qarashlarini shakillantirishda ishchi sinfning oldi qatorida kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi neft va gaz qazib olish sanoatida eng zamonaviy, ilg’or texnika, qurilmalar va inshoatlar mavjud bo’lib, ularning asosiy vazifasi neft va gaz olish suratini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish va maxsulotni jahon talablariga javob beradigan holatga keltirish.
So’ngi vaqtda, neft va gaz qazib olish texnologiyasi xilma xil jixozlarni ishlatib kelishga va texnologik jarayonlarni doimiy takomillashtirishga undaydi.
Qatlamdagi neft va gaz xom ashyolarni er yuzasiga qazib chiqarishda ko’plab murakkab jixozlar va inshoatlarni ishlatishga to’g’ri keladi.

Download 2.95 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 2.95 Mb.