• MS Excel 2016 hujjat oynasi
  • Qarshi shahar “aksioma” o‘quv markazi ms excel 2016 dasturi haqida uslubiy qo‘llanma




    Download 1.92 Mb.
    bet2/11
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.92 Mb.
    #43441
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MS Excel - kitob (1)
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik

    MS Excel 2016 dastur oynasi


    Windowsda asosan 3 xil oynadan foydalaniladi: dastur oynasi, hujjat oynasi va muloqot oynasi. Windows asosida ishlovchi amaliy dasturlar uchun ham xuddi shu interfeys o‘rinli.
    Tushunish oson bo‘lishi uchun ishni MS Excel 2003 dastur oynasi bilan tanishuvdan boshlaymiz.
    Odatga ko‘ra, dastur oynasini bir nechta gorizontal panellarning satrma-satr joylashtirilgan to‘plami deb qarash mumkin.


    Birinchi satrda turgan panelda har doim hoshiya aks ettiriladi va bu hoshiyada dastur nomi, dasturning tizim menyusi hamda dastur oynasini boshqarish tugmalari joylashgan bo‘ladi.
    Ikkinchi satrmenyu satri deb ataladi. Har bir amaliy dasturning o‘z xususiy menyusi bor.
    Keyingi bir yoki ikkita (balki ko‘proq) satrda instrumentlar paneli joylashadi.
    Keyingi satr hujjat oynasiga ajratilgan.
    Oxirgi satr esa holat satri deb ataladi. Holat satri har doim eng oxirgi satr sifatida qoladi. Agar birorta satr qo‘shish kerak bo‘lsa, qo‘shiladigan satr holat satridan bitta oldinda joylashadi.


    5

    MS Excel 2016 hujjat oynasi


    MS Excelning hujjat oynasi ish kitobi1 deb yuritiladi. Foydalanuvchi jadvalli ma’lumotlar bilan ishni shu hujjat oynasida, ya’ni shu ish kitobida olib boradi.
    MS Excel ishga tushirilganda birinchi bo‘lib ochiladigan ish kitobi avtomatik ravishda “Книга1” deb nomlangan bo‘ladi.
    Ish kitobi “Varaq” (Лист) lar to‘plamidan iborat bo‘ladi (odatda 3 tagacha: Лист1, Лист2, Лист3).
    Varaqlar esa yacheykalar to‘plamidan iborat.

    Yacheyka nima?
    Excel varaqlari jadval ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lib, bu jadvalning har bir katagi yacheyka deb ataladi.
    Boshqacha aytganda, yacheyka bu – jadval ustuni hamda satri kesishmasida turgan obyektdir.
    MS Excel bilan ishlashda yacheyka manzili juda muhim element hisoblanadi. Yacheyka manzili avval ustun nomi, keyin satr nomerining ketma-ket yozilishidan hosil qilinadi, masalan, A1 – bu A ustun va 1-satr kesishmasida turgan birinchi yacheykadir.
    Ustun nomi lotin harflari yordamida, satr nomeri esa natural sonlar yordamida beriladi.
    MS Excel 2003 dagi oxirgi ustun (IV) va oxirgi satr (65536) dan IV65536 yacheyka manzilini hosil qilish mumkin.
    Bu yerda: 256 ta ustun va 65536 ta satr orqali jami yacheka sonini bilish mumkin: 256*65536=16 777 216 ta yacheyka mavjud ekan.



    6
    Savol 1: MS Excel 2010 va MS Excel 2013 da nechta yacheyka mavjud?


    Download 1.92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi shahar “aksioma” o‘quv markazi ms excel 2016 dasturi haqida uslubiy qo‘llanma

    Download 1.92 Mb.