• TARAQQIYOTI, GEOLOGIK TUZILISHI VA TEKTONIKASI
  • Topaleozoy davlari
  • Paleozoy erasi.
  • O‟zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy bo‟linishi




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/112
    Sana21.06.2022
    Hajmi15.19 Mb.
    #24110
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
    Bog'liq
    Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
    Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
    O‟zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy bo‟linishi
    (1.01.2012.) 
    1-jadval 
     
    Viloyatlar 
    Aholi 
    soni, 
    mln.
    kishi
    Maydoni 
    ming
    kv. km.
    Shahar- 
    lar soni
    Tuman-
    lar soni
    Shahar- 
    chalar 
    soni
    Qishloq 
    (ovul)lar 
    soni 
    (QFY)
    Qoraqalpog`iston 
    Respublikasi 
    1692,8 
    166,6 
    12 
    14 
    26 
    119 
    Andijon 
    2714,23 
    4,28 
    11 
    14 
    89 
    90 
    Buxoro
    1707,4 
    40,3 
    11 
    11 
    62 
    120 
    Jizzax 
    1186,60 
    21,2 

    12 
    43 
    105 
    Qashqadaryo 
    2777,8 
    28,6 
    12 
    13 
    123 
    148 
    Navoiy 
    881,2 
    111,0 


    48 
    54 
    Namangan 
    2420,6 
    7,44 

    11 
    120 
    91 
    Samarqand 
    3326,2 
    16,8 
    11 
    14 
    88 
    124 
    Surxondaryo 
    2218,9 
    20,1 

    14 
    114 
    114 
    Sirdaryo 
    739,52 
    4,28 


    21 
    71 
    Toshkent 
    2671,0 
    15,26 
    16 
    15 
    97 
    146 
    Farg‘ona 
    3280,8 
    6,76 

    15 
    206 
    164 
    Xorazm 
    1629,1 
    6,05 

    10 
    58 
    101 
    Toshkent shahri 
    2309,3 
    0,3 




    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    29555,4 
    448,9 
    119 
    159 
    1088 
    1447 
    Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    11 
    2- mavzuQASHQADARYO VILOYATI HUDUDINING PALEOGEOGRAFIK 
    TARAQQIYOTI, GEOLOGIK TUZILISHI VA TEKTONIKASI 
     
     
    Qashqadaryo viloyatining hududi O‗rta Osiyoning tekislik va tog‗li qismlari tarkibida 
    murakkab paleogeografik taraqqiyotni kechirgan. Ammo butun O‗rta Osiyo hududi kabi 
    Qashqadaryo viloyatining hududi ham paleogeografik jihatdan juda kam o‗rganilgan. Geologik 
    adabiyotlarda va kartalarda asosan mezozoy erasi va paleogen davrining paleogeografik taraqqiyoti 
    birmuncha batafsilroq va mufassalroq bayon qilingan. 
    O‗rta Osiyoning janubidan tashqari mutloq katta qismida geosinklinal rejim paleozoyda 
    tugaydi va platforma hosil bo‗ladi. Platformaning bir qismida kontinental, boshqa qismida esa 
    epikontinental dengiz sharoitlari mavjud bo‗lgan. Bu paytdagi yotqiziqlar burmali poydevorda 
    qoplam ko‗rinishida to‗plana boshlagan. 
    Topaleozoy davlarida yotqiziqlarning to‗planishi sodir bo‗lgan, ba‗zi joylarda burmalarning 
    hosil bo‗lishi va intensiv magmatizm kuzatilgan. Umuman, geologik tarixning bu bosqichlarida 
    butun O‗rta Osiyo hududi tipik geosinklinal oblast bo‗lgan.Geosinklinal sharoitda juda katta 
    qalinlikdagi cho‗kindi jinslar qatlami hosil bo‗lgan Topaleozoy jinslari gneyslar, kristalli slanetslar, 
    marmar, porfiroidlar, fillitlar, kvartsitlar va boshqa jinslardan tashkil topgan. 
    Paleozoy erasi. Paleozoy akkumlyativ sikli ancha uzoq davom etgan tanaffusdan so‗ng 
    boshlanadi. Bu erada intensiv burmalanish va yuvilish oqibatida paleozoy jinslari topaleozoy 
    jinslariga o‗ta nomonand holda joylashadi.
    Kembriy davrining o‗rtalaridan boshlab to devon davrining so‗ngi asrigacha O‗rta Osiyo 
    hududida kaledon tog‘ paydo bo‘lishi (burmalanishlar) bo‗lib o‗tgan va bu burmalanishlar butun 
    orografiyaning kuchli o‗zgarishiga olib keladi va antiklinal hamda sinklinal mintaqalarning vujudga 
    kelishi sodir bo‗ladi. Intensiv vulkan faoliyati katta miqdordagi effuziv jinslarni hosil qiladi, tog‗ 
    yonbag‗irlaridan yuvilgan g‗ovvak jinslar yotqiziladi. Marjonlarning keng tarqalganligi hamda 
    arkoz qumtoshlarining to‗planganligi iqlimning iliq hamda ancha quruq bo‗lganligidan dalolat 
    beradi. 
    Toshko‗mir davrida O‗rta Osiyoda tektonik harakatlar yana faollashadi va gertsin 
    burmalanish davri boshlanadi. Burmalanish paytida vulqonlarning otilishi ham bo‗lib turgan. Bu 
    jarayonlar yuqori paleozoyda ham davom etgan. Gertsin burmalanishlari Oloy – Hisor tog‗ 
    tizmalarida ayniqsa kuchli bo‗lgan va Zarafshon hamda Hisor tizmalari paydo bo‗lgan. Gertsin 
    burmalanishlari sodir bo‗lgan o‗rta paleozoyning cho‗kindi tog‗ jinslari keng tarqalgan. Ammo 
    yuqori paleozoydagi harakatlar juda katta maydonni ishg‗ol etgan va topaleozoy hamda kaledon 
    tuzilmalarida ham o‗z aksini topgan. Barcha joylardagi cho‗kmalarda yuqori paleozoy dag‗al 
    kontinental, asosan qizil rangli qumtosh jinslar to‗plangan. O‗rta Osiyoning janubiy qismida yuqori 
    paleozoyda ham dengiz rejimi davom etadi va uqori permning dengiz yotqiziqlari sekin-asta 
    mezozoy yotqiziqlariga otadi. 
    Hisor tog‗larining negizi paleozoy erasigacha bo‗lgan metamorfik jinslar majmuasidan 
    iborat. Juda qattiq kristallashgan bu jinslarning yoshi taxminan 1 mlrd. yilga teng. Qashqadaryo 
    havzasini shimolda va simoli-sharqda o‗rab turgan Zarafshon va Hisor tog‗ tizmalari paleozoy 
    erasining cho‗kindi magmatik va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Ordovik, silur va devon 
    davrlarida bu hudud dengiz bo‗lgan, uning ohaktosh, qumtosh, giltosh tarkibli hosilalari bu davrdan 
    keyin ro‗y bergan gertsin to‗ burmalanishi natijasida metamorflashgan.
    Hisor tog‗larining negizi paleozoy erasigacha bo‗lgan metamorfik jinslar majmuasidan 
    iborat. Juda qattiq kristallashgan bu jinslarning yoshi taxminan 1 mlrd.yilga teng. Qashqadaryo 
    havzasining shimol va shimoli – sharqda o‗rab turgan Zarafshon va Hisor tog‗lari paleozoy 


    12 
    erasining cho‗kindi, magmatik va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Ordovik, silur va devon 
    davrlarida bu hudud dengiz bo‗lgan, uning ohaktosh, qumtosh, giltosh tarkibli hosilalari bu davrdan 
    keyin ro‗y bergan tertsin tog‗ burmalanishi natijasida metamorflashgan.
    Shertog‗ va Sumsar tog‗lari Jinnidaryo bilan Oqsuv daryosi orasida yastangan bo‗lib, ular 
    paleozoy erasining deyarli barcha davrlariga mansub bo‗lgan umurtqasiz hayvonlarning qoldiqlari 
    g‗oyat yaxshi saqlangan cho‗kindi va ohaktosh qatlamilaridan tuzilgan. Dengiz umurtqasiz 
    hayvonlarining bunday bus – butun saqlanishi jahon stratigrafiyasida favqulodda noyob hodisadir. 
    Endilikda Kitob geologiya qo‘riqxonasiga aylantirilgan bu geologik maydon paleozoy erasining 
    taraqqiyot tarixi uchun andoza sifatida tan olingan. 
    Zarafshon tizmasi tog‗larida intruziv magmatizm hosilasi bo‗lgan granit va granitsimon 
    jinslar cho‗kindi va metamorfik jinslar o‗zaro aralashib ketgan qirrali qoyalar va geologik 
    ochilmalarda muhrlangan. 
    Hisor tizmasining janubi–g‗arbiy tarmoqlari bo‗lgan Osmontalash tog‗lari karbon va perm 
    davrlarining intruziv va effuziv magmatik jinslaridan tarkib topgan. Osmontaroshdan shimoli–
    sharqdagi Hazrati - Sulton 
    tog‗ massivi silur va devon davrlarining kristallashgan 
    ohaktoshlaridan tuzilgan. Viloyatning tog‗ va tog‗ oldi hududlari yura va bo‗r davrlarining dengiz 
    yotqiziqlaridan iborat.

    Download 15.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‟zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy bo‟linishi

    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish