Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
tog‘lari hosil qiladi. Bu tog‗lardagi Zindontog‘ (1116 m) eng baland tog‗dir. Ziyovuddin – 
Zirabuloq tog‗lari past tog‗lar toifasiga mansub bo‗lib, vertikal parchalanish chuqurligi Ziyovuddin 
tog‗larida 100 – 200 m, Zirabuloq tog‗larida esa 150 - 300 m (Abdujabborov, 1986). 
Qashqadaryo havzasining chekka shimoli – sharqida Zarafshon tog‗ tizimi Sumsar – 
Shertog‘ va Tagimatmon tog‘lari orqali Hisor tizmasining tog‗lari bilan bog‗lanib turadi.
Pomir – Oloy tizimidagi Hisor tizmasi uning eng g‗arbiy tizmasini hosil qiladi. Hisor 
tizmasi va uning tarmoqlari Zarafshon, Qashqadaryo hamda Amudaryoning o‗ng irmoqlari 
(Kofirnihon, Sherobod, Surxondaryo) havzalari orasidagi suvayirg‗ichni hosil qiladi.
Hisor tizmasi O‗zbekiston hududidagi eng baland tog‗ tizmasi bo‗lib, undagi ko‗pgina 
cho‗qqilarning balandligi 4000 m dan ortadi. Unda joylashgan Xo‘ja Parirax cho‗qqismining 
balandligi 4654 m bo‗lib, mamlakatimizdagi eng baland tog‗dir. Surxondaryo viloyati hududida). 
Hisor tizmasining Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan G‘ova tog‘i (4145 m) viloyatimizning 
eng baland tog‗i bo‗lib, balandligiga ko‗ra Hisor tizmasining beshinchi cho‗qqisidir.
Hisor tizmasi Qashqadaryo havzasi doirasida Sumsar – Shertog‘ (2500 – 2800 m), 
Hazratisulton (4000 m), Yakkabog (Osmontarosh, Beshnov, Eshakmaydon, Xontaxti, Toytalash, 
Kurek, Maydonoq), G‘uzor va Boysun tog‘larining tarmoqlaridan iborat.
Hisor tizmasida vertikal parchalanishning o‗rtacha chuqurligi uning g‗arbiy qismidagi 
tog‗larda 600 m ga, sharqiy qismidagi tog‗larda esa 1 200 m ga yetadi. 
Hazratisulton tog‗lari Hisor tizmasining eng shimoliy va baland tarmog‗i bo‗lib, Oqsuv va 
To‗palangdaryoning suvayirg‗ichini hosil qiladi. Bu tog‗larning yonbag‗rlari tik, serqoya bo‗lib, 
eng yuqori qismlari qorlar va muzliklar bilan qoplangan. 
 
Bir–biridan chuqur daryo daralari va vodiylari bilan ajralib turadigan Osmontalash, 
Beshnov, Eshakmaydon, Xontaxti, Toytalash, Kurek va Maydonoq tog‗lari (3500-3700 m) umumiy
nom bilan Yakkabog‗ tog‗lari deb ataladi. Bu tog‗larni tashkil etuvchi tog‗ jinslari tokembriy, quyi 
va yuqori paleozoyga mansub. Ularning yuqori qismi denudatsiya jaroyonlari tufayli yassilangan va 
platosimon yuzaga ega. Bu platosimon yuzada balandligi 2800 - 3000 m bo‗lgan o‗tkir qirrali tog‗ 
qoyalari ( Arratosh, Moskara, Chakmonkuydi va b.) qad ko‗tarib turadi. 
Yakkabog‗daryo va Katta Uradaryoning yuqori oqimlari oralig‗ida Chaqchar tog‗lari 
(Xo‘ja Axchaburun tog‗i, 3700 m) qad ko‗tarib turadi. Chaqchar tog‗lari asosan mezozoy 
ohaktoshlaridan tuzilgan. Daryolar ohaktosh qatlamlarini yuvib, tor daralar hosil qilgan. 
Qalaisheron tangisida O‗zbekistonning eng uzun g‗orlaridan biri – mashhur Amir Temur g‗ori 
(umumiy uzunligi 815 m) joylashgan. Katta Uradaryo va Langar oralig‗ida parchalangan, yuqori 
qismida yassi relyefga ega bo‗lgan, paleogenning bo‗rsimon ohaktoshlaridan tashkil topgan Langar 
– Qorael tog‗lari joylashgan. 
Hisor tog‗larining janubi – g‗arbiy tarmoqlarining bir qismini shimolda Katta Uradaryo
janubda esa Kichik Uradaryo vodiysi bilan chegaralangan BobosurxonQorasirt tog‗lari hosil 
qiladi. Bobosurxon – Qorasirt tog‗larining geologik tuzilishida mezozoy, paleogen, neogen va 
to‗rtlamchi davrlarning tog‗ jinslari ishtirok etadi. Mezozoy yoshidagi tog‗ jinslari yura va bo‗r 
davrlariga mansub bo‗lgan qumtoshlar, ohaktoshlar, gips, osh tuzli, alevritli gillar va 
konglometratlardan iborat (Yekshibarov, 1959). Bu tog‗ jinslari sifatli qurilish materillari bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Paleogen va neogen davrlarining tog‗ jinslari ohaktoshlar, dolomitlar, gips va qumli – gilli 
konglometratlar, shag‗alltoshlar va lyossdan tashkil topgan. 
Bobosurxon – Qorasirt tog‗larining o‗rtacha baland mintaqasini balandligi 1500 – 2600 m 
bo‗lgan tog‗lar hosil qiladi. Ular Sovuqbuloq dovonidan sharqda joylashgan. Bu mintaqada 


21 
to‗lqinsimon yassi suvayirg‗ichlar, egarsimon, tik yonbag‗irli qoyatoshli daralar, karst voronkalari 
va g‗orlar xilma – xil relyef shakllarini hosil qiladi. 
Bobosurxon – Qorasirt tog‗larining past tog‗lar mintaqasiga Sovuqbuloq dovonidan g‗arb 
tomonda joylashgan, balandligi 900 – 1500 m bo‗lgan qismi kiradi. 
Yakkabog‗ tog‗laridan sharqroqda va unga yondosh holga baland Boysun tog‗lari (4424 m) 
cho‗zilgan bo‗lib, ularning shimoli – sharqiy qismi Qo‘shtang (3273 m), o‗rta qismi 

Download 15.19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish