Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
Ketmonchopdi (3168 m), janubda Suvsiztog‘ massivi deyiladi. Boysun tog‗larining janubi – g‗arbiy 
qismini o‗rtacha balandligi 2100 m, eng baland joyi 3 137 m bo‗lgan Ko‘hitang tog‗lari hosil qiladi. 
Bu past va kuchli parchalangan tog‗lar Surxondaryo va Qashqadaryo oralig‗ini – suvayirg‗ichini 
hosil qiladi.
Kichik Uradaryo vodiysidan janubi – g‗arbda o‗rtacha balandlikdagi Oqboshtog‘ 
joylashgan. Uning maksimal balandligi 2172 m ga yetadi. Dehqonobod shaharchasidan g‗arbdagi 
Odamtosh tog‗ massivi (1279 m) Ko‗hitang tog‗laridan sharqroqda boshlanib, Qarshi cho‗li tomon 
asta – sekin pasayib boradigan past tog‗lar (Modin, Qorabaland, Ellikbosh, Tepaquton, Kesik, 
Malik, Sakirtma, Oqqultog‘ va b.) orasida eng balanrog‗idir. 
O.Y. Poslavskaya (1959) tog‗li mintaqada relyefning: a) muzlik shakllari bo‗lgan va b) 
relyefning muzlik shakllari bo‗lmagan hudud (rayon)larni ajratadi. Relyefda muzlik shakllari 
bo‗lgan hududda deyarli butunlay paleozoy jinsalari (ohaktoshlar), marmar, kristalli slanetslar, 
granitlar va kvarsitli dioritlar) tarqalgan. Asosiy daryolarning vodiylari trog shaklida, ularga 
quyiladigan ikkinchi darajali daryolarning vodiylari esa ko‗ndalang kesmada V–simon shaklga ega. 
Tog‗larning cho‗qqili baland qismlari sirklar tufayli uydum – chuqur va kuchli parchalangan o‗tkir 
qirralarga ega. Baland tog hududlari uchun daryolarni qo‗shib olinishinig keng tarqalganligi xos. 
S.I. Klunnikovning (1937) fikricha, Qashqadaryo havzasining yuqori qismi o‗tmishda 
Mag‗iyondaryo havzasiga mansub bo‗lgan va Mag‗iyondaryo havzasining g‗arbiy qismi janubi – 
g‗arbga tomon oqimga ega bo‗lgan.
Baland va o‗rtacha baland tog‗larda burmaga nisbatan ko‗ndalang cho‗zilgan vodiylarning 
ko‗pligi ko‗zga tashlanadi. Bunday holat ayniqsa tog‗li mintaqaning janubi – shaqida yaqqol 
ifodalangan bo‗lib, G‗uzordaryo, Langardaryo, Qizilsuv, Tanxozdaryoning vodiylarini hosil qiladi. 
Burmaga nisbatan ko‗ndalang bo‗lgan vodiylarning vujudga kelishini O.Y. Poslavskaya (1959) 
daryolarning antitsedentligi, ayrim hollarda esa epigenetik joylashuvi bilan izohlaydi. Masalan, P.P. 
Chuyenkoning fikricha, Yakkabog‗daryo vujudga kelishiga ko‗ra epigenetik vodiyga ega. Bo‗ylama 
kengroq va botiqroq shakl bilan ajralib turadi (Qashqadaryoning yuqori oqimi, Katta Uradaryo o‗rta 
oqimining bo‗ylama vodiysi va b.). Bu mintaqadagi vodiylarda ko‗plab (6 tagacha) baland, juda tor 
va yaxshi saqlanmagan terrasalar mavjud. Tekisliklarga yaqinlashgan sari terrasalar pasaya boradi, 
ammo kengroq. 
Tog‗li mintaqada karst jarayonlari ham (voronkalar, karst g‗orlari) rivojlangan. Ular 
Chaqilkalon tog‗larining shimoli - gar‗bida ayniqsa yaqqol ifodalangan. Ammo Qoratepa tog‗larida 
va Hisor tizmasiga mansub bo‗lgan tog‗larda biroz kamroq tarqalgan. Karst jarayonlari devon va 
toshko‗mir ohaktoshlari bilan bog‗liq. Shunindek, karst jarayonlari yura davrining ohaktoshlarida 
ham kuzatiladi. 
Tog‗larining muzlik shakllari bo‗lmagan pastroq joylarida mezozoy va kaynazoy tog‗ 
jinslari tarqalgan, tub jinslar qoyalarni hosil qilgan va to‗kilmalar (osiplar) keng tarqalgan.
Tog‗li mintaqaning ayrim joylarida relyefning shaklanishida tog jinslarining fizikaviy 
xossalari asosiy omildir. Nurash hamda yuvilishga chidamli bo‗lgan jinslar relyefning qavariq 
elenmentlarini hosil qiladi; nurashga va yuvilishga ta‘sirchan jinslar chiqib qolgan joylarda vodiylar 
hosil bo‗ladi. Qurg‗oqchil iqlim sharoitlarida turli geologik yoshdagi ohaktoshlar ham chidamli 
jinslarni hosil qiladi. Havzaning shimoli – sharqiy va sharqiy qismlarida silur va devon davrlarining 
ancha qalin, Nurash hamda yuvilishga chidamli bo‗lgan ohaktoshlar tarqalgan. O.Y. Poslavskaya 
strukturaviy deb atagan relyef tipining shakllaridan chidamli qatlam bilan zirhlangan antiklinallar 
va yonbag‗irlar uchraydi. 
Tog‗li mintaqada chidamli qatlamlar bilan zirhlangan yuzalar bilan bir qatorda turli tog‗ 
jinslari qatlamlari orasida tekislanish yuzalari ahyon – ahyonda uchrab turadi. Tekislanish yuzalari 


22 
eng yangi erozion parchalanish tufayli yo‗qotilgan. Tekislanish yuzalarning absolyut balandligi 
1500 – 2000 m dan 2500 – 3000 m gacha o‗zgaradi va ularda to‗lqinsimon relyef ifodalangan. Bu 
yuzalar neogengacha bo‗lgan davrda (yuqori bo‗rning oxirida) shakllangan (Poslavskaya, 1959). 
Qashqadaryo havzasining relyef hosil qiluvchi jarayonlari orasida fizikaviy nurash 
jarayonlari muhim o‗rin tutadi. Bu jarayonlarning intensiv namoyon bo‗lishining izlari barcha 
joylarda kuzatiladi. 
Tog‗li mintaqada nurash juda samarali holda namoyon bo‗ladi va ulkan bo‗laklangan 
palaxsalarni, yirik shag‗al toshli to‗plamlarning oqimini hosil qiladi, qoyalardagi ancha katta 
yoriqlarni va boshqalarni vujudga keltiradi. Tog‗larning eng baland joylarida (3000 m dan 
yuqorida) yoriqlarda muzlaydigan suv tufayli amalga oshadigan sovuq nurash relyef hosil qiluvchi 
omil sifatida muhim ahamiyatga ega. 
T o g‗ o l d i va a d i r l a r m i n t a q a s i Qashqadaryo havzasining shimoli-sharqiy va 
janubiy qismlarini – Qoratepa tog‗lari va Hisor tizmasi tarmoqlarining tog‗ oldi qismlarini ishg‗ol 
etadi. Mintaqaning o‗rtacha absolyut balandligi 800 – 900 m bo‗lib, baland nuqtalari 1500 m gacha 
ko‗tariladi. Geologik jihatdan bu mintaqa mezozoy va paleogen cho‗kindi yotqiziqlari tarqalgan 
hududdir. Mintaqaning yuzasi asosan allyuvial – delyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Ayrim 
joylarda allyuvial – prolyuvial yotqiziqlar ham tarqalgan. 
Adirlar lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan, yuzasi tekislangan yassi tepa 
marjonlardir. Lyoss qoplamining qalinligi sharqda 2 – 5 m dan g‗arbda 10 – 15 m gacha etadi. 
Adirlarning zamini har xil kattalikdagi tosh bo‗laklari, shag‗al va qum aralashmasi – 
konglomeratdan tashkil topgan. Bu cho‗kindi jinslarning qatlamlari ba‗zi bir joylarda juda sust 
burmalanishni kechirgan. Konglomeratlarning qalinligi 50 – 100 m va undan ziyodroq. Adirlar 
polosasi ko‗pgina muvaqqat yoki doimiy oqimga ega bo‗lgan jilg‗alar va soylarning vodiylari bilan 
parchalangan. Neogen va to‗rtlamchi davrlarning kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan adirlar 
sohilbo‗yi jarayonlarining hosilasidir. Chunki ular hozirgi Kitob – Shahrisabz tektonik botig‗i 
o‗rnidagi dengizning sharqiy qirg‗oqlarning yemirilishi natijasida hosil bo‗lgan jinslardan tuzilgan 
(Mamatov, 1994). 
Tog‗ oldi va adirlar mintaqasi Qoratepa tog‗larining etaklaridan boshlanib, G‗uzor 
tumanining tog‗li qismigacha cho‗ziladi. Adirlar paleogen, neogen va to‗rtlamchi davrlarning 
jinslaridan tuzilgan bo‗lib, Qashqadaryo havzasining ichki va g‗arbiy tekislik qismini o‗rab turadi. 
Adirlar joylanishiga ko‗ra Qoratepa, Miroqi, Yakkabog‘ adirlariga ajratiladi (Mamatov, 1994). 
Litologik tarkibiga ko‗ra, bu adirlar bir – biridan keskin farq qiladi. O‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗lgan Yakkabog‗ adirlari Xontaxti, Beshnov, Eshakmaydon va Osmontarosh tog‗lari etaklarida 
joylashgan bo‗lib, neogen davrining qizil rangli qatlamilaridan tuzilgan. Yakkabog‗ adirlari 
shimolda Oqsuv daryosi bilan chegaralangan. Bu adirlarni shimoli – sharqiy yo‗nalishda oqadigan 
Tanxoz va Qizilsuv (Yakkabog‗daryo) daryolarining vodiylari kesib o‗tadi va shu sababli bu 
adirlar uchun kuchli parchalangan erozion relyef xos. G‗uzor adirlari sharqdagi adirlardan iqlimning 
quruqligi va cho‗l landshaftlarining tarqalganligi bilan farq qiladi.
Miroqi adirlari Qashqadaryo, Oqsuv va Jinnidaryoning o‗rta oqimida joylashgan bo‗lib, 
sharqda o‗rtacha balandlikdagi Sumsar va Shertog‗ massivlari bilan tutashib ketgan. 
Qoratepa adirlari g‗arbiy – sharqiy yo‗nalishga ega bo‗lib, shimoldagi tog‗larni Kitob – 
Shahrisabz botig‗i bilan tutashtirib turadi.
Tog‗ oldi mintaqasida, ayniqsa havzaning janubiy qismida, paleogen ohaktoshlarida karst 
jarayonlari keng tarqalgan. Mintaqaning g‗arbiy qismida esa suv – eroziya, suv – akkumlyatsiya va 
qisman karst jarayonlari bilan bir qatorda g‗arbda tutashgan cho‗l tufayli eol jarayonlari ham 
namoyon bo‗ladi. 
Shimolda Chaqilkalon va Qoratepa toglari hamda sharq va janubi – sharqda Hisor 
tizmasining tarmoqlari orasiga «qo‗ltiq» ko‗rinishida kirib boradigan Kitob –Shahrisabz tektonik 
botig‗i joylashgan. Bu botiq g‗arb tomondan butunlay ochiq bo‗lib, Qarshi qiya tekisligi bilan 
tutashadi. Kitob –Shahrisabz botig‗i yuzasining dengiz sathidan balandligi janubi – garbdan ( 500 
m) shimoli – sharqqa (800 m) tomon ko‗tarilib boradi. Botiq Qashqadaryo va uning irmoqlari 


23 
keltirgan cho‗kindi jinslar bilan to‗ldirilgan va ulardan bir necha terrasa hosil bo‗lgan. Botiqning 
tubi allyuvial tekislikdan iborat. 
T e k i s l i k m i n t a q a s i Qashqadaryo havzasining katta g‗arbiy qismini o‗z ichiga 
oladi. Mintaqaning asosiy qismi Qarshi cho‗lining qiya tekisligi bilan band. Qarshi qiya tekisligi 
Qizilqum cho‗lining janubi – sharqiy chekkasi hisoblanadi (Mamatov, 1994). Mintaqa doirasida 
absolyut balandliklar 280 m dan 600 m gacha o‗zgaradi.
Tektonik jihatdan cho‗kish oblastida joylashgan Qarshi cho‗lining qiya tekisliklari 
to‗rtlamchi davrning qalin prolyuvial, prolyuvial – allyuvial, allyuvial va delyuvialyotqiziqlari bilan 
qoplangan. 
To‗rtlamchi davr yo‗tqiziqlarining vujudga kelishi ham yuvilish, ham akkumulyatsiya 
oblastlarini ishg‗ol etgan tektonik siljishlar bilan bog‗liq bo‗lgan bir necha siklda sodir bo‗lgan. 
Geolog va geomorfologlar Qarshi cho‗li doirasida tarqalgan to‗rtlamchi davr yotqiziqlarini tektonik 
ko‗tarilishlarga bog‗liq holda $ ta guruhga ajratadilar: 
1) Shimoliy O‗zbekistonning Nanay sikliga to‗‗ri keladigan A z k a m a r sikli; 
2) Toshkent sikliga to‗g‗ri keladigan Q a r n o b sikli; 
3) Mirzacho‗l sikliga to‗g‗ri keladigan S u q a y t i sikli; 
4) Sirdayo sikliga to‗g‗ri keladigan h o z i r g i sikl. 
Azkamar siklining …………………………………………………. 
Qarnob siklining yotqiziqlari katta maydonlarni ishg‗ol etgan va vujudga kelishiga hamda 
graulometrik tarkibiga ko‗ra har xil yotqiziqlardan iborat. Bu yotqiziqlar ikki fatsiyadan iborat 
bo‗lib, qadimiy fatsiya tog‗oldi tekisliklari va daryo vodiylarida tarqalgan. Yoshroq fatsiya qalinligi 
30 m gacha yetadigan lyosslar va lyosli suglinkalardan iborat hamda tog‗ oldi qiya tekisliklarida va 
yuqori yuqori teassalarda tarqalgan. Qarshi cho‗lining Ko‗kdala tog oldi tekisligida lyosslar ayniqsa 
keng tarqalgan. 
Qarshi cho‗lining katta maydonlrida Suqayti siklining yotqiziqlari ayniqsa keng tarqalgan. 
Bu yotqiziqlar Fuzordaryo va Qashqadaryoning yuqori terassalari konuslarini qoplagan bo‗lib, 
Devxona platosigacha yoppa qoplamni hosil qiladi. Suqayti siklining yotqiziqlari bu yerda qumli va 
mayda cha‗irtoshli lyoss suglinkalaridan iborat bo‗lgan qatlam-qatlam prolyuvial – allyuvial 
yotqiziqlarning uchirilish (deflyatsiya) mahsuloti bo‗lgan qumlar bilan qoplangan. 
G‗uzordaryoning konusidagi yotqiziqlar Qashqadaryoning konusidagi yotqiziqlardan og‗irroq 
mexanik tarkibi va ko‗proq sho‗rlanganligi bilan farq qiladi.Chunki G‗uzordaryoning to‗yinish 
havzasida bur va paleogen – neogen davrlarining tuzli va gilli yotqiziqlarining keng tarqalganligiga 
bog‗liq. 
Sirdaryo siklining eng yosh yotqiziqlari G‗uzordaryoning hozirgi konusini, Qashqadaryo va
G‗uzordaryoning qayrlari va qayrusti terassalarini qoplagan. Bu daryolrning vodiylari Suqayti 
siklining yotqiziqlarini kesib o‗tgan va terassalardagi yotqiziqlar tipik allyuviydan iborat. 
Qarshi cho‗lida hozirgi relyefning shakllanishiga deflyatsiya katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shamolning roli qadimiy platolarda va Qashqadaryo konusining g‗arbiy qismida qum marzalari 
va tepaliklarining , ayrim joylarda esa barxanlarning mavjudligida yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Chunki qoldiq platolar qumtoshlardan, Qashadaryo konusining g‗arbiy qismi esa yengil mexanik 
tarkibli prolyuvial – allyuvial yotqiziqlardan tarkib topgan. 
Qarshi cho‗lining katta qismi yassi yoki biroz to‗lqinsimon yuzaga ega. Relyefning umumiy 
sajiyasi, geologic tuzilishi va paydo bo‗lishiga ko‗ra O.Y. Poslavskaya (1966) Qarshi 
cho‗lida relyefning 3 ta yirik tipini ajratadi: 
Toto‗rtlamchi davr (asosan neogen va qisman paleogen va quyi to‗rtlamchi davr) 
yotqiziqlaridan tuzilgan qirlar. Qirlarning relyefi cho‗l doirasida eng baland va parchalangan. 
Qirlar balandroq platolarga va tipik qirlarga – qoldiq tog‗larga Qo‗ng‗irtov, , va b.) ajratiladi. 
Paleogen davrining yotqiziqlari yuzaga chiqib turadigan joylarda yemirilishga chidamli jinslarning
chiqib turishi xos bo‗lgan strukturaviy relyef kuzatiladi. Bu qatlamlar ayrim joylarda qoyali va 
shakliga ko‗ra xilma-xil relyefni vujudga keltiradi. Qo‗ng‗irtov va Maymanoqtov yuqori bur va 
pleotsenning karbonatli va gipsli yotqiziqlari uchun karst jarayonlarining tarqalganligi xos. 


24 
Qirlarning katta qismi oқta va yuqori paleotsen yotqiziqlaridan va neogenning gil, qum, alevrit va 
boshqa g‗ovvak jinslaridan tuzilgan. Bu yotqiziqlar tepalarni ajratib turadigan V-simon 
vodiychalarni hosil qiladi. 
Qarshi shahridan shimolda va shimoli g‗arbda uzoq geologik o‗tmishda sharqdan g‗arbga 
cho‗zilgan tog‗ tizmasining qoldiqlari sifatida bir–biridan ajralib turadigan «orol» ko‗rinishidagi
burmalangan (gumbazsimon) qoldiq tog‗lar - Qo‗ng‗irtov, Kosontov, Maymanoqtov, Oloviddintov 
va boshqa qirlar joylashgan. Bu qirlar orasida eng balandi Qo‗ng‗irtov ( m) bo‗lib, butun cho‗l 
hududida eng baland sathni hosil qiladi. Maymanoqtovning balandligi 500 m ga va 
Oloviddintovning balandligi 485 m ga yetadi. Bu qadimiy qoldiq tog‗lar Qarshi cho‗lining sharqiy 
qismini ikki qismga ajratib turadi. 
Jarqoq (397 m) va Devxona platolari platolari yuzasining nisbatan tekis yuzalari atrofdagi 
tekisliklarga nisbatan 20 – 25 m va undan ziyodroq balandlikka ega va nisbatan tikroq yonbag‗irlar 
bilan o‗ralgan. 
Qirlar doirasida yuzaning ancha qiyaligi tuproq eroziyasiga sabab bo‗ladi. Yonbag‗irlar 
nisbatan qalin eroziya lojbinalari bilan parchalangan bo‗lib, ularning tubi asosiy yuzaga nisbatan 40 
m dan ziyodroq pastda joylashgan. 
Qirlarda neogen davrining qumli yotqiziqlarida eroziya jarayonlaridan tashqari deflyatsiya 
jarayonlari ham ancha kuchli namoyon bo‗ladi. 
Qarshi cho‗lining shimoli - g‗arbidagi Sho‗rsoy doirasidagi qirlar boshqacharoq sajiyaga 
ega. Bu qirlarning nisbiy va mutlaq balandligi uncha katta emas, relyefi qiya to‗lqinsimon, 
yonbag‗irlar tikligi 5 – 6
0
. Bu qirlarda eroziya jarayonlari yaqqol ifodalanmagan bo‗lsada, 
deflyatsiya jarayonlari ancha kuchli kechadi. 
Qarshi cho‗lining janubida Oloviddintov, Duldultov, Qoraqir, Saksondara qirlari mavjud. 
Ularning mutlaq (dengiz sathidan) balandligi 360 – 500 m bo‗lib, atrofdagi tekisliklardan 50 - 200 
m gacha ko‗tarilib turadi. Ular nisbatan yoshroq antiklinal qirlar bo‗lib, bo‗r va paleogen – neogen 
jinslaridan tashkil topgan. Platosimon balandliklar (Saritosh – Jarqoq, Oqjar, Azqamar, 

Download 15.19 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish