Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
Setalantepa, Buerman, Maidqor va b.)ning mutlaq balandligi 380 – 400 m, atrofdan esa 20 – 100 m 
ko‗tarilgan. Ular bo‗r va paleogen jinslaridan, Azqamar platosi esa neogen hamda quyi to‗rtlamchi 
davr yoshidagi jinslardan tashkil topgan. Platosimon relyef shakllarini vujudga kelishi yotiq holda 
mavjud bo‗lgan ohaktosh, qumtosh, konglomeratlarning eroziyaga berilishiga bog‗liq. 
Neogen va quyi to‗rtlamchi davr jinslarining usti ochilib qolgan joylarda nisbiy 
balandligi 10 – 20 m, mutlaq balandligi esa 250 – 300 m bo‗lgan qoldiq tepalar (Ombortepa, 
Uchtepa, Duldultepa va b.) tarkib topgan. Qarshi cho‗lining janubi – sharqiy qismi Nishon cho‗li 
bilan band. Bu cho‗lning yuza tuzilishi uchun tekisliklar va ular orasidagi platosimon balandliklar 
xos. Platosimon qirlar orasida eng balandlari Do‗ltalitov (514 m), va Qoraqirdir (485 m). 
Qoraqirning yuzasi suv eroziyasi tufayli kuchli parchalangan va uning jarlar bilan kuchli 
parchalangan qismini sharqda Saksondara hosil qiladi.
Qarshi cho‗lining janubi – g‗arbida Sandiqli cho‗li joylashgan. Bu qumli cho‗lning yuzasi 
qator – qator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan tashqari, bu yerda ko‗chma qumlar va 
taqirlar ham uchraydi.
Qarshi cho‗li hududi uchun asosan o‗rta va yuqori to‗rtlamchi hamda hozirgi (golotsen) davr 
yotqiziqlari xosdir. O‗rta to‗rtlamchi davr allyuvial – prolyuvial yotqiziqlari asosan Qashqadaryo 
havzasining qayr usti IY va Y terrasalarining Qarnob va Iloq seriyalariga mansub bo‗lgan 
cho‗kindilarini o‗z ichiga oladi. Ular lyossli jinslarning (prolyuviyning) qalin qatlamidan (qalinligi 
350 m gacha) va ularning yuzasidagi konglomeratlar yoki chag‗irtoshlar (allyuviy)dan iborat. Bu 
yotqiziqlar uchun kesmada lyoss jinslarining ustuvorligi va bu yotqiziqlarning shakllanishi davrida 
sodir bo‗lgan tektonik harakatlarning ikki fazasi to‗g‗risida guvohlik beradigan ikki terrasaning 
keng tarqalganligi xos. Ammo daryo havzasining tekislik qismida Suqayti – III qayrusti terrasisini 
hosil qiladi. Bu yotqiziqlarning tarkibida qum, shag‗altosh va chag‗irtosh qatlamlari, qalindligi 40 
m va undan ziyodroq bo‗lgan lyossli jinslar mavjud. 


25 
Hozirgi (golotsen) yotqiziqlar chag‗irtosh, shag‗altosh va qumlardan iborat yosh terrasalar 
seriyasini qoplaydi. 
Yuqorida aytilganidek, tekislikning katta qismini lyossli jinslar qoplagan maydonlar tashkil 
etadi. Tekislik ko‗pgina hollarda kuchli sho‗rlangan botiqlar – sho‗rxoklar bilan qo‗shilib ketadi. 
Beshkent shahridan janubdagi Chorog‘il, Muborak shahridan shimoldagi Shursoy, Sandiqli 
cho‗lining shimolidagi Dengizko‗l botiqlari shular jumlasidandir. Absolyut balandligi 300 – 400 m 
bo‗lgan tekisliklar ichida vujudga kelgan bu botiqlarning nisbiy chuqurligi 20 – 40 m va shu sababli 
ular botqoqlangan sho‗rxoklar ko‗rinishida chor – atrof relefidan ajralib turadi. 
Lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzalar qumtepa marjonlari katta – katta ko‗chma 
qumli massivlar bilan almashinib turishi ham Qarshi cho‗li relyefi uchun xos bo‗lgan asosiy 
xususiyatlardir. Ko‗pgina hollarda xilma – xil relyef tiplari o‗zaro tutash yoki bir – biri bilan aralash 
holda tarqalgan. Qumli yuzalar orasida Xo‘jamuborak, Oqqum, Deyqum, Shokircha, Gulbodom, 
Suxta, Pomuq, Chodirliqum, Darvozaqum yirikroq qumli maydonlardir. 
Hozirgi relyef hosil qiluvchi jarayonlarga ko‗ra ham tekisliklar mintaqasi tog‗li va tog‗ oldi 
mintaqalaridan keskin farq qiladi. Kitob – Shahrisabz botig‗i hamda Qarshi cho‗li qiya tekisligi 
Qashqadaryo va uning yirik irmoqlari tomonidan amalga oshiriladigan erozion – akkumlyativ 
jarayonlarning ayniqsa yorqin namonyo bo‗lishi bilan ifodalanadi. Bu jarayonlaning kechishida 
allyuvial va prolyuvial materiallar akkumlyatsiyasi eroziya jarayonlariga nisbatan ustunlik qiladi.
Tekislikning chekka g‗arbiy qismi ham buzuvchi (deflyatsiya), ham vujudga keltiruvchi (eol 
akkumlyutsiyasi) sajiyaga ega bo‗lgan eol jarayonlari ustuvorlik qiladigan maydonlardir. Taqir 
hamda sho‗rxoq hosil bo‗lishi jarayonlari uncha katta ahamiyatga ega emas.
O‗zlashtirilayotgan va sug‗orilayotgan hududlarda relyef hosil qiluvchi jarayonlarning 
sajiyasi ham o‗zgargan. Ariqlar va kanallar hamda zovurlar yaqinidagi maydonlarda jarlarning 
rivojlanish jarayonlari sug‗orish eroziyasining faolligi bilan bevosita bog‗liq. Sug‗oriladigan 
maydonlarda sug‗orish eroziyasi, qayta sho‗rlanish botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi 
dehqonchilik nomaqbul jarayonlarning kuchayotganligi kuzatilmoqda. Tekislik relyefida o‗tmish 
tarixiy davrlarda inson tomonidan barpo etilgan tepaliklarning tez – tez uchrashi ham relyefning 
muhim belgilaridandir. 
Qashqadaryo havzasining yassi tekislik relyefi shimol va sharqqa tomon ko‗tarila borib, 
to‗lqinsimon qiya tekislik relyefi bilan almashinadi. Tog‗li va tog‗ oldi mintaqalarida boshlanadigan 
soylarning ko‗pining quyi oqimidagi yoyilma konuslar to‗lqinsimon o‗rkachli tekisliklarni hosil 
qiladi. Bu xildagi relyef G‗uzor va Qamashi shaharlari orasidagi maydonlarda juda yaqqol 
ifodalangan. Bu yerda 40 – 60 m qalinlikdagi to‗rtlamchi davr lyoss yotqiziqlaridan tashkil topgan 
qirlarda eroziya kuchli rivojlangan. 
Qarshi qiya tekisligi doirasida atrofdagi maydonlardan biroz balandroq ko‗tarilib turadigan 
qoldiq qirlar va platolar mavjud. 
Qarshi prolyuvial qiya tekisliklarini Y.A. Skvortsov (1956) to‗rtlamchi davrning Nanay, 

Download 15.19 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish