Qashqadaryo viloyati viloyat Tarkibida 14 ta tuman Ma ʼmuriy markazi




Download 463.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana31.10.2022
Hajmi463.11 Kb.
#28681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
Adabiyoti


yil v. e.) „Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kash“ („Nasaf va Kesh ahlining iftixorlari haqidagi kitob“), Abu
Sa
ʼd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy alIdrisiyning (milodiy 1015-yil v. e.) „Tarixi Nasaf“, Abul
Abbos alMustag
ʻfiriy Nasafiyning (961 — 1041, 2 jildli) mufassal „Nasaf va Kesh tarixi“ asarlari bizgacha
yetib kelmagan.
20-asrning 2-yarmi Qashqadaryo adabiy muhitining ko
ʻtarilishi va yangi ijodkorlar bilan boyish davri
bo
ʻldi: Gulshaniy, Togʻay shoir, Shomurod baxshi, Suvon Soqi, Samar Nur, Azim (baxshi) Xoʻjayev,
Qodir (baxshi) Rahimov, Abdulla Oripov, Ikrom Otamurodov, Jumaniyoz Jabborov, Normurod
Narzullayev, Ismoil To
ʻxtamishev, Xosiyat Lutfullayeva, Muhammad Ochil, Jumaqul Qurbon, Normurod
Norqobil, Poyon Ravshanov, Ubaydulla Uvatov, Yusuf Berdiyev kabi shoir, yozuvchi va olimlarning ilmiy
va badiiy asarlari adabiyot taraqqiyotiga munosib hissa bo
ʻlib qoʻshildi. 90-yillar boshlarida Nazar
Eshonqul, Chori Avaz, Amir Xudoyberdi, Zebo Mirzayeva, Habib Abdunazar, Luqmon Bo
ʻrixon, Salim
Ashur, Amirqul Karim, G
ʻulom Mirzo va boshqalar shoir va yozuvchilar faol ijod qildilar. Mustaqillik-
yillarida Qashqadaryo vohasida adabiy hayot yanada rivojlandi. Bu davrda erishilgan yutuqlar sifatida
Poyon Ravshanovning qadimiy Naxshab va Keshning tarixiga oid 4 jiddli saylanmasi, Abdulla Oripovning
„Adolat ko
ʻzgusi“, „Koʻztumor“, Normurod Narzullayevning „Alyor“, Ikrom Otamurodning „Tavr“, Amir
Xudoyberdining „Yettinchi malak“, Habib Abdunazarning „Anjir guli“ kabi asarlarini ko
ʻrsatib oʻtish
lozim.
Qashqadaryo viloyatida O
ʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va
boshqalar) ning viloyat sho
ʻʼbalari faoliyat koʻrsatadi.
Qashqadaryo viloyati da 33 gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta (1935-yildan „Qashqadaryo haqiqati“,
2005-yildan „Qashqadaryo“, adadi 5 ming; 1943-yildan „Kashkadarinskaya pravda“, 2005-yildan
„Novosti Kashkadari“, adadi 1,5 ming), shahar („Nasaf“), 13 tuman gazetalari, 16 tarmoq, 1 xususiy
gazeta, shuningdek, „Nasaf ziyosi“ jurnali (Qarshi davlat universiteti muassisligida) nashr etiladi.
Viloyatda birinchi radioeshittirishlar 1945-yil dekabrdan boshlangan. Viloyat radiosi va „Oltin voha“ G
ʻM
radiostansiyasi eshittirishlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, „Oltin voha“ G
ʻM radiostansiyasi
haftada 112 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Qashqadaryo viloyati da 2 davlat (viloyat va Shahrisabz
shahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarshi jamoatchilik, Muborak „Yangi asr“, Qashqadaryo kabelli)
televideniyelari mavjud. 1994-yil 24-avgustdan faoliyat ko
ʻrsatayotgan Qashqadaryo viloyati
televideniyesining haftalik ko
ʻrsatuvlari 11 soatni tashkil etadi. Shuningdek, Qarshi jamoatchilik
televideniyesining 1 haftalik ko
ʻrsatuvlari 42 soat, „Yangi asr“ telestudiyasining 1 haftalik koʻrsatuvlari 21
soat, Shahrisabz televideniyesining 1 haftalik ko
ʻrsatuvlari 24 soat, Qashqadaryo kabelli televideniyesining
1 haftalik ko
ʻrsatuvlari 63 soatni tashkil etadi.
Me
ʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi meʼmoriy va
shaharsozlik yodgorliklaridir, shuningdek, monumental san
ʼat yodgorliklari ham bor. Viloyatdagi mashhur
obidalar Shahrisabz shahrida joylashgan. Mirzo Ulug
ʻbekning 600-yilligi, Amir Temurning 660-yilligi,
Shahrisabz shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Shahrisabzda obidalarni ta
ʼmirlash ishlari keng
ko
ʻlamda olib borildi. Oqsaroy meʼmoriy majmuasi konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir
Temurga haykal o
ʻrnatildi. Dor uttilovat, Dor ussiyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi
(1379-80-yillar), Oqsaroy majmuasi (1380-1404-yillar), Ulug
ʻbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437-yil),
Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon xonaqosi (15-16 asrlar), Lan#ar qishlog
ʻidagi Langarota (Katta Langar)
masjidi (15-asr oxiri — 16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino qishlog
ʻidagi
Xusamota ansambli (11 — 19-asrlar), Qarshi shahrida Mahalla masjidi (19-asr) va boshqalar saqlangan.
Qarshi shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi Ko
ʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va
boshqalar madrasa va masjid binolari ta
ʼmirlanmoqda.

Download 463.11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 463.11 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qashqadaryo viloyati viloyat Tarkibida 14 ta tuman Ma ʼmuriy markazi

Download 463.11 Kb.
Pdf ko'rish