• 3.Kiyimni orqa bo`lagidagi kesimni ishlash usullari.
  • Qirqma (a) va yahlit (b) vitochkalarni qo`shimcha gazlama qo`yib tikish  2.Oldi va orqa bo`lak koketkalariga ishlov berish usullari




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
     
    Qirqma (a) va yahlit (b) vitochkalarni qo`shimcha gazlama qo`yib tikish 
    2.Oldi va orqa bo`lak koketkalariga ishlov berish usullari. Old bo‘lak koketkalari 
    ko‘rinishining tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri, ovalsimon, shakldor, alohida bichilgan va asosiy 
    detal bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Koketkalar asosiy detalga biriktirma, 
    bostirma, qo‘yma yoki bo‘rtma chok bilan ulanadi. Koketkani asosiy detalga 
    biriktirishdan oldin asosiy detalda taxlamalar, bo‘rtma choklar, vitachkalar tikib olinadi 
    yoki burmalar hosil qilinadi. Òo‘g‘ri va ovalsimon shakldagi koketkalar biriktirma chok 
    bilan ulanganda koketka asosiy detalga o‘ngini o‘ngiga qilib, qirqimlarini to‘g‘rilab 
    koketka tomondan 1,0 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Chok koketka tomonga 
    yotqizib dazmollanadi. Modelga muvofiq bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, 


    dazmollangandan keyin ma’lum kenglikda baxyaqator yuritiladi. Koketka asosiy detalga 
    bostirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, koketkaning teskarisi tomonga yordamchi andaza 
    bilan pastki ziy bukish chizig‘i, asosiy detalga esa koketkaning ziy chizig‘i chiziladi. 
    Koketkaning pastki qirqimi qolip yordamida falspressda yoki dazmolda bukib 
    dazmollanadi. Koketkaning pastki ziyini oldin maxsus mashinada yoki qo‘lda bukib, 
    ko‘klab olinadi. Koketkani uning o‘ngini yuqoriga qilib, pastki ziyi asosiy detal o‘ngi 
    ustiga qo‘yib bukilgan ziyini asosiy detaldagi belgilangan chiziqqa to‘g‘ri keltirib 
    qo‘yiladi va koketka ziyidan modelga muvofiq kenglikda bostirib tikiladi.
    Old bo`laklar bilan koketkalar bilan biriktish usullari: 
    a-bostirma chok bilan tikish 
    b- oldin elimlab, keyin bostirib tikish 
    d-biriktirma chok bilan tikish 
    e-murakkab chokli koketkani bostirma chok bilan tikish. 
    3.Kiyimni orqa bo`lagidagi kesimni ishlash usullari. O‘rta chokda yoki yon choklarda 
    ajratib qirqib hosil qilingan joy kesim deyiladi. Kesim hosil qilish uchun bichiqda tikish 
    haqi qoldiriladi. Kesimlar kiyim bezagi yoki kiyishda qulay bo‘lish vazifasini bajaradi. 
    Kesimlarning uzunligi kiyim uzunligiga va modelga bog‘liq. Ort bo‘lak chap va o‘ng 
    qismlarining teskari tomoniga andaza qo‘yib, kesimning ziylari belgilab olinadi. Kesim 
    ziylari barqaror bo‘lishi uchun uning teskari tomoniga yelimli qotirma materialdan yoki 
    ip gazlamalardan (kolenkor, bo‘z) bo‘ylamalar va yelim uqa belgilangan chiziqlar 
    bo‘ylab qo‘yiladi. Bunda qotirmani belgi chiziqdan 0,5 sm narida, uqani esa belgi 
    chiziqning o‘ziga to‘g‘rilab qo‘yiladi. Qotirma va uqa etakning bukilish chizig‘ida 
    tugashi kerak. Ort bo‘lak o‘ng qismida pastki burchagining biriktirib tikish chizig‘i 
    qo‘shimcha bo‘rlanadi va 0,5-0,7 sm chok haqi qoldirib, ortiqcha gazlama kesib 
    tashlanadi. Kesim pastki burchak qirqimlari tekislanib, belgilangan chiziq bo‘ylab
    0,5-0,7 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Chok yorib dazmollanadi va o‘ngiga ag‘dariladi. 
    Ort bo‘lak chap qismining pastki qirqimi etakdagi belgilangan chiziq bo‘ylab o‘ngi 
    tomonga bukiladi. Kesim qirqimi bo‘ylab uqadan 0,1-0,2 sm oraliqda ag‘darma chok 
    tikiladi. Chok yorib dazmollanadi va kesim burchagi o‘ngiga ag‘dariladi, shu bilan birga, 
    kesim qirqimi maxsus mashinada ko‘klab bukiladi.
     
    Ort bo`lak kesimiga 
    Kesim burchaklariga ishlov berish 
    qotirma va yelim o`qi 
    qo`yish 


    Ort bo‘lak chokining kengligi 1,0 sm bo‘lib, uning baxyaqatori kesimga chiqarilgan 
    joyning yuqori qirqimidan 1,0 sm narigacha o‘tadi. Ort bo‘lak o‘rta chokiga bezak 
    baxyaqator yuritiladigan bo‘lsa, unda o‘rta chok 1,0 sm emas, balki bezak chok 
    kengligidan 0,5 sm enliroq bo‘ladi. Bunda ort bo‘lak choki chap tomondan 0,5 sm 
    qoldirib qirqib tashlanadi. Kesim yuqorisida chokni kertib, uni yotqizib yoki yorib 
    dazmollanadi. Ayni vaqtda kesim ziylari dazmollanadi. Ort bo‘lak kesimining yuqori 
    tomonini belgilangan qiya chiziq bo‘ylab mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi. 
    Bezak baxyasiz modellarda ort bo‘lak chap qismida ham, o‘ng qismida ham kesimga 
    chiqarilgan joyga belgilangan chiziq bo‘ylab, yelim plyonka qo‘yiladi yoki maxsus 
    mashinada yashirin bezak baxyaqator yuritiladi. 
    Ort bo`lak kesimini puhtalash 

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qirqma (a) va yahlit (b) vitochkalarni qo`shimcha gazlama qo`yib tikish  2.Oldi va orqa bo`lak koketkalariga ishlov berish usullari

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish