• Kichik guruhlar bilan ishlash
  • 1 Tikuvchilik sanoatida qullaniladigan yelimli materiallar turlari va ularning qo`llanilishi.
  • Yelim qoplangan qotirmalik materiallar.
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov)
     


    1ilova 
    Tezkor savollar 
     
    1 Qo`l ishlarini bajaradigan ishchining ish o`rni qanday bo`lishi kerak? 
    2 Qo`l ishlarini bajarishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi? 
    3 Qaviqlarning qanday turlari bor? 
    2-ilova 
    Kichik guruhlar bilan ishlash 
    1 Vaqtincha ko`klashda qanday qaviqlardan foydalaniladi? 
    2 Kiyim etagini bukib tikishda qanday qaviqlar ishlatiladi? 
    3-Ayollar kiyimini old-orqa bo`laklariga bezak beruvchi qushmchalar
    bilan ishlashni ayting ?
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     
    Mavzu №3:
    Detallarga qotirma yopishtirish 
    Reja: 
    1 Tikuvchilik sanoatida qullaniladigan yelimli materiallar turlari va ularning 
    qo`llanilishi. 
    2 Yelim qoplangan kotirmalik materiallar. 
    3 Yelimli materiallr yordamida detallarga ishlov berish
    1 Tikuvchilik sanoatida qullaniladigan yelimli materiallar turlari va ularning 
    qo`llanilishi. Sintetik smolalar paydo bo`lgandan beri tikuvchilik sanoatida yelimlab 
    ulash keng tarqaldi.Ilgarilari yopishqoq modda sifatida un yoki kraxmaldan qilingan 
    sirach ishlatilar edi. Yelimli materiallar kiyim detallariga uqa qo`yish, detal chetlarini 
    pishiqlash (baxyaqator yuritilganda yolg`on qaviq o`rniga), yoqa, manjet, yeng uchiga 
    qotirma yopishtirish, kiyim etagini bukib yopishtirish, bort qotirmalarini tayyorlash 
    cho`ntak qopqoq, yoqa va shu kabilarni yelimlab yig`ishda ishlatiladi. Asosi 
    qizdirilganda suyuqlanib, sovitilganda yana qotadigan yelimlar termoplastik yelimlar 
    deyiladi. Asosi qizdirilganda qotadigan yelimlar termoaktiv yelimlar deyiladi. Bunday 
    yelimlarni qotgandan keyin suyo’ltirib bulmaydi. Yelim tanlashda uning ommaviy 
    kiyim tikish sharoitida detallarni ulash talablarga to`g`ri keladigan bo`lishiga e`tibor 
    qilish kerak. Yelimlarga quyidagi talablar qo`yiladi:
    1 Chokning pishiq chiqishi
    2 Yuqori elastiklik 
    3 Mayinlik 
    4 Suvga va kiyimlarni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalarga chidamlilik 
    5 Fizik-mexanikaviy xossalarining kiyim kiyadigan sharoitdagi haroratga chidamliligi. 
    6 Yorug`lik va havo o`zgarishlariga chidamlilik 
    7 Qimmat va defitsit bo`lmaslik. 
    Detallarni yelimlab ulaganda yelimdagi ulash kuchi (kozegiya) va yelimning gazlama 
    sathiga yopisha olish xususiyati (adgeziya) gazlamalar pishiqligidan kamroq bo`lsa, 
    zo`riqqan vaqtda gazlama butun qolib, yelimlangan chok ajralib ketadi. bo’lishini ko’rish 
    mumkin. 
    2 Yelim qoplangan qotirmalik materiallar. Yelim qoplangan qotirmalik materiallar - 
    zig`ir tolali gazlamaning bir tomoniga yirikligi 0,4-0,8 mm. bo`lgan P-54, P-12G`6G`66 
    yelim kukuni qoplab hosil qilinadi. Bunda 1 m.kv. gazlamaga 25-3O g. yelim kukuni 
    sarflanadi. Ular yeng uchi, bort, yoqalarga qotirma sifatida ishlatiladi. Jun kiyimlar 
    detallarini turg`unlashtirish uchun P-548, P-12/6/66 yelim kukuni nuqtalar tarzida 
    qoplangan gazlamalar ishlatiladi (1m.kv.ga 15-25 g. kukun sarflanadi). Ayollar va 
    erkaklar ko`ylaklarining yoqa, manjetlariga qotirma sifatida nuqtalar tarzida yuqori 
    bosimli polietilyon (PVD) qoplangan qotirma ishlatiladi. Yelimli uqa - 300, 301, 302 
    artikuldagi oq surp gazlamaning bir tomoniga P-54 yoki P-12/6/66 yelim kukuni qoplab 
    tayyorlanib, undan 6-14 mm. kenglikda qirqib olinadi va bort chetlariga yeng uchlariga 
    cho`ntak og`ziga va boshqa joylarga qo`yib, detallarni cho`zilishdan saqlaydi. Yelim ip - 
    0,3-0,5 mm. qalinlikdagi yakka ip bo`lib P-548 , P-12/6/66 poliamid smolasidan olinadi 
    . Yuviladigan kiyimlar uchun esa yuqori bosimda olinadigan polietilyondan (PVD) 
    olinadi. Uni cho`zish yo`li bilan turg`unlashtirib, hamma joyda bir xil qalinlikda 
    erishiladi. Yelim ip bortlar, yoqa chetlari, cho`ntak qopqoq chetlari, kiyim etagini 
    ko`rinmaydigan qilib puxtalashda ishlatiladi. Buning uchun detal ziylarini ko`klashdan 


    oldin chok haqi tomoniga, yoki etakning bukish haqi tomoniga oddiy choklash 
    mashinasining mokisiga yelim ip o`rab, baxyaqator yuritiladi. Dazmolaganda yelim ip 
    asosiy detalga yopishadi.  

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish