Kiyim nuqsonlarini aniqlash




Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/142
Sana15.10.2022
Hajmi6.7 Mb.
#27279
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142
Bog'liq
ayollar kiyimini tikish
16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
2.Kiyim nuqsonlarini aniqlash.Tayyor kiyimga baxo berishda e’tiborga olinadigan 
nuqsonlar olti guruhga bo’linadi. Ko’ndalang burmalar-detalning uzunligi (vertikal 
yo’nalishda) keragidan ziyod bo’lishi yoki detalning kengligi (gorizontal yo’nalishda) 
kaymayib ketishi natijasida vujudga keladi. Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang 
burma. Burmani yo’qotish joyi belgilab qo’yiladi; orqadagi yoqa o’mizining cheti va 
yelkasi zixi shu burma chuqurligiga pasaytiriladi. Hosil bo’lgan nuqtalar belgi nuqtaga 
tutashtiriladi. Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki 
orqadagi o’rta chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish 
kerak. Yoqa tagidagi ko’ndalang burma katta bo’lmasa uni quyidagicha yo’qotsa ham 
bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi. Orqada yeng 
o’mizi yonidagi ko’ndalang burmalar orqadagi o’rta chokni so’kib, orqani kengaytirish 
kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari kengligi keragidan oshib ketadigan 
bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib, uning pastki qismidagi normal kengligini 
saklab kolishga to’g’ri keladi. Zarur bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham 
aniqlanadi, aks holda yoqaning orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi. Shimlarning 
bantidagi ko’ndalang burmalar nuqsonni bartaraf kishi uchun bantni qisqartirish kerak. 
Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha qisqaradi va yon chiziqning 
egrilik darajasi o’zgardi. Shim old yarm iyon chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim 
tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda mazkur nuqson uncha bilinmaydi. Shimning banti 
tagidagi ko’ndalang burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning orqa yarmini og’ 
chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini qaytadan bichib, yon chiziqning 
egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda shim songa yopishibroq turadi. Shim 
og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon chizig’i qo’shib 
beriladigan chok haqi kamaytirilib, og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqi ko’paytiriladi. 
Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni yo’qotish uchun og’ chizig’iga 


qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak. Shimning yon choklardagi ko’ndalang 
burmalar. Shimning har ikkala yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha 
qisqartriladi. Buylama (vertikal) burmalar. Detalning (gorizontal yo’nalishda) ortiqcha 
kengligidan yoki detallarning (vertikal yo’nalishda) ortikcha uzunligidan kelib chiqadi. 
Orqaning yuqorigi tomonidagi bo’ylama burmalar. Kiyimning orqasidagi ortiqcha 
gazlama umumiy chokka qo’shib tikiladi. Old yeng o’mizidagi burmalar bu nuqson yelka 
zixini va o’miz chizig’ini tortib chuzish yo’li bilan yo’qotiladi. Mazkur burma yeng 
o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning old qismi bel va son 
chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi bo’ylama burmalar bu 
nuqsonni yo’qotish uchun shimning old zixiga qo’shib beriladigan haqni kamaytirib yon 
zixlar haqini oshirish kerak. Shimning orqa yarmida og’ chizig’ining do’ngligi 
kamaytiriladi. O’rta detal chok ham shunga yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida 
tekislik uchun qo’shib beriladigan chok haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga 
tarqalgan qiya burmalar detalning qisqaritirilishi, uzaytirilishi yoki toraytirilishi 
natijasida kelib chiqadi. Yelkasi yostiqchali kiyimning yon choklaridagi qiya burmalar. 
Bu nuqson quyidagicha yo’qotiladi qiya burmalar kiyimning oldi va orqasidagi yeng 
o’mizi tubida yon choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va 
andozalarga tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi 
tubidagi burmalar yon choklarga o’tkazilib tekislab yuboriladi. Detallarning bichimi 
aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya 
burmalar agar bu nuqsonlar yelka balandligini har xilligidan yoki yelkalarning pastligidan 
kelib chiqsa u holda yelkani yostiqchali qilish yoxud mavjud yostiqchaning qalinligini 
oshirish kerak. Mazkur nuqson detallar muvozanati buzilganligi oqibati bo’lsa bursa 
burmalar kengligi yon choklarga taksimlanadi. Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. 
Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan bo’lsa uni yeng o’miziga hamda yelka 
chiziqlariga qo’shib berilgan chok haqi hisobiga kengaytirish kerak. Yeng boshidagi qiya 
burmalar bu nuqsonning kelib chiqishiga yeng o’mizining yopiq holdagi chuqurligi yeng 
boshi balandligiga to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Nuqsonni yo’qotish uchun yeng 
boshining balandligi (koldirilgan zapas haq yetarli bo’lsa) oshirish kerak. (1-variant) yeng 
boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant) 
so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi aniqlanadi.

Download 6.7 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142




Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish