• 3. Vitachkalarni tikish.
  • Ishlov berish usullarini iqtisodiy baholash




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка
     2 Ishlov berish usullarini iqtisodiy baholash. Yuqori sifatli kiyim ishlab chiqarish, 
    mehnat unumdorligini oshirish, kiyim tan narxini va ishlov berishga sarflanadigan vaqtni 
    kamaytirish uchun ishlov berish jarayonlarini to`g`ri tanlash katta ahamiyatga ega. 
    Texnologik jarayonda detallarga ketma-ket, parallel yoki aralash ( parallel ketma-ket) 
    ishlov berish mumkin. Ketma-ket ishlov berishda - operasiyalar birin-ketin bajariladi, 
    kiyimning hamma joylariga bir vaqtda emas, balki birin-ketin bitta yoki bir nechta 
    asbobda ishlov beriladi. Ketma-ket usulida operasiyalarni bajarish harakatlari murakkab 
    va unga ketadigan vaqt ko`p bo`ladi. Mashina tezligini, presslar bosimini, uskunalarning 
    qiziydigan sathi haroratini oshirish kabi yo`llar bilan ish bajarishga ketgan vaqtni 
    qisqartirish mumkin. Parallel ishlov berish - usulida bir operasiyadan ikkinchisiga 
    o`tishlarning barchasi bir vaqtda bajarilib, unda chala fabrikatning barcha ishlov 
    beriladigan joylariga bir yoki bir necha asbob yordamida bir vaqtda baravar ta`sir 
    ko`rsatiladi. Masalan: bir vaqtda bajariladigan ba`zi namlab-isitib ishlov berish 
    operasiyalari, presslarda detallarni o`zaro yelim bilan ulash. Parallel ishlov berish usuli 
    yeng unumdor va progressiv hisoblanadi. Chunki namlab-isitib ishlov berish 
    operasiyalarini presslarda bajarish mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishga 
    imkon beradi. 


    3. Vitachkalarni tikish. Kiyimni odam gavdasiga moslash va kiyimni gavdaga yaxshi 
    yopishib turadigan qilish uchun asosiy detallarda vitochka qilinadi. Vitachkaning kengligi 
    (chuqurligi ) va vitachkalar soni kiyim gavdaga qay darajada yopishib turishiga bog`liq 
    bo`ladi. Vitachkalar kiyim ko`krak qismida va bel qismida bo`lishi mumkin. 
    Kiyimning bel qismidagi vitachkalar kiyim gavdaga yopishib turishi uchun zarur. Yеngil 
    ko`ylaklarda vitachkalar yaxlit bo`ladi. Vitachkalarni tikish uchun detalga ikkita belgi 
    chiziq qo`yiladi. Birinchi chiziq detalning bukish chizig`i, ikkinchi chiziq detalning 
    kyengligini belgilovchi chiziq bo`ladi. Birinchi chiziq bo`yicha detal o`ngi ichkariga 
    qaratib bukiladi va ikkinchi belgi chiziq bo`ylab biriktirib tikiladi. Vitachka detal chetidan 
    boshlangan bo`lsa (1-rasm, a) detal 
    qirqimi tomonidan boshlab tikiladi. 
    Detal o`rtasida joylashgan vitachka 
    ( b ) esa uning bir uchi tomonidan 
    boshlab tikiladi. Vitachkaning bir 
    uchi taxlama hosil qiladigan bo`lsa, 
    oldin vitachka uchini detal
    ko`ndalangiga biriktirib tikiladi, keyin detalni burchak qilib burib, belgi chiziq bo`ylab 
    tikiladi ( v ). Vitachkalar modelga qarab yorib dazmollanishi mumkin ( g ). 

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlov berish usullarini iqtisodiy baholash

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish