1ilova
Tezkor savollar
1- Klassik uslubdagi ayollar ko’ylagining xususiyatlarini aniqlang?
2- Ayollar ko’ylagini bichish uchun nimalardan foydalaniladi?
3- Ayollar yengil ko’ylagi qanday gazlamalardan tikiladi?
2-ilova
Kichik guruhlar bilan ishlash
1- Oddiy va murakkab burmalar rasmini chizing ?
2- Andoza qanday rasmiylashtiriladi?
3-Ayollar kiyimini old-orqa bo`laklariga
bezak beruvchi qushmchalar
bilan ishlashni ayting ?
Mavzu №6:
Kiyimnihg oldi va orqa qismiga buf, quyma burmalar berish
usullari
Reja:
1.Bukik burma va dekorativ o`ziga hos hususiystlariga ishlov berish.
2.Oddiy va murakkab burmalar rasmini chizish.
3.Drapirovka rasmini
chizish
1.Bukik burma va dekorativ o`ziga hos hususiystlariga ishlov berish. Kiyim shakli
bilan gazlama orasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Masalan, XVI-XVII asrlarda juda qalin
va og’ir gazlamalar-movut, duxoba, Kashmir, baxmal, parcha va h.k. to’qilar edi. Ular
o’sha zamonlarning murakkab qo’pol kiyimlariga mos tushadi.
Hozir esa kiyimning
harakteri o’zgardi, og’ir qo’pol shakllar o’rniga, fakturaviy hossalarga ega bo’lgan yengil
gazlamalar rasm bo’ldi.
Erkin tushib turmagan gazlama bo’lagini ko’zdan kechirib,
uning sirtida xuddi
to’lqinlarga o’xshab bir-birining ustiga chiqib ketgan botiqlik
va qavariqliklar hosil
bo’lishini ko’rish mumkin.
Har xil gazlamalar (jun, ip gazlama, baxmal, parcha va h.k.) hosil qiladigan burmalar bir-
biridan ancha farq qiladi.
Ular yirik, mayda, ravon va siniq bo’ladi.
Agar burmalar osilib
tursa, uning burmalari konusli va silindr shakllarni hosil qiladi. Kiyim odam gavdasiga
bog’liq bo’ladi, shuning uchun burmalar odamning gavda tuzilishini hisobga olgan holda
hosil qilinadi.