formasi shu termin bilan ataladi. Proportsiyalar - bu kostyum qismlarining o`lchamlariga
binoan bir - biriga va odam gavdasiga taqqoslangan nisbatlari. Kiyimning bo`yi, eni,
ko`krak qismi bilan yubkasining, yenglarining, yoqasining,
bosh kiyimining,
detallarining hajmi, uzunligi, kostyum kiyilgan qad - qomatni ko`rib idrok etishga, uning
o`lchamlari monandligini fikran baholashga ta`sir ko`rsatadi. Rang - kostyumdagi yeng
ifodali vositalardan biri. U odamlarning kayfiyatig`a, ahvoliga, hissiyotig`a qattiq ta`sir
qiladi. Odamning rangni idrok etishi atrof - tabiat sharoitida tabiiy yo`l bilan tarkib
topgan bo`lib, har qanday individual xususiyatlar mavjudligiga qaramay,
rangni idrok
etishda ilmiy asoslangan umumiy qonuniyat bor. Masalan: qizil rang - quyosh, olov, qon,
hayot ramzi. Bu rang odatda quvonch, nafosat, yaxshilik, iliqlik bilan bog`liq: lekin yana
tashvishni, xatarni, hayot uchun xavfni ham bildiradi. Oq rang - ko`pincha yangilik,
ozodalik, yoshlik ramzi, lekin sokinlikni, jonsizlik va hatto ba`zi hllarda motamni ham
bildiradi.