• 3.Bel payas qismida taqilmani ishlash.
  • Yupkani taqilmasini tugmali usulda tayorlash




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish

    2. Yupkani taqilmasini tugmali usulda tayorlash. Ushbu modulda esa Sizlarga 
    yubka belbog’ining pastki qirqimi bukib tikilgan belbog’ni tikishning texnologik ketma-
    ketligini tavsiya etamiz.
    Yubka etagi modeliga, gazlama turiga, uning xususiyatiga qarab turlicha usulda:
    1. Ochiq qirqimli bukma chok bilan.
    2. Yopiq qirqimli bukma chok bilan.
    3. Mag’iz qo’yish bilan.
    4. Tasma qo’yish bilan ishlov berish mumkin. 
    Ushbu modulda yubkaning etak qismini ochiq qirqimli bukma chok bilan tikish 
    texnologik ketma-ketligini ko’rsatamiz.
    Yubkani ort va old bo’laklarini o’rta chiziqlari bo’ylab teskarisini ichkariga qaratib 
    qo’yiladi. Yon choklari vitochkalarini, bir-biriga to’g’ri keltirib, o’ng tomonini yuqoriga 
    qaratib yuqori qirqimini o’ng tomonga qaratib stol ustiga yozib qo’yiladi, yordamchi 
    andoza qo’yib, yubka etagini bukish chizig’i belgilanadi, yubka etagi notekis joylari 
    qirqib tashlanadi.
    Yubkaning etagiga ishlov berayotganda, yubka ort bo’lak o’rta chokida joylashgan 
    shlitsani pastki qirqimiga ishlov berishga katta e’tibor berish kerak. So’ng yubkaga uzil-
    kesil ishlov beriladi: izmalar maxsus mashinalarda ochiladi, yubka tozalanadi, yubkaning 
    teskari tomonidan va o’ngiga ag’dariladi, tugmalar tikilib, ilgakkacha osib qo’yiladi.
    3.Bel payas qismida taqilmani ishlash. Belbog’ teskarisiga yelim qotirimani yelimli 
    tamonini qo’yib, dazmol yordamida yopishtiriladi va tekislanadi. Belbog’ belda yaxshi 
    turishi uchun, belbog’ning buklangan qismi kirishtirib, ochiq qirqimi esa cho’zib 
    dazmollanadi. Belbog’ o’ngini ichkariga qaratib uzunasi bo’ylab ikki bukib, qirqimlari 


    to’g’rilanadi, izma ochiladigan tomoni to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi. Chok haqi 
    0,5 mm. Belbog’ uchlari dukcha yordamida o’ngiga ag’dariladi. Belbog’ uchlarining 
    ziylari maxsus mashinada yoki qo’lda to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi. Belbog’ 
    uchlari va belbog’ni o’rtasidan uzunasi bo’ylab bukib dazmollanadi. Ko’klangan 
    qaviqqator iplari izma ochib bo’lgandan keyingina so’kib tashlanadi. 

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yupkani taqilmasini tugmali usulda tayorlash

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish