Bostirma qopqoqli va ulama qopqoqli bort taqilmalariga ishlov berish




Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/142
Sana15.10.2022
Hajmi6.7 Mb.
#27279
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142
Bog'liq
ayollar kiyimini tikish
16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
2.Bostirma qopqoqli va ulama qopqoqli bort taqilmalariga ishlov berish. Ostki va 
ustki qopqoqlaming o‘ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo'yiladi va qopqoqlar bilan 
kiyim kesimi qirqimlari to‘g‘ri keltirib ulanadi. Choklar qopqoq tomonga yotqizib
to‘g‘rilanadi va dazmollanadi. Qopqoqlar kertimlarga moslanib, o‘ngini ichkariga qaratib 
bukiladi va yuqori uchlari bukilgan ziydan kertimgacha ag'darma chok bilan tikiladi. 
Hosil bo‘lgan burchak o‘ngiga ag‘darib to‘g‘rilanadi va dazmollanadi. Ostki qopqoqning 
yon cheti 0,5-0,7 sm ichkariga bukiladi, qopqoq ulangan chok 0,1-0,2 sm yopib turadigan 
qilib bukilgan ziyidan 0,1 sm narida bostirib tikiladi. Ostki qopqoqning pastki uchini 
bukib, ziy bo‘ylab tikish bir vaqtda uni asosiy detaining kesimidan 1 sm pastroq joyiga 
tikiladi. Ustki qopqoq asosiy detaining o‘ng tomoniga bukilib, tashqi ziy bo‘ylab bostirib 
tikiladi.
Bunda baxyaqator kesimidan 1 sm pastroqqa yotqiziladi. Ustki qopqoq pastki qopqoq 
ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan chokini yopib turadigan
qilib qo‘yiladi. Qopqoqning tikilmagan cheti 0,5-0,7 sm bukib, ichki ziy va pastki uchi 
bo‘yIab bostirib tikiladi. Ustki taqilm a qirqim uchidan yuqoriroq joyiga bitta ko‘ndalang 
baxyaqator yuritiladi. 


 
 
3.Old bo’lak bilan yaxlit bichilgan taqilmalarga ishlov berish. Plankaga avval flizelin 
yopishtirib olinadi, so‘ngra uning o‘ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo‘yiladi va
0,5-0,7 sm chok haqi bilan biriktirib tikiladi, planka kiyimning o‘ng tomoniga ag'dariladi, 
planka tomondan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi. Plankaning ochiq qirqimli
tomoni ichkariga qaratib 0,5-0,7 sm bukiladi, dazmollanadi yoki ko'klab qo‘yiladi. 
Plankaning bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofada baxyaqator yuritiladi. Model bo‘yicha 
ko‘zda tutilgan bo‘lsa plankaning ikkinchi tomonidan ham xuddi shunday baxyaqator 
yuritiladi. Plankani to‘rli qo‘yma burmali yoki kantli bezak bilan tikish mumkin. Bunday 
planka ham avval xuddi oddiy planka kabi kiyimga biriktiriladi Ikkinchi qirqimiga 
tikishga tayyor qilib olingan bezak detali 0,5- 0,7 sm chok haqi bilan biriktiriladi, chok 
haqi plankaning teskari tomoniga qaratib bukiladi, bezak detal to‘g‘rilanadi va 
plankaning bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofada baxyaqator yuritilib, planka asosiy 
detalga bostirib tikiladi. 

Download 6.7 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142




Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bostirma qopqoqli va ulama qopqoqli bort taqilmalariga ishlov berish

Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish