1ilova
Tezkor savollar
1-Loqaydlik intervali tushunchasini izohlab bering.
2-Kiyim jins va yosh alomatiga binoan qanday ajratiladi ?
3-Did, uslub tushunchalari nimani bildiradi ?
2-ilova
Kichik guruhlar bilan ishlash
1- Detallarni ulash uchun qanday usullar qo`llaniladi?
2- Bichim bilan fasonning farqi nimada?
3- Kiyimni yang umiziga ishlov berish usullari ?
Mavzu№11: Taqilma turlariga ishlov berish tehnalogiyasi.
Reja :
1 Taqilmaga ishlov berish
2
Bostirma qopqoqli taqilma
3 «Molniya» tasmali taqiimalar|
1 Taqilmaga ishlov berish. Ayollar va bolalar kiyimining yenglarida, ko‘krak qismida,
yubka qismida va boshqa joylarda taqilm a boiishi mumkin. Taqilmalar bir yoki ikki
mag‘izli, «molniya» tasmali, bostirma yoki o‘tqazma qopqoqli bo'ladi.
Bitta mag‘izli taqilm a (1-rasm ). Mag‘izning
o‘ngini asosiy detaining teskarisiga qaratib
qo‘yib, taqilma
qirqimi asosiy detal
tomonidan ag‘darma chok bilan tikiladi.
Bunda ag‘darm a chok qirqim uchiga borib
yo‘q bo‘lib ketishi kerak. (1-rasm, a). Mag‘iz
asosiy detaining o‘ng tomoniga bukiladi.
Mag‘izning tikilmagan
chetini ichkari tom onga bukib, bostirma chok bilan tikiladi.
Bunda mag‘iz ulangan chok yopilib ketishi, qistirma izma esa bir yo‘la tikib ketilishi
kerak (1-rasm, b). Mag‘iz asosiy detal teskarisiga bukib dazmolanadi. Taqilmaning uchi
butun eni bo‘ylab ikkita qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. (1-rasm, v). Adipli
taqilma(2 -rasm ).Adipning tashqi qirqimlari yo'rm aladi yoki ichkariga bukib universal
m ashinada tikiladi. Adip asosiy detalga o'ngini o‘ngiga qaratib qo‘yiladi va asosiy detal
tomonid tikiladi, chok haqqi baxyaqatorga 0,1 sm yetmay kertib qo'yiladi. Adip asosiy
detal teskarisigaag'dariladi vaasosiy detaldan kant hosil qilib dazmollanadi yoki ziylari
ko‘klab qo‘yiladi. 8-10 sm oraliqda qo'ldayashirin qaviq solib, adip asosiy detalga chatib
qo‘yiladi. 0 ‘tqazma qopqoqli taqilma (3-rasm). Qopqoq o‘ngini ichkariga qaratib
uzunasiga ikki bukiladi va yuqori cheti ag‘darm a chok bilan tikiladi. Qopqoq o ‘ngiga
ag‘darilib, choki to‘g‘rilanadi va yuqorisi bilan yon tom ondagi bukilgan ziylari dazm
ollanadi. Chap va o‘ng qopqoqning tikilm agan yon chetlari asosiy detaining o‘ngiga
belgilangan chiziq bo‘ylab ulanadi. Bu chiziqlar orasi
esa qopqoqlaming tayyor
bolgandagi eniga teng bo‘ladi. Burchak joylarda chok haqi asosiy detal tomondan qirqib
qo‘yiladi. O‘ng qopqoqni chop qopqoq ustiga qo‘yib, pastki uchlari to‘g‘rilanadi va
universal mashinada ikkita yoki uchta qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Qopqoqlar
ulangan choklari bilan pastki qirqimlari maxsus mashinada yo‘rmaladi.