• 3. Shim va yubkalarga uzul kesil ishlov berish.
  • Shim va yubka old bo’lagiga «molniya» taqilmani bir tomoniga yaqin qilib ulash  2. Shim va yubkalarga belbog`larini tayorlash




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
     
    Shim va yubka old bo’lagiga «molniya» taqilmani bir tomoniga yaqin qilib ulash 
    2. Shim va yubkalarga belbog`larini tayorlash. Belbog’ teskarisiga yelim qotirimani 
    yelimli tamonini qo’yib, dazmol yordamida yopishtiriladi va tekislanadi. Belbog’ belda 
    yaxshi turishi uchun, buklangan qismi kirishtirib, ochiq qirqimi esa cho’zib dazmollanadi. 
    Belbog’ o’ngini ichkariga qaratib uzunasi bo’ylab ikki bukib, to’g’rilanadi, ochiladigan 
    tomoni to’g’ri sirma qaviq ko’klanadi. Chok haqi 0,5 mm. Chok haqidan 2-3 mm 0,7 mm 
    qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Belbog’ uchlari dukkha yordamida o’ngiga 
    ag’dariladi. Belbog’ uchlarining ziylari maxsus mashinada qo’lda to’g’ri sirma qaviq 
    bilan ko’klanadi. Belbog’ belbog’ni o’rtasidan uzunasi bo’ylab dazmollanadi. qaviqqator 
    iplari izma ochib bo’lgandan keyingina so’kib tashlanadi. Shim va yubkani o’ngiga 
    belbog’ni o’ngini qaratib, qirqimlarni, kertimlarni to’g’rilab to’g’nog’ichlar bilan 
    to’g’nab qo’yiladi va 1 sm biriktirma chok bilan biriktiriladi. Belbog’ni biriktirayotganda, 
    yubka old bo’lagining yon qirqimiga 2 sm yetkazmay, ilmoq qo’shib tikiladi. Ilmoq 
    uzunligining tayyor holati 6-12 sm. Belbog’ ulangan chokni belbog’ tomonga yotqizib, 


    avval sirma qaviq bilan ko’klanadi, so’ngra past bosim bilan dazmollanadi. Belbog’ 
    pastki qirqimini ichkariga 0,8-0,9 smga bukib, belbog’ ulangan bahyaqatorni 0,2-0,3 sm 
    yopadigan qilib bukib ko’klanadi. Belbog’ o’ngi tomonidan bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm 
    oraliqda bezak bahyaqator yuritiladi. Ko’klangan iplar sukib tashlanadi va dazmollanadi. 
    3. Shim va yubkalarga uzul kesil ishlov berish. Izmalar o’rni belgilangandan so’ng 
    maxsus mashinada asosiy gazlama rangiga mos ip bilan yo’rmalanadi. Shim va yubkadagi 
    iplarni qoldiqlarini, iplarini, bukib ko’klangan iplarni va h.k.lar qirqib tashlanadi, bo’r 
    yoki sovun izlari cho’tka yoki yubka gazlamasidan olingan gazlama parchasi bilan 
    tozalanadi. Shim va yubka belbog’idan boshlab dazmollanadi, belbog’ni teskarisiga 
    dazmol mato qo’ymay dazmollanadi. Shim va yubka etagini ishchiga qaratib qo’yiladi va 
    navbati bilan joyidan surib dazmollanadi. Shim va yubka bukish haqi izlari o’ngi tomonga 
    botib chiqmasligi uchun, bitta dazmol matoni taxlab bukish haqiga tutashtirib qo’yiladi, 
    ikkinchi dazmol matoni namlab etak dazmollanadi. Yubka o’ngi tomonidagi hosil 
    bo’lgan yiltiroq joylarni namlangan dazmol- mato qo’yib dazmollab yo’qotiladi. Yubka 
    yaxshi qurishi uchun, uni ilib osib qo’yiladi. Ikki teshikli tugmalarni 30-40 raqamli oddiy 
    ip bilan, 5-6 ta qaviq bilan chatiladi. Temir ilgaklar 40-raqamli oddiy ipda 4-5 ta qaviq 
    bilan chatiladi.

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shim va yubka old bo’lagiga «molniya» taqilmani bir tomoniga yaqin qilib ulash  2. Shim va yubkalarga belbog`larini tayorlash

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish