solib
tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib dazmollanadi. Shim yuqori qirqimiga
belbog’ni-belbog’ tomondan 1 sm chok solib ulanadi. Modelda kamar tutkichlar
mo’ljallangan bo’lsa, ular o’ngini shim old bo’lagi o’ngiga qaratib qo’yiladi, belbog’
ulanayotganda qo’shib tikiladi. Belbog’ ulangan chok yorib dazmollanadi. Kamar
tutkichlarni 0,3-0,4 sm bo’shroq qoldirib, ularning yuqori uchi belbog’ yuqori qirqimiga
tikiladi. Cho’ntak xaltalar to’g’rilanib,
belbog’ ulangan chokka qo’lda yoki
maxsus mashinada ko’klanadi. Ort
bo’laklar chokining yuqori qismi 15-18
sm uzunlikda 1 sm biriktirma chok bilan
tikiladi. Bu chok yorib dazmollanadi.
O’rta chok haqqi kengroq qoldiriladigan
bo’lsa, belgilangan chiziqlar bo’ylab
tikiladi. Ort bo’laklar o’rta choki, ularga
belbog’ va belbog’ astari ulab olingandan
keyin tikilsa ham bo’ladi. Bunda chap va
o’ng bo’laklardagi belbog’
va astar
ulangan
choklar
bir-biriga
to’g’ri
keltirilib, o’rta chok, belbog’ choki va
uning astar choki bir vaqtda tikiladi. Keyin hamma choklar yorib dazmollanadi. Belbog’
astari gulfikka va tugma joyi astariga hamda belbog’ astari bilan avrasining yuqori
qirqimlari bir-biriga ulanadi, ayni vaqtda kamar tutkichlarni yuqori uchi ham qo’shib
tikiladi. Belbog’ o’ngiga ag’darilib, astar ulangan chok to’g’rilanadi va belbog’ avrasidan
0,2-0,3
sm kant hosil qilib, yuqori ziyidan 0,7-1,0 sm narida ko’klanadi. Ayni vaqtda
gulfikning astarining pastki ziyi, tugma joy astarining ichki ziyi qo’lda yoki maxsus
mashinada old va ort bo’laklar o’ngi tomondan ilintirib ko’klanadi. Bunda baxyaqator
belbog’ va tugma joyi ulangan choklardan 0,5 sm masofada yuritiladi. Shu bilan birga
orqa va yon cho’ntak xaltalarning yuqori qirqimlari ham shim avrasiga ko’klab ketiladi.
Shim bo’laklarining o’ngi tomonidan belbog’ va tugma joy ulangan choklardan 0,2 sm
masofada bostirma chok tikiladi. Ayni vaqtda yon choklar cho’ntak yuqorisidagi
qismining ikki yoniga hamda ort bo’laklardagi vitochkalar
ikki yoniga bostirma chok
yuritiladi. Bu bostirma chok taqilma kertimidan boshlanib, oval shaklidagi belgi chiziq
bo’ylab davom etib, keyin taqilma ziyidan 4 sm masofada belbog’ bo’ylab tikiladi.
Belbog’ astariga oldin qotirma qo’yib olinmaydigan bo’lsa, qotirma belbog’ avrasiga
ilintirib ko’klanadi. Belbog’ avrasi shim tagiga, ularning yuqori qirqimlari to’g’rilanib,
o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, shimning teskri tomoning ustiga belbog’ astari
va uning o’ngini pastga qaratib qo’yiladi. Bu uchala bo’lakning qirqimlarini bir-biriga
to’g’rilab, shu qirqimlardan 0,8-1,0 sm narida belbog’ astari tomondan baxyaqator
tikiladi. Belbog’ astari tomonidan
baxyaqator yuritib tikiladi,. Belbog’ avrasi bilan
astarining yuqori cheti ichkari tomonga 0,7 sm kenglikda bukib tikiladi. Bunda
baxyaqator bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofa o’tadi. Belbog’ bir ignali mashinada
ulanishda astar bilan qotirma o’rniga tasma qo’yiladigan bo’lsa, oldin belbog’ avrasini
ulab olinib, hosil bo’lgan chok belbog’ tomonga yotqizib dazmollanadi. Belbog’ yuqori
qirqimi teskarisi tomonga 0,7 sm bukiladi. Uning ustiga tasma qo’yib, belbog’ avrasidan
0,1 sm kant hosil qilib tasmaning yuqori cheti bo’ylab bostirib tikiladi. Tasmaning pastki
cheti esa belbog’ ulangan chok ustiga bezak baxyaqator yuritayotganda tikiladi.
Belbog’ qo’sh ignali mashinada ulanadigan bo’lganda
ham unga astar yoki
tasma qo’yilishi mumkin. Belboqqa astar qo’yiladigan bo’lsa, qotirma avraga ko’klab