• Kichik guruhlar bilan ishlash
  • Mavzu №16 Kiyimni bel va etak qirqimlariga ishlov berish. Reja
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
     


     
    1ilova 
    Tezkor savollar 
     
    1
    . Kiyimni bel qismiga qanday ishlov beriladi ? 
    2. Kiyimni bel qismida qanday vitochkalar bo`ladi ?
    3. Kiyimni etak qismilariga ishlov berish ishlari qanday? 
    2-ilova 
    Kichik guruhlar bilan ishlash 
    1- Kiyimni bel qismidagi bel payastini qanday tayorlanadi ? 
    2- Kiyimni bel qismiga rezinali usulda qanday ishlanadi ? 
    3- Kiyimni etak qismiga qanday qo`shimchalar qo`yiladi ?


    Mavzu №16 Kiyimni bel va etak qirqimlariga ishlov berish. 
    Reja: 
    1. Kiyimning bel qismiga ishlov berish.
    2. Kiyimning etak qismiga ishlov berish. 
    3. Kiyimga qo`shimcha bezak berish
    1. Kiyimning bel qismiga ishlov berish. Ko‘ylakning ko‘krak qismi bilan yubkasi 
    biriktirma yoki bostirma chok bilan ulanadi. Biriktirma chok bilan ulashda ko‘krak qismi 
    yubka orasiga, ularning o‘ngi bir-biriga qaratib kiritilib, belgi chiziqlari bilan yon 
    choklari to‘g‘ri keltiriladi va universal mashinada ko‘krak qismi tomondan biriktirib 
    tikiladi. Bunda bir ignali yoki qo‘sh ignali mashinada baxyaqator yuritiladi. Bitta 
    baxyaqator yuritiladigan bo‘lsa, yubka qirqimi chetiga uqa qo‘yib tikiladi. Тikish paytida 
    detallardan birida burma hosil qilinadigan bo‘lsa, baxyaqator shu detal 
    tomondan yuritiladi. Ko‘krak qismi bilan yubkasi bostirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, 
    ko‘krak qismining pastki cheti o‘ngidan bo‘rlab olinadi. Shu chiziq bo‘ylab pastki chetini 
    teskari tomonga bukib, maxsus mashinada yoki qo‘lda ko‘klanadi. Ko‘ylak ko‘krak 
    qismining pastki cheti dazmollanadi va ko‘krak qismi yubkaning o‘ngiga bezak 
    baxyaqator kengligida bostirib tikiladi. Ko‘krak qismi bilan yubka murakkab shaklli 
    bo‘lsa, ko‘krak qismining qirqimi adiр qo‘yib, ag‘darma chok bilan tikiladi. Burchaklarda 
    chok haqining ortiqcha qismi qirqib tashlanadi, kerakli joylariga kertimlar berib, adiр 
    o‘ngiga ag‘dariladi, choklar tekislanadi va ko‘klab chiqiladi, keyin yubka qismiga 
    belgilangan chiziq bo‘yicha bostirib tikiladi
    Ko‘krak qismini yubkaga ulash chokida bezak kant yoki qo‘yma burma bo‘lsa, oldin 
    qo‘yma burmani tayyorlab olinadi, burmani tekis taqsimlab yubkaga yoki ko‘krak 
    qismiga ulab olinadi. Bezak kantni esa o‘ngini tashqariga qilib, keyin detallardan biriga 
    bukilgan ziyini asosiy detal tomonga qaratib ulab olinadi. Bunda baxyaqator tayyor kant 
    kengligida yuritiladi. Ko‘krak qismi bilan yubka bezak detallar ulangan chok ustidan 
    baxyaqator yuritib ulanadi

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish