• 3. Kiyimga qo`shimcha bezak berish.
  • Ko‘ylakning etak qismiga ishlov berish




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка
    2.Ko‘ylakning etak qismiga ishlov berish.Ko‘ylak etagini tikish uchun uning old 
    bo‘lagi bilan orqa bo‘lagi o‘rtasidan 
    buklanib va yon choklari, vitachkalari, 
    taxlamalari, bel choki to‘g‘ri keltirilib, stol 
    ustiga yozib qo‘yiladi. Etagining ustiga 
    andaza qo‘yilib, ikkita chiziq tortib 
    bo‘rlanadi. Ulardan birinchisi bo‘ylab etak 
    qirqib tekislanadi, ikkinchisi bo‘ylab esa 
    etak ichkariga bukiladi. Ko‘ylakning 


    choklari kertiladi va etagining bukish haqidan 2–4 sm yuqorisigacha yorib dazmollanadi. 
    Ko‘ylak etagi kengaya bormay to‘g‘ri tushgan bo‘lsa, uni bo‘rlab o‘tirmay buklaydigan 
    moslamasi bor universal mashinada tikiladi. Chok oxiri esa moslamasiz tikiladi. Klesh 
    etakli kiyimlar etagini oldin belgilangan chiziq bo‘yicha bukib, ikkita baxyaqator yuritib, 
    ko‘klab olinadi. Bunda birinchi baxyaqator buklangan ziydan 1 sm oraliqda, ikkinchisi 
    esa bukish haqi qirqimini ichkariga qaytarish bilan bir vaqtda shu qayrilgan ziy bo‘ylab 
    yuritiladi. Zich to‘qilgan gazlamalardan va velvetkord tiрidagi iр gazlamalardan tikilgan 
    ko‘ylaklar, shuningdek, plisse, gofre yubkalar etak qirqimlari yo‘rmab qo‘yiladi. Ko‘ylak 
    etagining bukish haqi belgilangan chiziq bo‘ylab bukilib, yashirin baxyali mashinada 
    tikib qo‘yiladi. Ko‘ylakning etagi ochiq qirqimli bukma chok bilan ham ishlov berilishi 
    mumkin, bunda avval ochiq qirqim yo‘rmab olinadi, so‘ngra etak tikib qo‘yiladi. 
    Тitiluvchan gazlamadan tikiladigan ko‘ylak etagiga maxsus tasma ulab, keyin asosiy 
    detalni teskarisiga bukib maxsus mashinada tikish mumkin. 
    3. Kiyimga qo`shimcha bezak berish. Kiyim etagiga bezak mag‘iz yoki beyka qo‘yib 
    tikiladigan bo‘lsa (5.64-h, i rasm), maxsus buklagich yordamida bir ignali yoki qo‘sh 
    ignali mashinada bostirib tikiladi, yoki universal mashinada oldin kiyim etagining 
    teskarisiga mag‘iz o‘ngini qo‘yib, ulab olinadi. 
    Keyin mag‘izning asosiy detal o‘ngiga qaytarib, ochiq qirqimini bukib bostirib tikiladi. 

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish