• 3. Ayollar kiyimga qo’shimcha bezaklar berish
  • Gazlamani hossasiga qarab bo`lak qirqimlariga ishlov berish




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
    Gazlamani hossasiga qarab bo`lak qirqimlariga ishlov berish. Bichiladigan 
    gazlamaning va bo`lajak kiyimning turiga qarab, gazlama asosan "o`ngini pastga qaratib 
    yalang" qavat yoki "o`ngini o`ngiga qaratib yalang qavat" to`shaladi. Ikkala holda ham 
    gazlama eniga to`la ochib yuborilib to`shalishi kerak. O`ngini pastga qaratib to`shaganda, 
    kiyimning barcha detallari to`shamaning bitta qavatidan chiqishi kerak. O`ngini o`ngiga 
    qaratib yalang qavat to`shalganda esa, bitta kiyimning detallari to`shamadagi ikkita 
    qo`shni qavatdan chiqariladi, shuning uchun to`shama qavatlari juft bo`lishi, kiyimlar esa 
    simmetrik juft detallardan iborat bo`lishi kerak. O`ngini o`ngiga qaratib to`shash 
    andazalarni joylashtirishni sonlashtiradi, gazlama 1,5-2,0 % kam sarf bo`ladi va o`ngini 
    pastga qaratib to`shalgandagidan 15-20 % kamayadi va andazalarni zichroq joylashtirish 
    mumkin. Gazlama to`shalayotganda barcha detallaridagi tuklar bir tomonga qarab turishi 


    zarurligini nazarda tutish kerak. Katak, yo’l-yo’l, gullari ma`lum tomonga qaragan 
    gazlamalar to`shalayotganda, barcha qavatlarda gazlama gulini bir tomonga yo`naltirib 
    to`shash kerak. Yo`nalishi aniq bo`lmagan yoki sezilar-sezilmas mayda gulli gazlamalar 
    sidirg`a gazlamalar to`shalganidek to`shalaveradi. Bir to`shamada gullari yoki artikullari 
    har xil gazlamalar bo`lgan takdirda, avval bir xil gulli yoki bir xil artikulli gazlamalarni 
    to`shab bo`lib, keyin ikkinchi gulli yoki ikkinchi xil artikulli gazlamalar to`shaladi. 
    3. Ayollar kiyimga qo’shimcha bezaklar berish. Listochka detali cho'ntak xalta 
    vazifasini ham o'taydigan bo'lsa, listochka kengligi belgilab olinadi. Shu belgi-chiziq 
    bo'ylab listochkaning o'ngi ichkariga qaratib buklanadi va orasiga qotirma qo'yib yoki 
    yelimli qotirma yopishtirib, listochka yon tomonlari ag'darma chok bilan tikiladi, chok 
    kengligi 0,5-0,7 sm Listochka uchlaridagi ortiqcha gazlama qirqib tashlanadi va listochka 
    o'ngiga ag'dariladi. Listochka burchaklari to'g'rilab dazmollanadi va ostki listochka 
    tomonda ulash chizig'i belgilanadi. Asosiy detalga cho'ntak o'rnini belgilab, listochka shu 
    belgi chiziqlarni bir-biriga to'g'ri keltirib ulanadi. Listochka ulangan bahyaqatordan 0,7-
    1,0 sm oraliqda ko'rinma vazifasini ham o'taydigan cho'ntak, xaltaning ikkinchi bo'lagi
    asosiy detalga 0,7-l,0sm oraliqda ulanadi. Cho'ntak xalta uchlarini teskari tomonga
    ag'darib, cho'ntak xaltaning uchta tomoni biriktirib tikiladi va yo'rmalanadi. Cho'ntak 
    xaltani tikishda cho'ntak uchlari qaytma bahyaqator bilan puxtalanadi va chokni l,0sm 
    kengaytirib, biriktirib tikiladi. Listochka uchlari qo'lda yashirin qiya qaviq bilan chatib 
    yoki universal mashinada bahyaqator yuritib puxtalanadi. Bahyaqator kengligi modelga 
    bog'liq

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazlamani hossasiga qarab bo`lak qirqimlariga ishlov berish

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish