6
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
I. ISHCHI DASTUR
KIRISH
Dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda tasdiqlangan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim
muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini
joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-son, 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son va 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fanni 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF6097-sonli
Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23
sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 797-sonli Qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan
kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining
kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or
xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga
joriy etish ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning
tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejalari asosida
shakllantirilgan bo‘lib, uning mazmuni o‘quv jarayonini tashkil etishning
zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, ta’lim jarayonini raqamlashtirish
sharoitida pedagoglarning raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish, masofiviy ta’lim
texnologiyalari va raqamli ta’lim resurslari asosida ta’lim jarayonini loyihalash kabi
o‘qitishning zamonaviy shakllarini qo‘llash bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Ishchi dastur doirasida berilayotgan mavzular tinglovchilarda raqamli
kompetentlik va uning tarkibiy tuzilmasini o‘zlashtirish, raqamli ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan o‘qitish metodlarini qo‘llash
borasidagi zaruriy yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni hamda kompetensiyalarni
takomillashtirishga xizmat qiladi.