Kirish
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
28
yanvardagi
PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”da
2026 yilga qadar o‘quv
dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda
joriy etish,
Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini
oshirish, davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish,
shu jumladan ular tomonidan mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt
miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, davlat oliy
ta’lim muassasalarining tegishli huquq va vakolatlarini aniq belgilash, 2026 yilga
qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga
kirishga maqsadli tayyorlash, oliy ta’lim muassasalarining QS va TNE xalqaro
reytinglariga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish, salohiyati va o‘ziga xos
xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan
maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash kabi vazifalarni amalga oshirish
belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019
yil
8
oktabrdagi
PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli
texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga
keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim
yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy
etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab
berilgan.
Shuningdek, mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish,
odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan
mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim
tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat
berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi
islohotlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu modul OTM larda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy-
tadqiqot faoliyat bilan endi shug‘ullanishni boshlagan yosh olimlar uchun
mo‘ljallangan. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarini dunyo
mintaqalarida tanitish borasida olib borilayotgan eng dolzarb islohotlar talablari
asosida tadqiqot ishlarini xalqaro formatda olib borish, ilmiy tadqiqot natijalarini
tijoratlashtirish, litsenziyalash va ilmiy nashrlarda chop etishga oid nazariy
tushunchalar hamda uslubiy va amaliy tavsiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan.
Mazkur modul nufuzli xalqaro ilmiy nashrlar tomonidan talab etiladigan bir
qator zamonaviy uslublar asosida natijalarni tartibli, ketma-ketlikdagi tahlil va bayon
asosida ilmiy maqola shakliga keltirish, ularda tadqiqotlar samaradorligi va istiqbolini
oshiruvchi muhim maxsus dasturlardan o‘rinli foydalanish qoidalari va ko‘rsatmalariga
amal qilishda misol, namuna, dalil va izohlar kabilarga tayanilganligi tadqiqotchilar
uchun tushunish va o‘zlashtirishda yengilliklar taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
Innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqot natijalarining xalqaro formatda yoritilishi
nuqtai nazariga muvofiq, o‘rinli holatlarda o‘zbek va ingliz tillarida asoslangan ilmiy
yondashuvlar o‘z ma’nosida tushunarli bo‘lishi dolzarblik kasb etadi. Bu xalqaro
formatda ilmiy maqolalarni sifatli tayyorlash va nashrga berish bo‘yicha yetarli
ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘lish asnosidagi ob’ektiv zaruriyat bo‘lish bilan birga
IMRAD uslubiy jihatlar, pirovardida, ilmiy maqolaning munosib darajadagi betakror
shakl va mazmun, natija va qiymatlikda tayyorlanishiga salmoqli yordam beradi.
Ishchi dastur doirasida berilayotgan mavzular tinglovchilarda ilmiy va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasidagi zaruriy yangi bilim, ko‘nikma va
malakalarni hamda kompetensiyalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.