95
C/C++ dasturlash tillarida dasturning parallel muhitda aniqlangan statik
о‘zgaruvchilar umumiy (shared) о‘zaruvchi hisoblanadi. Dinamik ajratilgan xotira
ham umumiy hisoblanadi, ammo kо‘rsatgich ham umumiy, ham lokal bо‘lishi
mumkin.
OpenMP da parallel muhitdagi о‘zgaruvchilar 2 turga bо‘linadi:
•
shared (umumiy, hamma oqimlar ushbu turdagi о‘zgaruvchilarni
kо‘radi);
•
private (lokal, har bir oqim о‘zgaruvchining nusxasini о‘zida kо‘radi).
Umumiy о‘zgaruvchi hamma qismlar uchun har doim faqat bitta nusxada
bо‘ladi va barcha oqimlarga bitta nomda bо‘ladi. Lokal о‘zgaruvchilar e’lon
qilinganda, har bir oqim uchun bir xil tipdagi va о‘lchamdagi nusxalari yaratiladi.
Bitta oqimdagi lokal о‘zgaruvchining qiymati о‘zgarsa ham qolgan oqimlardagi
nusxalariniki о‘zgarmaydi.
Bundan tashqari dasturning kod qismida har bir kvadrat matritsa ustida
parallelashtirish amallari qо‘llanilgan. for siklida oqimlarga ajratish