Qishloq xo'jaligida seleksiya ishlarini rivojlantirish reja




Download 33.06 Kb.
bet1/8
Sana09.04.2024
Hajmi33.06 Kb.
#192536
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SELEKSIYA ISHLARINI RIVOJLANTIRISH
Online, Samarqand davlat universiteti, Ko\'tarish, transport mashinalari (Sh.Shoobidov, S.Musayev), KAMQONLIK TURLARI VA SABABLARI, Telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari

QISHLOQ XO'JALIGIDA SELEKSIYA ISHLARINI RIVOJLANTIRISH
Reja:

  1. Seleksiya haqida

  2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlari qayta tiklanadi

  3. Qishloq xo’jaligida seleksiyaning o’rni va kelajagi.

Qishloq xo’jaligi ekinlaridan har yili yuqori va sifatli hosil olib, aholini ertangi yoki yil davomida mo'1-ko'l oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan yetarli darajada ta'minlashda muayyan sharoit dehqonchilik talablariga mos keladigan serhosil nav va duragaylar yaratish, ularni qishloq xo'jaligi korxona va fermer xo'jaliklarining dalalariga keng joriy etishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chunki nav (duragay) ekinlarni o'stirish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun respublikamiz hukumati qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish, katta maydonlarda joriy etish uchun seleksiya va urug'chilik ishlarini tubdan yaxshilashga alohida e'tibor berib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 29-30- avgustda «Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi, «Urug'chilik to'g'risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir. Bu Qonunlarni hayotga tatbiq etish, mamlakatimiz qishloq xo'jaligini jadal sur'atlar bilan rivojlantirish seleksiya va urug'chilik fani oldiga mas'uliyatli vazifalar qo'ymoqda. Dehqonchilikdagi asosiy vazifa ekinlar hosildorligini oshirish, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir. Hosildorlikni esa asosan, ikki yo'1, birinchidan, ekin joylashgan tashqi muhitni agrotexnik choratadbirlar orqali o'simlik talabiga moslashtirib, har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun ekin o'stirishning mintaqaviy texnologiyasini ishlab chiqish orqali, ikkinchidan, seleksiya usullari bilan o'simlikning o'ziga bevosita ta'sir etib, qimmatbaho belgi-xususiyatlarga ega navlar yaratish orqali oshirish mumkin.


Qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish bilan seleksiya fani shug'ullanadi. «Seleksiya» lotincha so'z bo'lib, tanlash ma'nosini bildiradi. «Seleksiya» - yangi navlar yaratish va ekinlarning ekilib kelinayotgan navlarini yaxshilash usullarini o'rganadigan fandir. Dehqonchilik paydo bo’lgan ilk bosqichlarda tabiatda mavjud bo'lgan yoki ekilib kelinayotgan o'simliklardan eng yaxshilarini tanlab olish asosida nav yaratish seleksiyaning yagona usuli edi. Hozirgi tanlash tushunchasi qadim zamonlardagi seleksiyaning ish mazmuniga mos keladi. Ayni vaqtda seleksiya so'zining ma'nosi kengaydi, natijada u nav yaratish sohasida olib borilayotgan ishlar ko'lamini to'liq aks ettira olmay qoldi. Hozirgi zamon seleksiyasi dastlabki materialni yaratish, tanlash, irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganish, yangi o'simlik shakllari (xillari)ni tanlashni o'z ichiga oladi. Seleksiyada turli usullar (duragaylash, mutatsiya, poliðloidiya, geterozis, gen injeneriyasi, biotexnologiya va h.k.) qanchalik ko'p qo'llanilsa, yangi nav yaratishda tanlashning ijodiy roli va imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Shuning uchun tanlash hamma vaqt seleksiya jarayonida ajralmaydigan haqiqiy usul bo'lib qolaveradi. Chunki, seleksiya ishi qaysi yo'1 bilan olib borilmasin, tanlash ishlari o'tkaziladi. Seleksiya fani «Dala ekinlarining urug'chiligi» fani bilan chambarchas bog'liqdir. Lekin urug’chilikni seleksiyaning bir qismi yoki uning davomi deb bo'lmaydi. Urug'chilik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog'i bo'lib, uning asosiy vazifasi qishloq xo'jaligi korxonalari va tomorqa xo'jaliklarning yuqori sifatli navli urug'larga bo'lgan ehtiyojini to'liq ta'minlashdir. Urug'chilik fan sifatida quyidagi masalalar bilan shug'ullanadi: navli urug'likni ko'paytirish, ularni toza holda (nav tozaligini ta'minlab) saqlash, navning irsiy, xo'jalik-biologik belgi va xususiyatlarini saqlash, barcha choralar bilan urug'ning sifatini yaxshilash. Qonunlarning qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir. Bu Qonunlarni hayotga tatbiq etish, mamlakatimiz qishloq xo'jaligini jadal sur'atlar bilan rivojlantirish seleksiya va urug'chilik fani oldiga mas'uliyatli vazifalar qo'ymoqda.
Dehqonchilikdagi asosiy vazifa ekinlar hosildorligini oshirish, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir. Hosildorlikni esa asosan, ikki yo'1, birinchidan, ekin joylashgan tashqi muhitni agrotexnik choratadbirlar orqali o'simlik talabiga moslashtirib, har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun ekin o'stirishning mintaqaviy texnologiyasini ishlab chiqish orqali, ikkinchidan, seleksiya usullari bilan o'simlikning o'ziga bevosita ta'sir etib, qimmatbaho belgi-xususiyatlarga ega navlar yaratish orqali oshirish mumkin. Qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish bilan seleksiya fani shug'ullanadi. «Seleksiya» lotincha so'z bo'lib, tanlash ma'nosini bildiradi. «Seleksiya» - yangi navlar yaratish va ekinlarning ekilib kelinayotgan navlarini yaxshilash usullarini o'rganadigan fandir. Dehqonchilik paydo bo’lgan ilk bosqichlarda tabiatda mavjud bo'lgan yoki ekilib kelinayotgan o'simliklardan eng yaxshilarini tanlab olish asosida nav yaratish seleksiyaning yagona usuli edi. Hozirgi tanlash tushunchasi qadim zamonlardagi seleksiyaning ish mazmuniga mos keladi. Ayni vaqtda seleksiya so'zining ma'nosi kengaydi, natijada u nav yaratish sohasida olib borilayotgan ishlar ko'lamini to'liq aks ettira olmay qoldi. Hozirgi zamon seleksiyasi dastlabki materialni yaratish, tanlash, irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganish, yangi o'simlik shakllari (xillari)ni tanlashni o'z ichiga oladi. Seleksiyada turli usullar (duragaylash, mutatsiya, poliðloidiya, geterozis, gen injeneriyasi, biotexnologiya va h.k.) qanchalik ko'p qo'llanilsa, yangi nav yaratishda tanlashning ijodiy roli va imkoniyatlari shunchalik ortadi. Shuning uchun tanlash hamma vaqt seleksiya jarayonida ajralmaydigan haqiqiy usul bo'lib qolaveradi.
Chunki, seleksiya ishi qaysi yo'1 bilan olib borilmasin, tanlash ishlari o'tkaziladi. Seleksiya fani «Dala ekinlarining urug'chiligi» fani bilan chambarchas bog'liqdir. Lekin urug’chilikni seleksiyaning bir qismi yoki uning davomi deb bo'lmaydi. Urug'chilik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog'i bo'lib, uning asosiy vazifasi qishloq xo'jaligi korxonalari va tomorqa xo'jaliklarning yuqori sifatli navli urug'larga bo'lgan ehtiyojini to'liq ta'minlashdir. Urug'chilik fan sifatida quyidagi masalalar bilan shug'ullanadi: navli urug'likni ko'paytirish, ularni toza holda (nav tozaligini ta'minlab) saqlash, navning irsiy, xo'jalik-biologik belgi va xususiyatlarini saqlash, barcha choralar bilan urug'ning sifatini yaxshilash.
Seleksiya ta'limotini vujudga keltirish va boyitishda xalq seleksionerlarining yutuqlari katta ahamiyatga ega.
Yangi nazariy tushunchalar asosida yangi nav yaratish ishi takomillashdi va kengaydi. Seleksiyaning hozirgi rivojlanishida nazariya bilan amaliyot bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. O'simliklar seleksiyasi o'zining vazifalari va ish usullariga muvofiq holda populatsiya va nav ustida ish olib boradi. Yangi nav yaratish uchun populatsiyada ro'y beradigan o'zgaruvchanlikni o'rganish va undan foydalanish seleksiya ishining muhim tarkibiy qismidir. Seleksioner sun'iy tanlashdan foydalanib, ekinlarning yangi navlarini nisbatan qisqa muddatda yaratish imkoniyatiga ega bo'ldi. Akademik N. I. Vavilovning ta'rificha, «Seleksiya - inson tomonidan boshqariladigan va yo'naltiriladigan amaliy evolutsiya»dir.

Download 33.06 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 33.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo'jaligida seleksiya ishlarini rivojlantirish reja

Download 33.06 Kb.