Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi




Download 27.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi27.57 Kb.
#39246
1   2   3
Bog'liq
raqamli iqtisodiyot, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi
uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois Prezidentimiz
qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo'lgan
huquqning kafolatlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra,
yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 60
foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida
yo'qotiladi.
Jahon suv resurslari instituti tahminlariga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv o'ta
tanqis bo'lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin.
Shu bois davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratib, suvdan foydalanish
samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar maydonda
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish zarurligini ta'kidladi. Ushbu yo'nalishlar
ishlab chiqilayotgan strategiyada o'z aksini topishi kerakligi aytildi.
Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va davlat xaridlari tizimini
takomillashtirish masalalari muhokama qilinar ekan, budjet mablag'larining asosiy
qismini yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ilm-
fanni rivojlantirishga sarflash lozimligi ko'rsatib o'tildi.
Sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmini ko'paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon
tajribasi tahlil qilindi.
Masalan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming dollarlik, Misrda 8 ming dollarlik, Isroilda 12
ming dollarlik mahsulot yetishtiriladi. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich 300 dollardan
oshmayapti. Doim bir xil standartdagi tovar yetkazib berish yo'lga qo'yilmagani sababli
mahsulotlarimiz tashqi bozorda raqobatlasha olmayapti.
Yig'ilishda mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab
mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar
berildi.
Bu borada tomorqa xo'jaliklari ham katta rezerv ekani, "bir mahalla – bir mahsulot"
tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish
lozimligi qayd etildi.
Xizmat ko'rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat
yo'qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati
2 / 3



Download 27.57 Kb.
1   2   3




Download 27.57 Kb.
Pdf ko'rish