Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishi 4 bosqich 2-guruh talabasi Sultonov Xurshid avtomatika asoslari va ishlab chiqarishni jarayonlarini avtomatlashtirish fanidan mustaqil ishi




Download 148.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2023
Hajmi148.36 Kb.
#38493
Bog'liq
4-маруза такдимоти
Rangtasvir, doc, Mustaqil ish mavzulari, gulsanam712.22.1.3.dasturlashdocx


Mavzu: Shifrator va
Deshifratorlar


Reja:
• Kirish
• SHIFRATOR.
• DESHIFRATOR


• Shifrator. Deshifrator. To‘liq emas va to‘liq
kombinatsion mantiqiy qurilmalar. Yetti segmentli
yorug‘lik indikatori. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti
segmentli kodga o‘zgartirish. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti
segmentli indikatorda akslanishi.
• O‘nlik, sakkizlik yoki o‘noltitalik sanoq tizimidagi
raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o‘nlik kodga
o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma –
shifrator yoki koder deb ataladi.


• Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, 
kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli
parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga
ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2 n dan kam
bo‘lmasligi kerak. 2n kirish va chiqishga ega bo‘lgan
shifrator to‘liq , agar shifrator kirishlari soni 2 n dan kam
bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi. Shifrator chiqishlari soni
doim kirishlari sonidan kam bo‘lganligi sababli, aloqa
liniyalari cheklangan hollarda turli qurilmalar o‘rtasida
ma’lumot almashish uchun ham qo‘llaniladi. 0 dan 9 
gacha bo‘lgan o‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga
o‘girishda shifrator qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz. 
O‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga o‘girishda (yoki
aksincha hollarda) har bir o‘nlik raqam to‘rtta ikkilik
raqam bilan almashtiriladi. O‘nlik raqamlar mos ravishda
boshqaruv pultining i=0,1,2…9 sonlarini bosish orqali
kiritilayotgan bo‘lsin. Shifrator holatini haqiqiylik jadvali
(7.1-jadval) yordamida tadqiq etish mumkin. 


• Bunday shifratorning to‘liq haqiqiylik jadvali turli kirish
o‘zgaruvchilari uchun (210 - 10)=1014 ta kombinatsiyadan
tashkil topgan bo‘lishi kerak edi. Mazkur shifrator ishi
davomida qo‘llanilmaydigan turli mantiqiy o‘zgaruvchilar
to‘plamini olib tashlash hisobiga, chiqishdagi o‘zgaruvchilar
soni to‘rttagacha qisqartirilgan. Mazkur shifratorning kirishlari
soni 2 n =16 dan kam bo‘lganligi sababli, u to‘liq emas
hisoblanadi. Shifrator bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 4 ta 
chiqishga ega bo‘lib, uning holati to‘rtta MAFdan tashkil
topgan tizim bilan ifodalaniladi. Shifrator ishi mantiqini
ifodalovchi MAF tizimini, .1-jadvaldan foydalanib hosil qilamiz



• Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq
tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion
mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder
deb ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, 
elektron soatlarda, EHM va shu kabilar
dasturidagi ma’lumotlarni qayta shifrlashda
qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari
bo‘lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning
n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan
m=2n munosabat bilan bog‘langan bo‘lsa, 
bunday deshifrator to‘liq deb ataladi. Agar m



• Ikkita adres kirishiga va to‘rtta (0-3) chiqishga ega
bo‘lgan chiziqli DSh tasviri 7.3, a-rasmda, uning shartli
tasviri esa 7.3, b-rasmda keltirilgan. Har bir chiqish
HAM elementining chiqishi bo‘lib hisoblanadi. Demak, 
bu kirish bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilik o‘zgaruvchi 1 
qiymatini faqat shu holda qabul qilishi mumkinki, agar 
mos keluvchi HAM elementining uchchala kirishida 1 
qiymatiga mos keluvchi o‘zgaruvchi hosil bo‘lsa. 
Deshifrator mikrosxemalari ko‘p hollarda S ruxsat
kirishiga ega bo‘ladilar. Bu kirishning mavjudligi ISlar
asosida kirish kodi razryadini oshirishga imkon beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
• 1. A.A.Xalikov. Raqamli sxemotexnika. –
Toshkent, 2006.
• 2. Вайсман Г.М. Автоматика и 
телемеханика в метео- рологии. –
Ленинград, 1987.
• 3. B.M.Xolmatjanov, Z.N.Fatxullayeva. 
Meteorologik axborotni qayta ishlash va tahlil
qilish usullari. – Toshkent, 2011c

Download 148.36 Kb.




Download 148.36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishi 4 bosqich 2-guruh talabasi Sultonov Xurshid avtomatika asoslari va ishlab chiqarishni jarayonlarini avtomatlashtirish fanidan mustaqil ishi

Download 148.36 Kb.
Pdf ko'rish